XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Alisher Navoiy nomidagi Kinochilar uyida gresiyalik ssenarist va teleprodyuser Petros Kasimatis ishtirokida master-klass tashkil etildi.
Ssenarist o‘z nutqi avvalida “san’at, ayniqsa, kino dunyoning yashirin go‘zalligini ochib berishini” alohida qayd etib o‘tdi.
Master-klassning asosiy mavzusi hujjatli filmlar mavzusiga aylanishi mumkin bo‘lgan real voqealar haqida bo‘ldi.
Petros Kasimatis Toshkent kinofestivali u uchun O‘zbekistonga qayta-qayta tashrif buyurish uchun ajoyib imkoniyat ekanini, chunki u O‘zbekistonni ajoyib mamlakat, deb hisoblashini ta’kidladi.
Shuningdek, bunday festivallar xalqlar do‘stligining o‘ziga xos ko‘prigi bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.