Istalgan mamlakat kinoijodkorlari klubga a’zo bo‘lishlari mumkin bo‘ladi. Ayni paytda klubga o'nlab rejissyorlar, aktyorlar va prodyuserlar a'zo bo'lishdi, ular orasida rejissyorlar Ali Xamraev, Timur Bekmabetov, Hasan Nazer, kinotanqidchilar Gulnora Abikeeva va Sharofat Arabova ham bor.
Klub doirasida kinoijodkorlar norasmiy muloqot qilishlari va hamkorlikda muzokaralar olib borishlari, hamkorlikdagi loyihalarni muhokama qilish, pitching seanslarini tashkil etish va ishtirok etish imkoniyatilariga ega bo‘ladi.
Shu tariqa, klub faoliyatining ilk kunlaridayoq bir qator tadbirlar, xususan, Markaziy Osiyo va MDH davlatlari kinoijodkorlari tomonidan loyihalar taqdimoti, hamkorlik memorandumlari imzolanishi, davra suhbatlari rejalashtirilgan.