XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Alisher Navoiy nomidagi Kinochilar uyida prodyuser Masuda Yumiko bilan master-klass bo‘lib o‘tdi.
Masuda Yumiko Yaponiyada o‘z prodyuserlik kompaniyasini ochgan birinchi ayol bo'ldi. Master-klass davomida mutaxassis o‘zining ko‘p yillik ish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi, bu borada yuzaga kelgan qiyinchiliklar haqida gapirib, muvaffaqiyat sirlari bilan o‘rtoqlashdi.
– “Toshkent kinofestivali” – madaniy hamkorlik uchun katta sahna maydoni, – dedi u keng ko‘lamli kino tadbiri haqida.
Masuda Yumiko Toshkent festivali O‘zbekiston va madaniyatni butun dunyoga, xususan, Yaponiyaga tanitishda ajoyib vosita ekanini ta’kidladi.