Dasturga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston va O‘zbekiston filmlari kiritilgan.
Marosim O‘zbekiston milliy orkestrining ijodiy chiqishi bilan boshlandi.
Festival doirasida panel muhokamalari, mahorat darslari va seminarlar tashkil qilinib, ularda ishtirokchilar kino ijodkorlari va soha mutaxassislari bilan muloqot qilish, sohadagi so‘nggi tendensiya va ishlanmalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Festival kinoijodkorlarning ijodiy faoliyat yuritishi uchun platformalar yaratish naqadar muhimligini yana bir namoyish etdi, shuningdek, xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy almashinuvni rivojlantirishdagi o'zining muhim rolini yana bir bor ko‘rsatdi.
Tadbir davomida kino sanoati rivojiga qo‘shgan hissasi uchun qirg‘izistonlik Ortiqbay Suyudukov, qozog‘istonlik Tongishbay Jamanqulov, turkmanistonlik Maya Aymedova, turkiyalik Semix Kaplanog‘lu, o‘zbekistonlik Gulchehra Jamilovalar munosib taqdirlanishdi.
“Tengiz” filmidagi roli uchun hamyurtimiz Sitora Farmonova esa "eng yaxshi aktrisa" deb topildi.