Polshalik rejissyor, prodyuser va ssenarist Krzysztof Zanussi ketma-ket ikkinchi yil “Ipak yo‘li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi.
Zanussi Markaziy Osiyo filmlari tanlovi hakamlar hay’ati raisi vazifasini bajaradi. Shuningdek, Zanussi tomonidan talabalar va ijodkor yoshlar uchun mahorat darsi o‘tkaziladi. Bundan tashqari, barcha uchun yetuk rejissyor bilan ochiq ijodiy uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.
Krzysztof Zanussi - polshalik kinorejissyor, ssenariynavis va prodyuser. “Oltin sher” Venetsiya kinofestivalining bosh mukofoti hamda koʻplab xalqaro va milliy mukofotlar sovrindori sanaladi. Rejissyor "Chandiq", "Himoyaviy ranglar", "Illyuminatsiya" kabi mashhur filmlar yaratuvchisidir.