Kinorejissyor va ssenariynavis, xalq artisti Vladimir Xotinenko “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalidagi mahorat darsida uchrashuv mehmonlari bilan kino sanoatida zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Taklif qilingan spikerning portfelida, “Inqilob iblisi”, “Vorislar”, “1612”, “To‘da”, “Parvus memorandumi”, “Musulmon” kabi filmlar bor.
Uchrashuvda, shuningdek, uning rafiqasi, kinomutaxassis Tatyana Yakovleva ham qatnashdi. U Toshkentda festival o‘tkazilayotgani haqida eshitishlari bilanoq “hamma ishlarini tashlab, kelishga qaror qilishgani”ni aytdi.
Vladimir Xotinenko aktyor Sergey Makovetskiy ishtirokida 1993-yilda suratga olingan film asosiga quriladigan “NeyroMakarov” kinolentasini yaratish bo‘yicha rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Ijodkorning rejalariga ko‘ra, neyrotarmoq film ssenariysi mualliflarining hammuallifiga aylanadi. Bundan nima chiqadi – ular hozircha ayta olmaydilar. Ijodiy jarayon jadal davom etmoqda, sun’iy intellektning turli shakl va yondashuvlaridan foydalanilmoqda. Rejissyorning fikricha, bu kino sun’iy intellektning prototipidir. Ammo kinoda neyrotarmoqni sinab ko‘rish – bu yangi narsa.
– “Bizning bu master-klassdagi bizning vazifamiz o‘qitish yoki o‘rgatish emas, balki qiziqish uyg‘otish.”
Vladimir Xotinenko va Tatyana Yakovleva, shubhasiz, bunga muvaffaq bo‘lishdi.
Bironta bo‘sh o‘rindiq qolmadi, zal butunlay to‘ldi. Rejissyorlar ularni tinglash uchun kelishdi va buning uchun hatto zinapoyada o‘tirishga ham tayyor edilar.
– “Bu o‘zaro manfaatli edi, hech qanday noqulay to‘xtalishlar yo‘q, biz nima uchun uchrashganimizni har soniyada sezib turardik”, – dedi Vladimir Xotinenko mahorat darsidan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlasharkan. – Toshkent kinofestivalining ahamiyatiga ortiqcha baho berish mushkul. Men (rafiqam) Tatyana Vitalevna bilan o‘sha tarixiy va uch yil avval qayta tiklangan bugungi zamonaviy kinofestivalda bo‘lganmiz. Uni qayta tiklashga yuqori darajada e’tibor qaratilayotgani juda to‘g‘ri qaror. Master-klassdagi muloqot, menimcha, ba’zida universitetdagi darslardan kam bo‘lmagan samara beradi. Mazmunli suhbat paydo bo‘lganida, g‘oyalar tug‘ila boshlaganida, keyin esa ular ilhom haqida gapirishni boshlashsa, bu juda ajoyib.