"Ipak yo‘li durdonasi" XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Аlisher Navoiy nomidagi kino saroyida aktyor Osamu Yamamoto ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
U tadbirga milliy kiyim - kimonoda keldi. Аktyor Toshkent kinofestivali bo‘lajak kinematograflar va aktyorlar, poytaxt aholisi va mehmonlari uchun o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishi va turli mamlakatlar vakillari madaniyati haqida ko‘proq bilib olishi mumkin bo‘lgan muhim maydon sifatida ahamiyatga egaligini taʼkidladi.
Аsli yaponiyalik bo‘lgan Yamamotoni butun dunyoda "Zorge", "Sakura asiri", "Palma" kabi filmlari orqali bilishadi. Master-klass davomida Osamu mehmonlar bilan aktyorlikning nozik jihatlarini muhokama qildi, o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, suratga olish paytida qo‘llaniladigan bir nechta texnikani namoyish etdi.
- Film bir aktyor ijrosiga qurilmaydi. U maydondagi sheriklar, rejissyor va postanovkachiga, xullas hammaga bog‘liq. O‘z ishimda men ularga ishonishni afzal ko‘raman, chunki ular meni mutaxassis deb biliashdi, - deydi aktyor.
Master-klassda Osamu "Zorge" teleserialini suratga olish paytida yaqindan tanishishga muvaffaq bo‘lgan "Stanislavskiy tizimi"ga ham e’tibor qaratdi. Аktyor o‘z rolini o‘ynashni yemas, balki uni yashab o‘tishni afzal ko‘radi. Va u, jarayonda hatto, ba’zi obrazlarni ijro etib berdi. Shuningdek, kasb faoliyatidagi layfhaklar bilan o‘rtoqlashdi.