“Markaziy Osiyo kinosi” tanlovini qirg‘iz rejissyori Oybek Dayirbekovning “Shuvoq hidi” kartinasi ochib beradi. Film namoyishi 29-sentyabrdan 1-oktyabrga qadar Kinochilar uyining 50 va 70 o‘rinli VIP-zallarida bo‘lib o‘tadi.
Tanlovda Markaziy Osiyoning besh respublikasi tomonidan yaratilgan filmlar ishtirok etadi. Tanlovga jami 11ta film taqdim etilgan. Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston davlatlari uchtadan, Tojikiston va Turkmaniston bittadan film namoyish etadi:
Qozog‘iston:
“Ademoki saboqlari” – Odilxon Yerjanovning
“Birodarlar” – Darxon To‘laganov
“Dasht” – Maksim Akbarov
Qirg‘iziston:
“Belek” – Dalmira Tilepbergen
“Shuvoq hidi” – Oybek Dayirbekov
“Men eslaganlar haqida” – Aktan Arim Kubat
Tojikiston:
“Fortuna” – Muhiddin Muzaffar
Turkmaniston:
«Taqdir daraxti» – Sahisalik Bahramov
O‘zbekiston:
“Evrilish” – Yolqin To‘ychiyev
“Yakshanba” – Shokir Xoliqov
“O‘zbek qizi” Akbar Bekturdiyev
Tanlov hakamlar hay’ati tarkibida Berlin kinofestivali g‘olibi, turk rejissyori Semix Kaplanoglu, Venetsiya kinofestivali selektori Juliya D’Anyolo Vallan, mashhur gruziyalik rejissyor Irakliy Kvirikadze, Sharqiy Yevropa filmlari bo‘yicha mutaxassis, nemis rejissyori Kristiana Byuxner kabi mashhur kino arboblari ishtirok etadi. Hakamlar hay’atiga taniqli polshalik rejissyor va prodyuser Kshishtof Zanussi raislik qiladi.