XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Alisher Navoiy nomidagi Kinochilar uyida rejissyor Semix Kaplanoglu bilan master-klass bo‘lib o‘tdi.
Semih Kaplanogli – turkiyalik ssenarist, rejissyor va prodyuser, “Hasanga sadoqat”, “Don”, “Farishta yiqildi” filmlari bilan tanilgan.
— Toshkent kinofestivali bu — bayram. Umid qilamanki, festival har yili o‘tkaziladi va bundan keyin ham ko‘plab xalqlarni birlashtirib boradi”, — dedi rejissyor.
Master-klass davomida Kaplanoglu kino sanoatini tijoriy loyiha emas, balki san’at sifatida rivojlantirish muhimligi haqida gapirdi. Shuningdek, rejissyor filmlar o‘ziga xoslikni saqlashi, milliy qadriyatlarni aks ettirishi kerakligini ta’kidladi.