“Ipak yo‘li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “Renessans” kino uyida Bazigos Panayotis bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bazigos Panayotis - Gretsiyadagi kinematografiya agentligi bosh kotibi. Yig‘ilganlar bilan suhbat mavzusi "Jorj Zorbasning haqiqiy hayoti" (The Real Life Of George Zorbas") filmi haqida bo‘ldi. Mehmonlar hamda ijodiy uchrashuvning asosiy qahramoni ushbu film va uning yaratilish tarixi haqida suhbatlashdi.
Qizig‘i shundaki, film deyarli hech qanday pul sarflanmasdan ishlangan. Film aktyorlari va ijodkorlari ko‘ngillilar bo‘lib, tasvirga olishda ular faqat g‘oya uchun suratga tushib berishgan.
1 oktabr kuni Parus Cinema'da “Jorj Zorbasning haqiqiy hayoti” filmining O‘zbekistondagi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.