XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Alisher Navoiy nomidagi Kinochilar uyida Gruziya delegatsiyasi bilan ijodiy suhbat bo‘lib o‘tdi.
Unda kinoshunos Dali Okroperidze, shuningdek, rejissyor Irakliy Kvirikadze va prodyuser David Bejitashvili ishtirok etdi. Uchrashuvda ijodkorlar Gruziya kinosi haqida so‘zlab berishdi.
Mehmonlar bilan suhbat chog‘ida kino yaratilishi, rejissyorlar qanday qiyinchiliklarga duch kelayotgani, filmlar uchun eng dolzarb mavzular va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Irakliy Kvirikadze Gruziya kinosining yaxshi namunasi sifatida Toshkent xalqaro kinofestivalida ham namoyish etilgan “Gorizont” filmini tomosha qilishni tavsiya qildi.