Mashhur rossiyalik kinorejissyor kinofestivalning ochilish marosimida nafaqat qizil gilamdan o‘tadi, balki talabalar va ijodiy jamoa uchun mahorat darsi ham o‘tkazib beradi.
Aleksey Uchitel - eng mashhur va izlanuvchan zamonaviy rus rejissyorlaridan biri sanaladi. Uchitel faoliyati davomida o'nlab filmlar yaratgan, ular orasida: "Rok", "Kosmos - oldindan his qilish", "Qirg'oq", "Matilda" va "Strelsov" kabi filmlar bor. Shuningdek, rejissyor ko‘plab nufuzli mukofotlar, jumladan “Oltin burgut” va “Sent-Jorj” mukofotlari sovrindori hisoblanadi.