Asosiy Kinofilmlar Yangiliklar Tarix Media Qiziqarli Joylar Kino 5 kunda Programma Jahon kino kunlari
© 2021 Toshkent Xalqaro Kinofestivali

Тошкент халқаро кинофестивалининг тантанали ёпилиш маросими бўлиб ўтди

O‘zbekistonda” ko‘rik-tanlovi
g‘oliblari:

“Eng yaxshi film” — Manzarali Sherali “Yuk” filmi uchun;
 “Eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun” — Dmitriy Semyonov “Franka” filmi uchun;
 “Eng yaxshi erkak roli uchun” — Abdukarim Mashrab “Yuk” filmi uchun;
 “Eng yaxshi ayol roli uchun”  — Marina Poddubnaya “Franka” filmi uchun.

 Shuningdek, “Dunyo yoshlari kinosi Yangi O‘zbekistonda” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari ham aniqlandi. Sahnada ularga “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivalining maxsus statuetkasi va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

 Taʼkidlanishicha, mehmonlarga taniqli xorijiy va o‘zbek estrada yulduzlari tomonidan shou-konsert taqdim etildi.

Avvalroq “O‘zbekfilm” binosida taniqli fransuz aktyori Jerar Depardye va fransuz kinorejissyori Lyuk Besson bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tgandi.

Shuningdek, rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan “Devyatayev” badiiy filmi kino ixlosmandlari eʼtiboriga havola qilingani, "Danmon Group" kompaniyasi bilan kelishuv imzolangani, “Kino 5 kunda” tanlovida suratga olingan filmlar namoyish etilishi, O‘zbek va rus tillarida faoliyat olib boruvchi yuqori sifatli filmlar va seriallar namoyish etiladigan onlayn kinoteatr yaratilgani, bundan tashqari, “Mehr” operatsiyasiga bag‘ishlangan film premyerasi bo‘lib o‘tgani, Paralimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbek qizi haqidagi film namoyishi hamda Toshkent xalqaro kinofestivalining “Jahon kinosi kunlari” dasturini eronlik rejissyor Ibrohim Muxtoriyning “Hayot varaqlari” filmi boshlab berishi haqida xabar berilgandi.

Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank” ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta‘minot”, “UzAuto Motors” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank” AJ, “Farg‘onaazot” AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.

04.10.21

Prezident tashabbusi bilan qayta tiklangan va Kinematografiya agentligi tomonidan Toshkentdagi yangi ochilgan “Renessans holl” kinokonsert zalida 28-sentabrdan start olgan “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali yopilish marosimi o‘tkazildi. Unda xalqaro delegatsiyalar vakillari, mutaxassislar, kinoijodkorlar va yoshlar bir yerga jam bo‘lishdi

 

 

Qayd etilishicha, marosim avvalida kinofestival tadbirlari, ijodiy uchrashuvlar, katta premyeralar, xorijiy delegatsiyalarning kutib olingani va viloyatlar bo‘ylab safarlar jamlangan rolik taqdim etildi.

Marosimda “Kino 5 kunda” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Jumladan, tanlovda eng yaxshi deb topilgan “Ipak yo‘lida” qisqa metrajli filmi uchun yosh rejissyor Sherzod Nazarovga “Gran-pri” mukofoti topshirildi.

Toshkent xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi erkak roli uchun” Tursunboy Pirjonov, “Eng yaxshi ayol roli uchun” Madina Mahmudova va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar taqdirlanishdi.

"Ipak yo‘li durdonasi" XIII Toshkent xalqaro kinofestivalining “Kino 5 kunda” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari:

 Gran-pri – Sherzod Nazarov "Ipak yo‘lida" filmi uchun;

"Ipak yo‘li durdonasi" – Pak Su Min "Takror xotiralar" filmi uchun; 

Hayʼatning maxsus sovrini – Saidaʼlo Maʼsudxonov “Obyektiv” filmi uchun;

“Eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun” — Xuan Antonio Martines “Bir juft poyafzal” filmi uchun;

“Eng yaxshi ssenariy uchun” — Vanja Viktor va Kabir Tognola “Tovuqli kechki ovqat” filmi uchun;

“Eng yaxshi erkak roli uchun” — Tursunboy Pirjonov “Ipak yo‘lida” filmi uchun;
 “Eng yaxshi ayol roli uchun” — Madina Mahmudova “Obyektiv” filmi uchun.

Kinofestivalning “Dunyo yoshlari kinosi Yangi

"Ipak yo'li durdonasi" XIII Toshkent xalqaro kinofestivali rasman yopiq deb e'lon qilindi

“Tinchlik, ma’rifat va taraqqiyot uchun” qayta ko‘rushguncha
                      
Salkam chorak asrlik tanaffusdan so‘ng davlat rahbari tashabbusi  bilan qayta tiklangan “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali rasman yopiq deb e’lon qilindi.   
Bir hafta davomida jahon kinosining  so‘nggi yillarda yaratilgan sara namunalari va dunyoga mashhur kinoijodkorlarni yurtimizga jamlagan  festival doirasida   kinematografiya sohasidagi xalqaro hamkorlikni  kengaytirishga katta turtki beradigan 10 ta muhim hujjat imzolandi.  “O‘zbekfilm” yangi  qiyofada

gavdalandi, uning texnik ta’minoti shakllandi. Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filialining ochilishi nishonlandi. Milliy kino fondi tiklanib, o‘zbek kinosi durdonalarining  asl nusxalari  Vataniga qaytarildi.  

 Bir so‘z bilan aytganda, qator  ezgu amallarni o‘zida mujassamlay olgan  kinofestival jahon kino sanoati vakillariga o‘zbek kinosining eng sara namunalari va o‘zbek kinoijodkorlari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Bayram doirasida 50 dan ortiq tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari, konferensiyalar, taqdimotlar, o‘tkazildi, yuzdan ortiq filmlar namoyish qilindi.  Asosiysi festival xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz qalbida sahifalarga sig‘maydigan taassurotlar bilan muhrlandi.


04.10.21

Toshkentda oʻzbekiston haqidagi film fransuz kinoijodkorlari ishtirokida taqdim etildi

03.10.21

 Unda Jerar Deparde bosh qahramon rolini ijro etgan

 

Joriy yilning 2-oktabr kunia Arno Frile rejissyorligida suratga olingan   “Mening oʻzbekcha tushim” filmi namoyish etildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

Namoyish Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida boʻlib oʻtdi. Film namoyishi Respublika Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklangan Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etildi.

Kinoning bosh bosh rol ijrochisi taniqli aktyor Jerar Deparde hisoblanadi. Namoyish oldidan film ijodkorlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 


Hindistonlik rejissyor Raxul Ravayl yosh ijodkorlarga yaxshi kino olish sirlarini o‘rgatdi

Rejissyor va prodyuser ijodini Raj Kapurning yordamchisi sifatida boshlagan

 

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tayotgan tadbirlar davom etmoqda. Bugun “O‘zbekfilm” kinokonsernida hindistonlik Raxul Ravayl bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

—      Hech bir rejissyor Raj Kapurchalik xalqning dardini his qilmagan, uning ichiga kirmagan. Rejissyor xalqning hasratini his qilib, ekranda aks ettirsagina, uni tomoshabin ko‘radi, filmdan zerikmaydi. Bo‘lajak yosh rejissyorga shuni aytishni istardimki, film suratga olayotganda har bir

detalgacha eʼtibor qaratish lozim. Shuningdek, suratga olish jarayonidagi har bir jarayonni oxirigacha sidqidildan bajarish lozim. Men ustozim Raj Kapurning mana shu nasihatlariga amal qilganim uchun ham rejissyor bo‘ldim va ko‘plab filmlarni suratga oldim.

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.


03.10.21

Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

pri” mukofoti topshirildi.

Toshkent xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi erkak roli uchun” Tursunboy Pirjonov, “Eng yaxshi ayol roli uchun” Madina Mahmudova va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar taqdirlanishdi.

Shuningdek, “Dunyo yoshlari kinosi Yangi O‘zbekistonda” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari ham aniqlandi. Sahnada ularga “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalining maxsus statuetkasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mehmonlarga taniqli xorijiy va o‘zbek estrada yulduzlari tomonidan shou-konsert taqdim etildi.

03.10.21

 Bugun poytaxtdagi yangi ochilgan “Renessans holl” kinokonsert zalida 28 sentyabrdan start olgan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali yopilish marosimi o‘tkazildi .
Marosim avvalida kinofestival tadbirlari, ijodiy uchrashuvlar, katta premyeralar, xorijiy delegatsiyalarning kutib olingani va viloyatlar bo‘ylab safarlar jamlangan rolik taqdim qilindi.
Marosimda “Kino 5 kunda” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Jumladan, tanlovda eng yaxshi deb topilgan “Ipak yo‘lida” qisqa metrajli filmi uchun yosh rejissyor Sherzod Nazarovga “Gran

Toshkent xalqaro kinofestivalining hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbari tashabbusi bilan qayta tiklangan va Kinematografiya agentligi tomonidan bo‘lib o‘tayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalining hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda xalqaro delegatsiyalar vakillari, mutaxassislar, kinoijodkorlar va yoshlar ishtirok etishdi.
Konferensiyada viloyatlar bo‘ylab xorij va milliy filmlarning namoyishi, jumladan «Bardosh», «Bir kunlik to‘y», «Tutqunlik», «Samarqandda qovun tarovati» badiiy filmlarining katta premeralari o‘tkazildi.

Kinofestivalga Lyuk Besson, Stiven Sigal, Franko Nero, Nikita Mixalkov, Mithun Chakraborti, Jerar Deparde, Volter Afanasev, Rob Minkoff, Timur Bekmambetov, Pavel Priluchniy, Ravshana Kurkova, Aleksey Chadov, Igor Jijikin, Farxad Maxmudov, Yevgeniy Kulik, Oliver Gay-Uotkins va boshqa taniqli mehmonlar tashrif buyurishdi.
Konferensiyada 28 sentyabrdan buyon davom etayotgan kinofestivalning maxsus dasturidan o‘rin olgan tadbirlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.


03.10.21

Taniqli rejissyor Timur Bekmambetov yoshlar bilan uchrashdi

03.10.21

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qayta tiklangan va Kinematografiya agentligi tomonidan tashkil etilgan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali davom etmoqda.
Unda taniqli rossiyalik kinorejissyor Timur Bekmambetov va yoshlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Ma’lumot uchun Timur Bekmambetov kinofestivalda tashkil etilgan “Kino 5 kunda” tanlovida hakamlar hay’ati a’zosi sifatida qatnashdi, kinofestival doirasida rejissyorning filmlari ham namoyish etildi.


Mirzo Ulug‘bek haqidagi hujjatli film premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Film Gollivudda yashab, ijod qilayotgan o‘zbek rejissyori Bahodir Yuldashev tomonidan suratga olingan bo‘lib, “Ulug‘bek yoxud Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” deb nomlanadi
 

Kinokartina  yaratilgandan buyon dunyoning eng nufuzli xalqaro  kinofestivallarida  nomoyish etilib,  yuqori o‘rinlarni  egallagan. Jumladan  2017-yilda 74-Xalqaro Venesiya kinofestivalida «Eng yaxshi xorijiy hujjatli film» nominatsiyasida nufuzli «Kineo» mukofotiga sazovor bo‘lgan. Italiyaning Iskya orolida bo‘lib o‘tgan xalqaro kinofestivalda esa “Eng yaxshi hujjatli film”

nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Filmda Vensan Kassel, Armand Assante, Fransisko Ovale kabi dunyoga mashhur san’atkorlar, shuningdek, Ma’ruf Otajonov, Javohir Zokirov, Hoshim Arslonov singari o‘zbekistonlik taniqli aktyorlar rol ijro etgan.

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking.


02.10.21

Gulistonda «Ipak yo‘li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Belarus kinosi kunlari boshlandi

xalqlarining olis o‘tmishga borib taqaluvchi do‘stlik tarixi, urf-odat va an’analarining uyg‘unligi bayon etiladi. So‘nggi kinokartina – rejissyor Ibrohim Rasulov tomonidan suratga olingan «Sevgi bahori» filmida atoqli shoir Hamid Olimjonning hayot va ijod yo‘li hikoya qilinadi.

Belarus kinosi kunlari yurtimizning boshqa hududlarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.

02.10.21

Unda «Urush. Inson bo‘lib qolmoq», «Qo‘poruvchi taqdiri», «Prantish Virvichning sarguzashtlari», «O‘yinchi taqdiri» kabi kinokartinalar namoyish etildi

       O‘zbekiston Kinematografiya agentligi va «Belarusfilm» kinostudiyasi o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bir nechta filmlar ishlangan. Jumladan rejissyor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan, urushda besh o‘g‘lidan judo bo‘lgan Zulfiya Zokirovaning fojiali taqdiri haqida hikoya qiluvchi «Ilhaq» kinofilmining harbiy epizodlari aynan Belarus zaminida suratga olingan. Bu yurtda suratga olingan yana bir loyiha rejissyor Hilol Nasimovning «Meros» filmidir. Unda o‘zbek va qozoq

Bugun “Bir kunlik toʻy” kinokomediyasining premyerasi bo‘lib o‘tadi

Film “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida namoyish qilinmoqda

 

Bugun soat 18:00 da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida “Bir kunlik toʻy” kinokomediyasining premyerasi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur kinokomediya Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan, “Spectre” studiyasi tomonidan suratga olingan.  Film qahramonlarning komik sarguzashtlarga boy hayoti haqida hikoya qiladi.

Unda Baxtiyor

Turgʻunov, Xayrulla Saʼdiyev, Matyoqub Matchonov, Muhabbat Abdullayeva, Anvar Nazarov, Asal Abdullayeva, Sitora Farmonova, Shohrux Hamdamov, Muhammadjon Bobojonov, Anvar Salimov kabi aktyorlar turli qahramonlarni gavdalantirgan.

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.


02.10.21

O‘zbekiston kinematografiya agentligi va Danmon Group kompaniyasi bilan memorandum imzolandi

02.10.21

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida mazkur kelishuvga erishildi

Ushbu kelishuv O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PQ-5060 son Qarori ijrosi doirasida “O‘zbekfilm” kinokonserni DUKni zamonaviy kinoqurilmalar va texnikalar bilan jihozlash bo‘yicha olib borildi.

Shu munosabat bilan  kompaniya vakillari mahalliy va xorijiy mutaxassislar uchun yangi texnologiyalar imkoniyatlari haqida maxsus taqdimot o‘tkazishdi. So‘ng, agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Danmon Group kompaniyasi direktori Brayen Skott o‘rtasida shartnoma tuzildi.

 Shartnomada Danmon Group kompaniyasi 2022-yilga  qadar  eng zamonaviy  texnologiyalarning ma’lum qismini “O‘zbekfilm” kinokonserniga yetkazib berishi qayd etilgan.  Agar shartnoma shartlari o‘z vaqtida amalga oshirilsa,  yurtimiz  kinoijodkorlari dunyoning zamonaviy kinotexnologiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Fransiyalik rejissyor Selest Gallio Golet filmini qishloqda suratga oldi

“Kino 5 kunda” loyihasida ishtirok etib, qisqa metrajli film suratga olib qaytgan rejissyor fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

—   Filmimizni Samarqandning obidalarga boy shahrida emas, qishlog‘ida suratga oldik. Qishloqqa borguncha avtomobilda rosa uzoq yurdik. Lekin bu menga zavq bag‘ishladi. Qishloqning toza havosi, samimiy odamlarini ko‘rib, o‘zimni boshqa olamga tushib qolgandek his qildim. Garchi ona vatanim Fransiya bo‘lsa-da, lekin ko‘proq Belgiyada istiqomat qilaman. Bu

ikki davlatdagi qishloqlarda ham bo‘lganman. Lekin ular sizning qishloqlaringizga sira ham o‘xshamaydi. Bu yerda hamma narsa xuddi endi onadan tug‘ilgandek beg‘ubor. Bu esa insonni yoqimli hislar qurshovida qoldiradi.  

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.


02.10.21

Toshkent kinofestivali mehmoni Lyuk Besson: "Bugun bu erda bo'lganimdan xursandman"

kunda" - kinofestival doirasida bo'lib o'tgan yosh kinoijodkorlar uchun tanlov bo'lib, uning ishtirokchilari turli mukofot - diplom, statuetka va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Har bir yosh kinematograf  albatta, Lyuk  Besson qo'lidan mukofot olishni orzu qiladi.

Eslatib o'tamiz, "Kino 5 kunda" tanlovining maqsadi-mahalliy kinoni rag'batlantirish va rivojlantirish. Dasturga ko'ra, besh kun davomida tanlov ishtirokchilari o'zbek an'analari, madaniyati va tarixi haqida filmlar tayyorlashlari kerak edi.

Lyuk Besson "Nikita", "Taksi", "Leon", "Beshinchi element", "Valerian va minglab sayyoralar shahri" va boshqa ko'plab o'lmas kinoasarlari bilan mashhur

02.10.21

Bugun Toshkent Xalqaro kinofestivali doirasida fransuz rejissyori Lyuk Besson bilan matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.
"Bugun siz bilan birga bo'lishdan juda xursandman va men ushbu festivalning birinchi navbatda yoshlar uchun ekanligini bilaman va bu juda muhim. Biz yoshlarga o'zlarini ifoda etish imkoniyatini berishimiz kerak va men sizning hukumatingizning ushbu tashabbusini qo'llab-quvvatlashdan mamnunman. Men  davlatimni va hukumatimni bunday qo'llab - quvvatlashimni orzu qilardim", dedi mashhur rejissyor. 

Kinematografiya agentligida qayd etilganidek, Lyuk Besson "Kino 5 kunda" tanlovi g'oliblariga sovrinlarni taqdim etadi. 

"Kino 5

Taniqli fransuz aktyori Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi

Toshkent xalqaro kinofestivalida Jerar Deparde ham ishtirok etadi

XIII Toshkent xalqaro kinofestivali munosabati bilan dunyoning turli burchaklaridan taniqli aktyorlar tashrif buyurmoqda. Kuni kecha fransiyalik aktyor Jerar Deparde ham kinofestivalda qatnashish uchun yetib keldi.

Avval xabar berganimizdek, aktyor o’zbek tomoshabinlariga “Asteriks va Obeliks”, “Omadsizlar” filmlari orqali yaxshi tanish.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent xalqaro kinofestivali 3-oktabrga qadar davom etadi.


01.10.21

“Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivalining statuetkasi nimadan yasalgan?

to the development of World Cinematography” (Toshkent XIII Xalqaro kinofestivali, Jahon kinematografiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun) deb yozilgan.

 Statuetka asosining quyi qismi  tarixiy obidalarimizda ishlatilgan naqshinkor yog‘och ustunlarni yodga soladi. Statuetkaning tepa qismida esa chig‘anoq ichida turgan  durni eslatadigan kompozitsiya o‘rnatilgan. Dur ayni paytda yer sharining kichik shaklini anglatadi. Uning markazida “Toshkent - 21” so‘zlari yozilgan.

Ushbu statuetkalar festivalda faol ishtirok etgan, shu bilan birga o‘zining iste’dod va mehnati bilan jahon kinematografiyasiga katta hissa qo‘shgan kinoijodkorlarga topshiriladi.

01.10.21

Joriy yilning 28-sentabr– 3-oktabr kunlari “Ipak yo‘li durdonasi” XIII  Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu kinofestivalda ma’lum nominatsiyalar bo‘lmasa-da, uning eng faol ishtirokchilari maxsus mukofotlar, xususan kinofestival statuetkasi bilan taqdirlanishi ko‘zda tutilgan

  Mazkur statuetka kinofestival arafasida O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan tayyorlangan. Uning umumiy vazni 1 kilogramm 975 grammdan iborat bo‘lib, asosan latundan yasalgan. Statuetkaning balandligi 33 santimetr. Taglik (postament) yashil marmardan ishlangan bo'lib, unda ingliz tilida “Tashkent International Film Festival For the Contribution

Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali yurtdoshlarimizga o‘z eshiklarini ochmoqda

Institutning yetuk ustozlari ochilish marosimida qatnashdi

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Butunrossiya davlat kinematografiya institutining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari A. Abduhakimov, Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri o‘rinbosari O.Yarilova, O‘zbekiston Respublikasi kinematografiya agentligi bosh direktori F. Abduxoliqov, BDKI rektori S.Malishev, “Rosskino” direktori E.Markova va A. Hamrayevlar ishtirok etdi.

Mashhur rejissyor Ali Hamrayev: “Avvalambor

ikki davlat rahbarlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. O‘zbekiston BDKI filiali ochilishida davlat rahbari faqat yoshlar kelajagini,  kinematografiya kelajagini  o‘ylaganlar. Ushbu kinofestivallar yoshlar uchun kerak, chunki kelajak ravnaqi ularning qo‘lida” – deya fikrlarini bildirdi.

Sharafli lentalar kesilgandan so‘ng, Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filialida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv laboratoriyalari, xorijdan keltirilgan yangi moddiy texnika bazasi ko‘zdan kechirildi.  


01.10.21

In the framework of the Tashkent International Film Festival “Tajikistan cinema days " started

Rahmatovning “Havoyi Safar” (2015), Nosir Saidovning “O‘qituvchi” (2014), Abdukarim Mashrabovning “Hayot raqsi” (2015) filmlari namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Toshkent kinofestivaliga “Tojikfilm” davlat muassasasi raisi Mahmasaid Shohiyon boshchiligida tashrif buyurgan delegatsiya tarkibidan Sayram Isayeva, Zulfiya Sodiqova, Mohpaykar Yorova, Mamadkarim Sohibzoda, Tillo Nekqadamov, Nasriddin Nuriddinov, Muhabbatxon Sattorova, Iskandar Usmonov, Zaur Daxte, Akmal Abdullozoda, Komron Safarov, Xujastai Mirzovali singari taniqli ijodkorlar o‘rin olgan.

“Tojikiston kinosi kunlari”, shuningdek, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida ham o‘tkazilmoqda. Tojikistonlik mehmonlar shahar va tumanlarda kino ixlosmandlari bilan uchrashib, o‘z filmlarini namoyish etishlari kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Tojikiston kinosi kunlari” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi hamda “Tojikfilm” davlat muassasasi o‘rtasidi “Jomiy va Navoiy” kinoloyihasini amalga oshirish bo‘yicha memonrandum imzolandi.

30.09.21

“Buyuk ipak yo‘li durdonasi” XIII Xalqaro Toshkent kinofestivalining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan “Jahon kinosi kunlari” doirasida Tojikiston kinosi kunlari boshlandi

Ayni paytda 14 ta davlat vakillari qatorida tojikistonlik kinoijodkorlar ham kinofestival kunlari o‘zlarining sara asarlarini namoyish etishlari ko‘zda tutilgan.

“Tojikiston kinosi kunlari”ning ochilish marosimi Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tegishli vazirlik va idoralar vakillari, O‘zbekiston va Tojikiston kinosining taniqli namoyandalari so‘zga chiqib, ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, kino sohasidagi hamkorlik istiqbollari haqida so‘z yuritdilar

 “Tojikiston kinosi kunlari” 1971 yilda taniqli rejissyor Boris Kimyogarov tomonidan suratga olingan “Rustam va Suxrob” filmi bilan boshlandi.
Shuningdek, bu yerda Boris Kimyogarovning “Shoirning qismati” (1959), Daler

Kinofestival doirasida "Turk kinosi kunlari" ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Unda turkiyalik mashhur aktyor va san'at vakillari ishtirok etdi
 

Poytaxtimizning Forumlar saroyi Turk kinosi kunlarining ochilish marosimiga mezbonlik qildi.

Tadbirni O'zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov ochib berdi. So'ng Turkiya turizm va madaniyat vaziri o'rinbosari Ahmet Misbax Demirjan so'zga chiqib, O'zbekiston va Turkiya davlatlari o'rtasidagi do'stlik aloqalari haqida to'xtaldi.  Turk kinolari bilan tashrif buyurgan film ijodkorlari esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Eslatib o'tamiz, Toshkent xalqaro kinofestivali 3-oktabrga qadar davom etadi.


30.09.21

14 mamlakat kinosi kunlariga start berildi

shu bilan birga respublikamizning turli shaharlarida namoyish etadilar.

Tadbirda kinofestivalda mehmon mamlakat kinoijodkorlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Kino kunlari doirasida eng sara filmlar namoyish etilishi maʼlum qilindi. Ayniqsa Ispaniya, Belorussiya hamda ozarbayjonlik kinoijodkorlar ushbu kinofestivalga har galgidan ham o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rishganligini maʼlum qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, har bir mamlakat delegatsiyasi uchun alohida kinoteatr va teatrlar ajratilgan.

30.09.21

Filmlar o'zbek tilidagi subtitrlar bilan namoyish qilinadi

 

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida 14 ta mamlakat - O'zbekiston, Ozarbayjon, Belarus, Misr, Isroil, Hindiston, Italiya, Eron, Qozog‘iston, Qirgiziston, Polsha, Rossiya, Tojikiston, Turkiya kinosi kunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Jahon kinosi kunlari 29-sentabrdan boshlab festivalning oxiriga qadar o‘tkazilishi kutilmoqda. Har bir mamlakat vakillari o‘z kinomahsulotlarini nafaqat poytaxtimizda,

Rossiyalik kinoprodyuser Anna Gudkova kinofestivalda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazdi

Sanʼat sohasida 27 yillik tajribaga ega kinoprodyuser faoliyati davomida ko‘plab hujjatli filmlarni suratga olgan

 

Bugun 29-sentyabr kuni “O‘zbekfilm” binosida Toshkent xalqaro kinofestivali doirasidagi  tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Rossiyalik kinoprodyuser Anna Gudkova tadbir qatnashchilari bo‘lgan talabalarga va sanʼat vakillariga “Qayerdan boshlash kerak?”, “Jamoani qayerdan qidirish lozim?”, “Qanday strategiya tuzish mumkin?” mavzusida o‘quv mashg‘ulot o‘tdi.  Kinofestival davomida xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan ko‘plab kinoijodkorlar bilan seminar-treninglar bo‘lib o‘tadi.

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.


29.09.21

O‘zbekiston kinematografiya agentligida bir qator davlatlar bilan memorandum imzolandi

filmni suratga olishga kelishildi.

Bundan tashqari, anjumanda Rossiya va Qozog‘iston kinoijodkorlari bilan bir nechta yangi loyihalar yuzasidan hamkorlikka erishildi.

Mazkur hamkorliklar doirasida ko‘plab yangi filmlar suratga olinishi rejalashtirildi.

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.

29.09.21

Agentlik Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston davlatlari bilan kelishuvga erishdi

 

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va bir qator davlat kinostudiyalari bilan hamkorlikda badiiy filmlar suratga olish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Dastavval, O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va “Tojikfilm” davlat muassasasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va  Tojikiston Respublikasi Prezidenti  Emomali Rahmonning takliflari asosida hamkorlikda “Navoiy va Jomiy do‘stligi” haqida badiiy

Rossiyalik yozuvchi Aleksandr Talal tomonidan master klass o‘tkazildi

 O‘quv mashg‘uloti “Afsona va kinoda hayot” nomi bilan tashkil etildi

 

Kinematografiya agentligida O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabalari, yosh dramaturg va mehmonlar uchun master klass o‘tkazildi. Aleksandr Talal yosh dramaturglarni ssenariylar yozish usullari, turli masalalar yechimini topishdagi o‘ziga xosliklar bilan tanishtirib o‘tdi.  

“Kundalik hayotda baʼzi bir masalalar o‘z yechimini topishda muayyan vaqt talab etadi,

ammo kinoda esa buning aksi. Bir necha soniyalar davomida masalaning yechimini ko’rsatish lozim. Bunday vaziyatlar dramaturgning mahoratiga bog‘liq” , – deya taʼkidladi Aleksandr Talal.

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.


29.09.21

Kinofestivalning ikkinchi kuni : Jahon mamlakatlari kinosi kunlariga start beriladi

bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etiladi.

Matbuot anjumanidan soʻng mazkur davlatlar kinosi kunlarining ochilish marosimlari oʻtkaziladi.

Bugundan boshlab, mamlakatning barcha kinoteatrlarida filmlar namoyishi boshlanadi. Har bir mamlakat oʻz filmlarini Oʻzbekistonning turli hududlari boʻylab namoyish etadi.

 Jahon kinosi kunlarida namoyish qilish uchun hozirga qadar 150 ta film taqdim etilgan. Ularning asosiy qismi oʻzbek tilida subtitrlar bilan koʻrsatiladi.

Kinofestivalga jahonning koʻplab mamlakatlardan rejissyor, aktyor, prodyuser hamda xalqaro kinofestival, tashkilot, distribyutor kompaniyalarining vakillari qatnashishadi.

Ular tomonidan ijodiy uchrashuvlar tashkil etiladi.

29.09.21

Kino namoyishlari Respublikamiz boʻylab taqdim  qilinadi

 

Bugun 29-sentabr kuni “Ipak yoʻli durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Jahon mamlakatlari kinosi kunlari oʻtkaziladi.

Dastlab, “Oʻzbekfilm” kinokonsernida yoshlar filmlari namoyishlari, master-klass, trening, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar boʻlib oʻtadi.

Shuningdek ayni shu manzilda “Danmon group” kompaniyasi ishtirokida “Oʻzbekfilm” kinokonserni taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Kunning ikkinchi yarmida biriktirilgan masʼul vazirlik va idoralar tomonidan Rossiya, Turkiya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Polsha, Ozarbayjon, Hindiston, Belarus, Misr, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston kinosi kunlariga

Toshkеnt xalqaro kinofеstivalining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi

28-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi – Respublika kinochilar uyida “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent Xalqaro kinofestivalining tantanali ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Avval xabar qilinganidek, ushbu kinofestival tarixda 1968-1997- yillarda o‘tkazilgan bo‘lib, 24 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston Respubikasi Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklandi. Kinofestivalga dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan 350 dan ortiq kinoijodkorlar taklif etildi.

Kinofestivalning ochilishi oldidan ishtirokchilar va faxriy mehmonlar an’anaviy “Qizil yo‘lak"dan yurib o‘tdilar. Dunyo kinosining afsonalari - Stiven Sigal, Mitxun Chakraborti, Nikita Mixalkov, Franko Nero, Selim Bayraktar, Filiz Ahmet va boshqalarni muxlislar katta olqishlar bilan kutib olishdi.

Kinofestivalning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ishtirokchilarga yo‘llagan tabrigini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Abduhakimov

o‘qib eshittirdi. Shundan so'ng, festivalga tashrif buyurgan davlatlar bayroqlari olib chiqildi.

Delegatsiyalar raislari tomonidan festival bayrog'i ko'tarilib kinofestival rasman ochiq deb e'lon qilindi.  Marosimda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori F.Abduxoliqov, rossiyalik mashhur kinorejissyorlar Nikita Mixalkov, Timur Bekmambetov va boshqalar ushbu yirik tadbirning ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tdilar.

Shundan so‘ng  o‘zbek kinosi durdonalari saundtreklari asosida tayyorlangan kompozitsiya namoyish qilindi. Rossiya xalq artisti Filipp Kirkorov, turkiyalik mashhur xonanda Serdar Ortach singari turli mamlakatlardan tashrif buyurgan mashhur san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, raqslar barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Shundan so‘ng, “Kino 5 kunda” loyihasi ishtirokchilari sahnaga taklif etildi. Ularning 5 kun davomida amalga oshirgan ishlari qisqacha sarhisob qilindi.

Kinofestival qizg‘in va ko‘tarinki ruhda boshlandi.


28.09.21

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida hujjatli kino kunlariga start berildi

Armanistondan tashrif buyurgan mehmonlar hujjatli kino sanaʼti to‘g‘risida so‘z yuritdilar.

Bu yilgi kinofestivalda 30 ta hujjatli film taqdimotini o‘tkazish rejalashtirilgan. Fransiyaning «Mening o‘zbekcha tushim», Turkiyaning “Beruniy”, «Turkning ulug‘ chinori: Alisher Navoiy», AQSHning «Bolalikning so‘nggi yozi»,«O‘zbekiston azizdir menga» kabi hujjatli filmlari namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.

28.09.21

Matbuot anjumani “O‘zbekfilm” kinokonserni kichik pavilyonida bo‘lib o‘tdi

 

         Bugundan start olgan Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida hujjatli kino kunlari oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada bosh vazir o‘rinbosari A. Abduhakimov bugungi kunda kino san’ati ixlosmandlari uchun O’zbekiston eshiklari ochiqligi to’g’risida to‘xtaldi. Shuningdek, Kinematografiya agentligi bosh direktori F.Abduxoliqov kino bu kelajakka investitsiya ekanini, Yangi O’zbekistonni biz yosh va xorijiy rejissyorlar misolida qayta kashf etishimizni ta’kidladi.  

Anjumanda, Italiya, Fransiya, AQSH, Belorussiya, Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston,

Eronlik kinoijodkorlar Toshkentga tashrif buyurishdi

Kuni kecha Toshkent xalqaro aeroportida “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etish uchun bir guruh eronlik kinoijodkorlar tantanali kutib olindi.

 

28-sentabrdan 3-oktabrga qadar O‘zbekistonning bir qator shaharlarida “Buyuk ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkazilmoqda. “Tinchlik, maʼrifat va taraqqiyot uchun” shiori ostida o‘tayotgan  mazkur kinofestival doirasida 13 mamlakat vakillari ishtirokida “Jahon  kinosi kunlari”ni ham o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Ushbu  tadbirda  eronlik kinoijodkorlar faol ishtirok etishi kutilmoqda.

Bu yilgi Toshkent kinofestivaliga tashrif buyurgan eronliklar delegatsiyasi tarkibidan A.Tobish, Mirza Abulfazl Attar, Muxammad Mexdi Asg‘arpur, Ibrohim Muxtoriy, Hamidrizo Qutbiy, Alirizo Shohruxiy, Hamid Tehroniy, Ali G‘aviton kabi taniqli kinoijodkorlar o‘rin olgan.   Ular Toshkent, Jizzax, Samarqand shaharlarida o‘z ijod namunalarini namoyish etadi.

Kinofestivalning “Jahon kinosi kunlari” dasturidan o‘rin olgan “Eron kinosi kunlari”ning ochilish marosimi 29-sentabr kuni

O‘zbekiston Yoshlar teatri binosida bo‘lib o‘tadi. Eron ijodkorlarining eng mashhur rejissyorlaridan biri Ibrohim Muxtoriyning “Hayot varaqlari”(2017) filmi kinofestivalning  “Jahon kinosi kunlari” dasturida Eron filmlari namoyishini boshlab beradi.

30-sentabr kuni O‘zbekiston Yoshlar teatrida Eron kino kunlari davom qilib, kino ixlosmandlari uchun rejissyor Maziyor Miriyning  “Sara va Saida”  (2017)  hamda  yana bir mashhur eron rejissyori Abulfazl Jaliliyning “Tungi poyezd” filmlari namoyishi bo‘lib o‘tadi.

30-sentabr kuni eronlik mehmonlar Jizzax shahriga tashrif buyurishadi. Film namoyishidan oldin kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkaziladi. So‘ngra  Eronning mashhur filmlari rejissyori Ali G‘avitonning “Suhrobning orzulari” badiiy filmi namoyish qilinadi.

1-oktabr kuni mehmonlar Samarqandga tashrif buyuradilar. Samarqanddagi “Yoshlar markazi”da eronlik kino ustalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu yerda “Meros” (2020), “Onalik” (2017) hamda “Diapazon” badiiy filmlari kinotomoshabinlarga taqdim qilinadi.


28.09.21

Kinofestivalning birinchi kuni: Toshkent xalqaro kinofestivali tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi

28.09.21

Marosimda bir guruh xorijlik faxriy mehmonlar qatnashishadi

 

28-sentabr kuni “Dunyo yoshlari kinosi Yangi O‘zbekistonda” tanlov dasturlari ishtirokchilari ishtirokida ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi

Joriy “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yiliga bag‘ishlangan ochilish marosimida “Dunyo yoshlari kinosi Yangi O‘zbekistonda” tanlov dasturi ishtirokchilari qatnashishadi.

Kunning ikkinchi yarmida “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali ochilish marosimiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil qilinadi.

Kunning eng muhim voqeasi, “Kinochilar uyi” binosida XIII Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali ochilish  marosimi bo’lib o’tadi. Kinofestivalning faxriy mehmonlari an’anga ko’ra, qizil yo’lakcha orqali tadbirga tashrif buyurishadi.

Kinofestivalning kunlik dasturi bilan Tiffest.com sayti orqali tanishishingiz mumkin.


Mitxun Chakraborti Toshkentga yetib keldi

Aktyor kinofestival tashkilotchilari tomonidan munosib kutib olindi
 

Avval xabar qilganimizdek, kinofestivalga hind kinoyulduzi  Mitxun Chakrabortining tashrifi kutilayotgan edi. Afsonaviy kinoyulduz parvoz qilgan samolyot hozirgina yurtimizga kelib qo‘ndi.  

 «Disko raqqosi» filmi bilan birga  «O‘yna-o‘yna», «Qirol ovi» kabi kinolari bilan tomoshabinlarning ko‘nglidan joy olgan san’atkor o‘zbekistonlik mezbonlar tomonidan munosib kutib olindi. 

 Eslatib o‘tamiz, 29-sentabr kuni kinofestival doirasida Hindiston  kinosi kunlari oldidan mashhur yulduzlar bilan uchrashuvlar (soat 14:00 dan 17:00 gacha bo‘lib o‘tadi. Alisher Navoiy kinosaroyida (“Panorama”) o‘tkaziladigan ushbu tadbirlarda  ishtirok etish bepul.


27.09.21

Mehmonlar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.

/> Festivalda ishtirok etish uchun turkiyalik mehmonlarning bir guruhi Toshkentga yetib keldi. Ular O‘zjan Ayma, Erchan Deniz, Selim Beyraktar va boshqa taniqli turk yulduzlari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

Turkiyalik bir guruh kinoijodkorlar Toshkentga yetib keldi

Avvalroq, Toshkent xalqaro kinofestivali g‘oliblariga topshiriladigan nominatsiyalar ochiqlangandi.

27.09.21

Turkiyalik bir guruh kinoijodkorlar Toshkentga yetib keldi

Qayd etilishicha, “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali mehmonlarining mamlakatimizga tashrifi boshlandi.

Festival doirasida 14 ta mamlakat Ozarbayjon, Belarus, Misr, Isroil, Hindiston, Italiya, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Polsha, Rossiya, Tojikiston, Turkiya va O‘zbekiston kinosi kunlari o‘tkaziladi.

Kann festivalida ishtirokchilarni yig’latgan aktrisa Samal Yeslyamova endi Toshkentda

U  "Lola", "Ayka”, “Konokratlar: zamonlar yo’li” filmlari orqali tanilgan

         Qozoq kino aktrisasi Samal Yeslyamova 1984-yil 1-sentyabrda tavallud topgan.  2011-yilda Rossiya davlat teatr san’ati institutining aktyorlik fakultetini tamomlab,  aktrisa sifatida ilk marotaba 2008-yili Sergey Dvortsevaning "Lola" filmida suratga tushgan. Ushbu film Kann kinofestivalida "Maxsus ko'rinish" tanlovi bosh sovrinini qo'lga kiritgan va butun dunyo bo'ylab o’tkazilgan xalqaro kinofestivallarda 9 ta Gran-Prini qo‘lga kiritgan.

6 yil

davomida suratga olingan   "Ayka"  filmida ijro etgan roli uchun 2018-yili 71-Kann kinofestivalida "Eng yaxshi ayol roli" nominatsiyasini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2019-yili Osiyo kinofestivalida aynan shu film bilan “Osiyo Oskar”ini qo‘lga kiritgan.  

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.


27.09.21

Ikki karra Gremmi mukofoti sovrindori Uolter Afanasev Toshkentda

kompozitor Vladimir Nikitich Afanasev uchrashuv mobaynida  Merayya Keri, Selin Dion,  Lara Fabian, Filipp Kirkorov va Nikolay Baskov kabi mashhur yulduzlar bilan ishlash sirlarini ochib berdi.

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.

27.09.21

Mashhur amerikalik bastakor hamda o‘zbek rejissyori ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi

O‘zbek san’atining taniqli klipmeykeri va hozirda AQShda yashab, ijod qilayotgan rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev va “Ulug‘bek” filmi uchun musiqa bastalagan mashhur kompozitor Vladimir Nikitich Afanasev talaba yoshlar va san’at olami mehmonlari bilan ijodiy suhbat o‘tkazdi. Rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev matbuot xodimlariga bergan intervyusida o‘zbek kinosiga yuksak baho berdi.

Mashhur

Toshkent xalqaro kinofestivali mehmonlari nomlari ochiqlandi

Xorijlik mehmonlar nomlari OAV xodimlariga e’lon qilindi

Bugun, 27-sentabr kuni “O‘zbekfilm” kinokonsernida Toshkent xalqaro Kinofestivali oldidan jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Mazkur anjumanda “Ipak yo‘li durdonasi”  XIII Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyuradigan mehmonlar, festivalda namoyish etiladigan filmlar haqida jurnalistlarga to‘liq ma’lumot berildi. Mazkur mehmonlar qatorida biz sevib tomosha qiladigan hind va turk kinoyulduzlarini ko’rishimiz mumkin. Mitxun Chakraborti , Xuma Qureshi , Sanjay Gupta, O’zjan Deniz, Serdar O’rtach , Melisa Asli

Pamuk, Nazan Kesal, Feliz Ahmed shular jumlasidandir.

Mamlakatlardan kinofestivalga 150 dan ziyod mashhur kinoijodkorlar kelishi kutilmoqda. Ular orasida rejissyorlar, aktyorlar, prodyuserlar hamda xalqaro kinofestival, tashkilot va distribyutor kompaniyalarining vakillari tashrif buyuradi. Ularning nomlari bugun ommaviy axborot vakillariga tanishtirildi.

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.


27.09.21

Toshkent Xalqaro Kinofestivali g‘oliblari munosib taqdirlanadi

jahon kinematografiyasi rivojida salmoqli o‘ringa ega bo‘lgan, qadriyatlar va madaniyatlarni o‘zida aks ettirgan filmlar ijodkorlariga diplom, mahsus sowrin va har biri 20 ming dollardan iborat bo‘lgan beshta pul mukofoti beriladi. Osiyo qit’asi va qadimiy Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan mamlakatlar yosh kinoijodkorlarining qisqa metrajli filmlari festivali g‘oliblariga esa diplom,  1-o‘rin uchun 15000, 2-o‘rin uchun 10000 hamda 3-o‘rin uchun 7000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotlari taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Ipak yo‘li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivalinining ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshlagani to`g`risida xabar berilgandi

26.09.21

“Ipak yo‘li durdonasi” kinofestivali g‘olibligiga talabgorlar soni ortmoqda

    28-sentabrdan 3-oktabrgacha bo‘lib o‘tishi kutilayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” XIII xalqaro kinofestivaliga qatnashish uchun hozirdanoq ko‘plab davlatlarning kinoijodkorlari qiziqish bildirishmoqda. Bu haqda oav.uz muxbiri xabar berdi.

 

Tadbir doirasida taniqli kinoijodkorlar va rejissyorlar ishtirokida tanlovlar, yosh ijodkorlarga mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar, kinotreninglar, kinoko‘rgazmalar, eng sara kinofilmlarning namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Kinofestivalda ijodkorlar e’tibor va qutlovlardan bahramand bo‘lish bilan bir qatorda ularga diplom, tashakkurnomalar ham topshiriladi. Shuningdek, taqdim etilgan kinoasarlar orasidan  mazmuni kinofestival shioriga mos,

Kinofestival doirasida“Jahon kinosi kunlari” o‘tkaziladi

Unda 150 dan ortiq filmlar namoyishi ko‘zda tutilgan

     Kinofestival asnosida O‘zbekiston, Ozarbayjon, Belarus, Misr, Isroil, Hindiston, Italiya, Eron, Polsha, Rossiya, Turkiya va qo‘shni davlatlar Qozog‘iston,  Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlarining kino kunlari bo‘lib o‘tadi.

Festival  davomida  bo‘lib o‘tadigan “Jahon kinosi kunlari” uchun taqdim etilgan  filmlar   29-sentabrdan boshlab yurtimizdagi barcha kinoteatrlarda namoyish etiladi.

         Mutasaddilarning ta’kidlashicha, kino kunlari uchun  150 dan ortiq filmlar taqdim etilgan

va  ularning ko‘p  qismi o‘zbek tilidagi  subtitr orqali namoyish etiladi.

Shuningdek, kinofestivalga 13 davlatdan taniqli aktyor va aktrisalar, rejissyor hamda prodyuserlarining  tashrifi ham kutilmoqda.  Biroq ularning shaxsi hozircha sir tutilmoqda.

     Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.


26.09.21

“Buyuk ipak yo‘li” mavzusida qisqa metrajli filmlar suratga olinmoqda

va Ukrainadan kelgan rejissyorlar ishtirok etmoqda.

Yosh rejissyorlar 5 kun davomida tarixiy manzillar – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Xiva,  Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Farg‘ona, Andijon, Namangan,  Jizzax, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida tasvirga olish ishlarini olib boradi. Qisqa metrajli filmlar Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida namoyish etiladi.

Xalqaro hakamlar hay’atiga jahon miqyosida shuhrat qozongan san’at arboblari, artistlar, olimlar, san’atshunoslar, sohaning eng yetuk mutaxassislari jalb qilingan.

23.09.21

“Kino 5 kunda” loyihasi  g‘oliblari diplomlar, statuetkalar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi

Bugun «Kino 5 kunda» loyihasida “Buyuk ipak yo‘li” mavzusida qisqa metrajli filmlarni suratga olish ishlariga start berildi. Bu haqda oav.uz muxbiri xabar berdi.

Tanlovda dunyoning 23 mamlakati – O‘zbekiston, Ozarbayjon,  Ispaniya, Tojikiston, Bolgariya, Armaniston,  Rossiya, Fransiya, Belarus, Meksika, Germaniya, Hindiston, Yaponiya, Qozog‘iston, Keniya, Filippin, Shveysariya, Qirg‘iziston, Marokash, Janubiy Koreya, Turkiya, Estoniya 

XIII Toshkemt Xalqaro Kinofestivali oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Unda taniqli aktyorlar, jurnalistlar va soha vakillari ishtirok etmoqda

“O‘zbekfilm” da kinofestival munosabati bilan matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanni Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ochib berdi. Shuningdek, Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov so‘zga chiqib,  ushbu xalqaro tadbir agentlik tomonidan har yili o‘tkazilishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, anjumanda xorijlik ijodkorlar bilan onlayn muloqot ham davom etmoqda. Ular taklif uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, kinofestival haqida fikrlarini bildirmoqda.


23.09.21

Toshkent Xalqaro Kinofestivali g‘oliblariga topshiriladigan nominatsiyalar ochiqlandi

taqdirlanadi:

–  Eng yaxshi aktyor;
–  Eng yaxshi aktrisa;
–  Eng yaxshi ssenariy muallifi;
–  Eng yaxshi rejissyorlik ishi;
–  Eng yaxshi montaj ishi uchun;
–  Eng yaxshi ovoz uchun.

Shuni alohida aytishimiz kerakki, tanlovning har bir ishtirokchisiga “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalining sertifikatlari topshiriladi.

21.09.21

G‘oliblarga nafaqat nominatsiyalar, haykalchalar, balki, pul mukofotlari ham topshiriladi


“Ipak yo‘li durdonasi” festivaliga atigi 7 kun qolganida g‘oliblarga va sovrindorlarga topshiriladigan nominatsiyalar, statuetkalar, pul mukofotlari ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda “Tashkent International Film Festival” Telegram kanali xabar berdi.


Kinofestival doirasida o‘tkaziladigan “Kino 5 kunda” ko‘rik-tanlovida filmlar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha

Toshkent Xalqaro Kinofestivali o‘tkaziladgan manzilgohlar ro‘yxati ochiqlandi

Ushbu hududlar O‘zbekistonning barcha viloyatlaridagi eng ko‘zga ko‘ringan madaniy maskanlardir

28-sentabrdan 3-oktabrgacha bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘li durdonasi” kinofestivali davlatimizning qaysi madaniy hududlarida bo‘lib o‘tishi aniqlashtirilib, joylarda qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Italiya, Fransiya, Ispaniya, Polsha, Rossiya, Belarus Respublikasi, Turkiya, Hindiston kabi xorijning 13 nafar davlati vakillari tashrif buyurishi kutilayotgan kinoijodkorlar “Xorijiy mamlakatlar kino kunlari” tadbirlari doirasida Toshkent shahri hamda Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Andijon, Qashqadaryo kabi viloyatlarga tashrif buyurishadi. Ushbu viloyatlardagi teatr, kinoteatr, Yoshlar markazlari, San’at saroyi, konsert zallari mehmonlarni kutib olishga shay holatga keltirilmoqda. Bu maskanlardagi tadbirlarda xorijlik ijodkorlar bilan birgalikda o‘zbek san’ati vakillari ham qatnashishadi.


20.09.21

Toshkent Xalqaro Kinofestivalini munosib tarzda oʻtkazish maqsadida ishchi guruh tashkil etildi

ixlosmandlari bor. Ular kunlik mashgʻulot va topshiriqlardan tashqari mashhur kinoijodkorlar tomonidan berilayotgan intervyu va chorlovlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatmoqda. Shuningdek, xorijning taniqli aktyorlaridan suhbatlar tashkillashtirmoqda. Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligida festivalni koʻtarinki ruhda oʻtkazish boʻyicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, yosh kinoijodkorlar loyihasi oʻtkazilishi koʻzda tutilgan boʻlib, unda xorijlik va mahalliy kinoijodkorlardan “Buyuk ipak yoʻli” mavzusida qisqa metrajli hujjatli film ishlash talab etiladi. Eng sara ijod namunalari xalqaro tadbir doirasida mukofotlanadi.

Festivalda Oʻzbekiston nomidan “Tutqunlik”, “Bir kunlik toʻy”, “Samarqandda qovun tarovati” badiiy filmlari namoyish etiladi.

20.09.21

Kinofestival davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qayta tiklandi

Mazkur xalqaro festival Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Joriy yilning 28-sentabr kuni tantanali ochilish marosimi oʻtkazilishi rejalashtirilgan xalqaro kinofestival 3-oktabrga qadar davom etadi. Unda kechayotgan jarayonlarni kengroq yoritish, targʻiboti bilan shugʻullanish va keng jamoatchilikka tezkorlik bilan axborotlar tayyorlab tarqatish maqsadida ishchi guruh tashkil etilgan. Unda 100 nafardan ortiq mutaxassis faoliyat yuritmoqda.

Bu haqda Kinematografiya agentligi xodimi Dostonbek Rahmatullayev quyidagi fikrlarni bildirib oʻtdi:

–  Ishchi guruh tarkibida taniqli jurnalistlar, kinoshunoslar va sanʼat

Toshkent xalqaro kinofestivali ishchi guruhi ish boshladi

XIII Toshkent xalqaro kinofestivalining maxsus ishchi guruhi  “Ipak yo'li durdonasi” Kinematografiya agentligining “O'zbekfilm” kinokonserni qoshida ish boshladi. Festival 28 sentyabrdan 3 oktyabrgacha davom etadi. Shu munosabat bilan bugun kinokonserni pavilonida festival ishchi guruhi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov ma'ruza qildi. U Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida bo'lib o'tadigan tadbirlar haqida batafsil gapirib, hamkor tashkilotlar va OAV vakillariga minnatdorchilik bildirdi. Kinematografiya agentligi rahbari,

shuningdek, kinofestivalga 15 dan ortiq mamlakatdan ishtirokchilar kelishini aytdi.

Bundan tashqari, o'zbek kinosi ustalari Toshkent xalqaro kinofestivali bilan bog'liq qiziqarli voqealarni eslab, ishchi guruhga omad tiladi. Tadbir davomida yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari XIII Toshkent xalqaro "Ipak yo'li marvaridi" kinofestivaliga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdilar.

Eslatib o'tamiz, kinofestival O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklandi. Bundan buyon kinofestival har yili 28 sentyabrdan 3 oktyabrgacha O'zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan o'tkaziladi


26.08.21

Тошкент халқаро кинофестивалини ўтказиш бўйича Президент қарори имзоланди

ўтади ва унга хориждан жами 355 нафар иштирокчи, шу жумладан, 55 нафар таниқли киноюлдузлар таклиф этилади.
Фестиваль доирасида машҳур киномутахассислар ва режиссёрлар иштирокида ёш киноижодкорлар учун маҳорат дарслари, ижодий учрашувлар, кинотренинглар, давра суҳбатлари, ҳудудларда кинокўргазмалар, энг яхши миллий ва хорижий фильмлар намойишлари ўтказилади.

Эслатиб ўтамиз, Бугун Кинематография агентлигида “Ипак йўли дурдонаси” Тошкент халқаро кинофестивалини қайта тиклангани муносабати билан учрашув ташкил этилади. Унга киномутахассислар, таниқли киноижодкорлар, ОАВ вакиллари ва ёшлар таклиф этилган. Учрашувда фестиваль дастури ва уни ўтказиш борасида фикр-мулоҳазалар ва таклифлар ўртага ташланади.

19.06.21

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев “Тошкент халқаро кинофестивалини қайта тиклаш ва ўтказиш тўғрисида”ги Қарорни имзолади.

Мазкур қарорга мувофиқ, Тошкент халқаро кинофестивали эндиликда “Ипак йўли дурдонаси” номи билан Ўзбекистон Кинематография агентлиги томонидан 2021-йилдан бошлаб ҳар йили 28-сентябр – 3-октябрь кунлари ўтказилади. 
Маълумот учун, Осиё, Aфрика ва Лотин Aмерикаси халқаро кинофестивали деб номланган Тошкент кинофестивали 1968–1997-йилларда май ойи охири – июнь ойи бошида давлат кинематография қўмитаси ва киноарбоблар уюшмаси томонидан ташкил этилган. 

Жорий йилда бўлиб ўтиши режалаштирилаётган мазкур кинофестиваль “Тинчлик, тараққиёт ва маърифат” шиори бўлиб

"Дебют-2021” танлови ғолибларига грантлар топширилди

Ўзбекистон электрон оммавий ахборот воситалари миллий ассоциацияси ташаббуси билан ташкил этилган "Янги Ўзбекистон. Янги нигоҳ" медиа-ҳафталиги доирасида ўтказилаётган "Дебют-2021" танлови ғолибларини тақдирлаш маросими 6 май куни Ёшлар ижод саройида бўлиб ўтди. 

Маросим очилишида Ўзбекистон Республикаси Бош вазири ўринбосари Азиз Абдуҳакимов, ЎзЭОВМА бошқаруви раиси Фирдавс Абдуҳолиқов, Ўзбекистон Халқ артисти Хайрулла Саъдиев ва бошқалар  сўзга чиқиб, ҳукуматимиз томонидан ёшларни қўллаб-қувватлаш, хусусан кинематография соҳасидаги ўзгаришлар ҳақида сўз юритишди. Тадбирда ушбу танлов учун 5 миллиард сўм  ажратилгани, маблағлар ёш киноижодкорлар

томонидан суратга олиниши кутилаётган қисқа метражли фильмларни молиялаштиришга ажратилиши  таъкидланди.

Ўзбекистон Кинематография агентлигининг маълумотларига кўра, “Дебют-2021” танловига ёш киноижодкорлар томонидан 200 га яқин кинолойиҳалар топширилган. Агентлик бадиий кенгаши аъзоларидан иборат махсус комиссия томонидан энг яхши 16 та кинолойиҳа танлаб олинган ва фильм суратга олиш учун тавсия этилган. Тадбир давомида танлаб олинган кинолойиҳаларнинг муаллифларига тегишли сертификатлар топширилди. 

Маросим сўнгида ёш кинорежиссёр Маҳлиё Аскаралиева томонидан суратга олинган "Лола. Қуёш ва мен” номли қисқа метражли бадиий фильм намойиш этилди.


07.05.21

Тошкент кинофестивали қайта тикланишининг тантанали эълон қилиниши

Эслатиб ўтамиз, Тошкент халқаро кинофестивали 1968 йилдан 1997 йилга қадар ўтказилган эди. Ҳар йили фестивалда таниқли режиссёрлар, актёрлар ва кинематография оламининг бошқа вакиллари иштирок этардилар.

«Буюк Ипак йўли дурдонаси» номи билан қайта тикланаётган фестиваль йиллар ўтиб, нафақат шакл борасида, балки дастурларга ўзгаришлар кирган ҳолда, тубдан ўзгариб, янгидан туғилмоқда.

видеога хавола

25.03.21

2020 йил декабрда бўлиб ўтган Ўзбекистон маданий меросини ўрганиш, сақлаш ва оммалаштириш бўйича Бутунжаҳон жамиятининг IV Халқаро конгрессида афсонавий Тошкент халқаро кинофестивалини тиклаш ҳақидаги муҳим қарор қабул қилинган эди. Бу ҳақда Ўзбекистон Кинематография агентлиги директори Фирдавс Абдухолиқов саҳнадан туриб эълон қилганди.

Янгилик аввалги йиллар фестивалининг афсонавий мадҳияси садолари остида янгради.

“Bir kunlik to‘y” kinokomediyasining premyerasi bo‘lib o‘tdi

kinokartina namoyish etildi.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissër Shohrux Rasulov, postanovkachi operator Izzatilla Lutfullayev, postanovkachi rassom Akmal Saidov, ijrochi prodyuser Davronxo‘ja Abdug‘aniyev, muharrir Furqat Usmonov.
Aktyorlar Baxtiyor Turg‘unov, Xayrulla Sa’diyev, Matyoqub Matchonov, Muxabbat Abdullayeva, Anvar Nazarov, Asal Abdullayeva, Sitora Farmonova, Shohrux Hamdamov, Muxammadjon Bobojonov, Anvar Salimov va boshqalar.

04.10.21

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Kinematografiya agentligi tomonidan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tmoqda.
Kecha Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda agentlik buyurtmasiga binoan Spectre studiyasi tomonidan suratga olingan “Bir kunlik to‘y” kinokomediyasining katta premerasi bo‘lib o‘tdi.
Avval sahnaga film ijodkorlari tashrif buyurishdi va taassurotlarini so‘zlab berishdi. So‘ng

Andijonda xorij kinolari namoyish etilmoqda

Mazkur filmlar Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida taqdim qilindi

“Ipak yoʻli durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali joriy yilning 28-sentabridan boshlab o‘tkazilmoqda. Festival tadbirlari butun respublikamiz bo‘ylab davom etmoqda. Xususan, Andijon viloyatida ham “Jahon mamlakatlari kino kunlari” tadbirlari dasturi rejalashtirilgan. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”da  tojik kinorejissyorlari

tomonidan suratga olingan “Oʻqituvchi” badiiy filmi namoyish etildi. Mazkur film viloyatdagi “Oʻzbegim” kino zalida bir guruh ustoz-murabbiylar hamda oʻquvchi yoshlar e’tiboriga havola qilindi.

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.


02.10.21

O‘zbekiston, Qozog‘iston va rossiyalik kinoijodkorlar Xo‘ja Nasriddin haqida multfilm suratga oladi

Vatani O’zbekiston ekanini biladilar. Biz sevimli ertak va masal qahramonining uyida turib Sharqda, O'rta Osiyoda bo'lgan sarguzashtlari haqidagi animatsion film ustida ishlaganimizdan xursandmiz. Shuningdek, mahalliy rassomlar ham animatsiya yaratishga mas'ul bo'lishadi”, – deya izoh berdi Timur Bekmambetov.

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking

01.10.21

O‘zbekistonda Timur Bekmambetovning animatsion maktablari ochiladi

O'zbekiston va Qozog'istonda afsonaviy Sharq qahramoni Xo'ja Nasriddin sarguzashtlari haqida Timur Bekmambetovning yangi animatsion loyihasi namoyish etiladi. O'zbekiston Milliy kinematografiya agentligi va "Kazakfilm" kinostudiyasi bilan hamkorlikda Timur Bekmambetovning “Bazelevs" kinokompaniyasi davlatimizda animatsion maktablar ochadi. Ular keyinchalik to'laqonli studiyalarga aylanishi ko‘zda tutilmoqda. Animatsion maktablar "Xo'ja Nasriddin" multfilmini ishlab chiqaradi va boshqa loyihalarda ishtirok etadi.

 

“Markaziy Osiyo mamlakatlarida Xo'ja Nasriddinni hurmat qilishadi va sevishadi. Uning

“Tutqunlik” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi

Film 20192020-yillarda o‘tkazilgan «Mehr» operatsiyasiga bag‘ishlanadi

“Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “Tutqunlik” badiiy filmi namoyish etildi. Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan.

 Poytaxtimizning Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida bo‘lib o‘tgan film namoyishida OAV vakillari, kinofestival mehmonlari, ijodkorlar va yoshlar ishtirok etdi.

Film  ssenariy muallifi Azamat Qorjovov va postanovkachi rejissyor Rashid Malikov boshchiligida suratga olingan. Asosiy rollarda Nigina Anorboyeva, Feruza Sobitova, Anvar Mavlonov, Firdavs Oripov, Elbek Fayziyev va boshqalar ishtirok etgan.


01.10.21

Kinofestival doirasida Xorazmda hujjatli film namoyish etildi

Xudoybergan Devonov uy muzeyida bo‘ldi. Muzeyda Tatyana Basovaning "Tashkentskiy kinofestival Jemchujina shelkovogo puti" hujjatli filmi namoyish etildi.

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking

01.10.21

Ushbu namoyishda “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK jamoasi qatnashdi

Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qayta tiklangan va Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali viloyatlarda ham davom etmoqda.

 

Festival dasturida “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK jamoasi Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.  Jamoa birinchi o‘zbek operatori

Estoniyalik rejissyor jizzaxda qisqa metrajli film suratga oldi

Nadejda Tyuska filmni “Cho’kayotgan ayol”deb nomlagan

 

Kinofestival doirasida “Kino 5 kunda” loyihasi bo‘yicha yurtimizga 23 davlatdan tashrif buyurgan kinoijodkorlar respublikamizning turli hududlarida suratga olish ishlarini yakunladi. Jizzax viloyatiga kelgan estoniyalik ijodkorlar quyosh botishi paytida bosh qahramonning suvga tushish sahnasini mangulikka muhrladi. Shuningdek, Jizzax shahri markazidagi tarixiy madrasa yonida ham qator kadrlar

tasvirga olindi. Estoniyaliklar bilan rejissura sohasida izlanayotgan Õzbektosh Qilichev bu qisqa metrajli film o’zbek tarixiy madaniyatini boshqa xalqlarga ham ko’rsatishi, kino san’ati turizm rivojlanishiga xizmat qilishini ta'kidladi.

Eslatib o’tamiz, 28-sebtabr kuni kinofestival ochilish marosimida “Kino 5 kunda” loyihasi ishtirokchilari sahnaga taklif etildi. Ularning 5 kun davomida amalga oshirgan ishlari qisqacha sarhisob qilindi.


30.09.21

Farg‘onaning xonatlaslari Keniyalik rejissyorni maftun etdi

saroyida  tasvirga olinmoqda. Rejissyor aynan  mashhur xonatlaslar haqida kino olishining sababi, yurtimizning aynan shu matosi rejissyorning diqqat-e’tiborini tortdi. Ushbu film orqali  Robert Gitiche o‘z yurtiga ham o‘zbek madaniyatini olib kirishni maqsad qilgan.

 Avvalroq “Kino 5 kunda” loyihasi doirasida qisqa metrajli filmlar Samarqandda ham suratga olinayotgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.

 

26.09.21

Yosh ijodkor vodiyning mashhur ipak  matolari haqida film suratga olmoqda

 

Kinofestival doirasida “Kino besh kunda” loyihasi bo‘yicha yurtimizga 23 davlatdan tashrif buyurgan kinoijodkorlar respublikamizning turli hududlarida filmlar suratga olmoqda. Keniyalik kinoijodkor Robert Gitiche “Xonatlas afsonasi” nomli qisqa metrajli filmni kadrlarga muhrlamoqchi. U ayni damda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida bo‘lib, o‘z ishlarini boshlab yuborgan. Qisqa metrajli  filmda Farg‘ona teatrining iste’dodli aktyorlari rol ijro etmoqdalar.

Kino Farg‘onaning boy madaniyati, vodiyning o‘ziga xos urf-odat va an’analaridan hikoya qiladi. Filmning asosiy kadrlari  qadimiy Xudoyorxon

Фарҳод Маҳмудовнинг ВГИКдаги устахонасида ўқишни истаган ёшлар учун имтиҳон бўлиб ўтди

Бугун Кинематография агентлигининг “Ўзбекфильм” киностудиясида Россияда хизмат кўрсатган артист Фарҳод Маҳмудовнинг ВГИКдаги киноустахонасида таълим олиш ниятидаги иқтидорли ёшлар ижодий имтиҳон топширишди. 

Аввалроқ ёш киноижодкорлар ўзлари ҳақида қисқа видеоролик тайёрлаб, комиссияга жўнатишган эди. Бугун имтиҳоннинг биринчи босқичида мазкур ижодий ишлардан танлаб олиниб, 36 нафарга яқин абитуриент суҳбат асосида имтиҳон топширишди. 

Унда абитуриентлар ўзларининг актёрлик маҳоратини, мусиқий қобилиятлари яъни чолғу асбобларини чалиш, қўшиқ куйлаш кабиларни намоён қилишди. Имтиҳон махсус комиссия аъзолари томонидан баҳолаб борилиб, ёшлар ичидан муносиблари саралаб олинди.

Uzbekiston Kinematografiya Agentligi xabarlari


16.06.21

Таниқли режиссёр Тимур Бекмамбетов билан учрашув бўлиб ўтди

ёшлар билан бўлишиб, замонавий кинорежиссёр, кинопродюссер қандай бўлиши кераклигини чет эллик киномутахассислари тажрибалари мисолида сўзлаб берди. Режиссёр учрашув сўнгида ёшлар билан ўтган самимий мулоқот ўзида илиқ таассурот қолдирганини таъкидлади.  

Тимур Бекмамбетов 1961 йил 25 июнда Қозоғистоннинг Гурев шаҳрида туғилган. Бугунги кунда у Қозоғистон ва Россиянинг етакчи режиссёрларидан бири ҳисобланади.

Uzbekiston Kinematographiya Agentligi xabarlari

15.06.21

Бугун Кинематография агентлигида режиссёр, сценарист, клипмейкер ва продюссер Тимур Бекмамбетов билан учрашув ташкил этилди.

Агентлик раҳбарияти, киноижодкорлар ва ёшлар иштирокида бўлиб ўтган учрашувда режиссёр ўзининг самарали ижодий фаолияти ҳақида гапириб берди. Шунингдек, суҳбат давомида режиссёр томонидан Кинематография агентлиги ҳузуридаги “Ёшлик киностудияси"нинг ёш киноижодкорлари учун маҳорат дарси ташкил этилди. Тимур Бекмамбетов фаолияти давомидаги касбий тажрибаларини

“Сардоба сабоғи” ҳужжатли фильми суратга олинмоқда

Ўзбекистон кинематографияси агентлиги буюртмасига биноан “Ҳужжатли ва хроникал фильмлар киностудияси” ДУК томонидан “Сардоба сабоғи” ҳужжатли фильм суратга олинмоқда. Мазкур фильм 2020 йилнинг 1 май куни Сирдарё вилояти ҳудудидаги Сардоба сув омборида юзага келган техноген офат ҳақида.

Фильмнинг суратга олиш ишлари Сирдарё вилоятининг Сардоба, Мирзаобод ва Оқолтин туманларида бўлиб ўтмоқда. Фильмда эвакуация қилинган аҳоли вакиллари, улар жойлашган ҳудудлар, аҳолини эвакуация қилиш жараёнида иштирок этган ҳарбий хизматчилар, қутқарувчилар ҳамда талофатда жабр кўрганларга ёрдам берган юртдошларимиз ҳақида ҳикоя қилинади. 

Фильм режиссёри ва сценарий муаллифи Абдусамад

Саломов, оператор Самижон Суннатиллаев, муҳаррир Шойим Бўтаев, фильм директори Зуҳра Пўлатова.

-  Фильмдан кўзланган мақсад юртдошларимиз бошига тушган шундай синовли кунларни сабр ва бардош, кучли ирода, бирдамлик, ҳамжиҳатлик билан енгиб ўтишга қаратилган. Ва албатта, юз берган фожеа ҳаммамиз учун сабоқ бўлиши фильмнинг бош ғояси ҳисобланади. “Сардоба сабоғи” Кинематография агентлигидаги илк режиссёрлик ишим бўлгани учун фильм томошабинларга манзур бўлишини кўзлаб ҳаракат қиляпмиз. Бу жараёнларда устозлар ва тажрибали ҳамкасбларимиз ўзларининг маслаҳатларини бериб келишяпти,  - дейди режиссёр Абдусамад Саломов.

Uzbekiston Kinematographiya Agentligi xabarlari


15.06.21

Президентнинг Душанбега сафари давомида Тожикистон телеканалларида янги ўзбек фильмлари намойиш этилади

раиси Маҳмасаид Шоҳиён билан икки томонлама ҳамкорлик бўйича меморандум имзоланди. Меморандум бўйича ишлар тез фурсатларда бошланиб, режиссер Жаҳонгир Ахмедовнинг “Илҳақ” бадиий фильми, Шохрух Расуловнинг “Халқ юраги”, Жавоҳир Қосимовнинг “Абдураҳмон Жомий”, Жасур Исҳоқовнинг “Ягона осмон остида” ҳужжатли фильмлари тожик тилига таржима қилиниб, “Ҳужжатли ва хроникал фильмлар студияси” ДУК, “Spectre” ҳамда “Эзгу фильм” студиялари томонидан дубляж қилинди. 

“Тожикфильм” Давлат муассасаси бош директори Маҳмасаид Шоҳиён туҳфа қилинган ушбу фильмлар икки халқ ўртасидаги дўстона муносабатларни мустаҳкамлашга ва маданий алоқаларни ривожлантиришга хизмат қилишини билдирди: “Тожикистонда бўлиб ўтган ўзбек киноси кунлари”да Ўзбекистон Кинематография агентлиги раҳбарияти билан кино санъатининг икки мамлакат маданий ҳаётида тутган ўрни, ўзбек ва тожик кинематографиясини ривожлантириш бўйича кўзда тутилаётган лойиҳалар хусусида келишиб олдик. Тадбирларда Ўзбекистон халқ артисти Хайрулла Саъдиев, Теша Мўминов, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист Тоҳир Саидов ва бошқа истеъдодли киноижодкорларнинг борлиги тожикистонлик ўзбек киноси мухлисларини жуда қувонтирди. Бизга туҳфа сифатида юборилган ўзбек халқининг юксак савиядаги фильмларини кинотеатрларимиз ва телевидениеларимиз орқали албатта намойиш этамиз. Ишонаманки, ушбу фильмлар икки халқ ўртасидаги дўстона муносабатларни мустаҳкамлашга, маданий алоқаларни янада ривожлантиришга хизмат қилади.”

Uzbekiston Kinematographiya Agentligi xabarlari

10.06.21

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Тожикистонга сафари пайтида тожик телеканаллари ва кинотеатрларида Кинематография агентлиги буюртмасига биноан суратга олинган “Илхақ”, “Халқ юраги”, “Абдураҳмон Жомий”, “Ягона осмон остида” фильмлари намойиш этилади. Намойишлар кеча 21:30да Тожикистоннинг “Синамо” телеканалидаги “Илхақ” фильмининг тақдимоти билан бошлаб берилди.

 Шунингдек, мамлакатнинг барча йирик кинотеатрларида ҳам тожик тилидаги ўзбек фильмлари намойишлари бошланган. Жорий йилнинг 19-22 май кунлари Тожикистон Республикасида ўтказилган Ўзбекистон киноси кунлари давомида Кинематография агентлигининг бир қатор фильмлари тожикистонлик томошабинлар томонидан кўтаринки кайфиятда қабул қилинган эди. Шундан сўнг, ўзбек киносининг қўшни давлатдаги ихлосмандлари томонидан фильмларни тожикчага дубляж қилиб, тақдим этиш таклифи берилди. Шу боис, Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Тожикистон Республикасига расмий ташрифи арафасида Ўзбекистон Кинематография агентлиги томонидан Давлат буюртмаси асосида суратга олинган ушбу фильмларни қардош халқ телевидение ва кинотеатрларида намойиш қилиниши учун туҳфа сифатида тақдим этилди. 

Маълумки, Тожикистонда бўлиб ўтган ўзбек киноси кунларида Ўзбекистон Кинематография агентлиги раҳбарияти, таниқли ўзбек киноси арбоблари, кинорежиссёрлар, актёрлар, оммавий ахборот воситалари вакиллари қўшни мамлакатга ташриф буюриб, ҳар икки мамлакатнинг кино соҳасида ўзаро ҳамкорликни ривожлантириш истиқболлари хусусида келишувларга эришилган ва “Тожикфильм” Давлат муассасаси

“Солнце на вкус”нинг Ўзбекистондаги съёмка жараёнлари тугади

Кинематография агентлиги ҳамда Россиянинг “Спутник Восток продакшн” кинокомпанияси билан биргаликда суратга олинаётган “Солнце на вкус” (“Қуёш лаззати”) ко-продукция фильми суратга олиш ишлари ниҳоясига етди. 

Мазкур фильм фантазия жанрида бўлиб, қаҳрамонларнинг қизиқарли саргузаштларидан иборат. Съёмка Бухоро, Самарқанд ва Тошкент вилоятларида бўлиб ўтди. Ижодий жамоа фильмнинг қолган эпизодларини Москвада тасвирга олишини, маълум қилган.

O'zbekiston kinematografiya agentligi yangiliklari


01.06.21

Республика комиссияси йиғилиши бўлиб ўтди

01.06.21

Бугун Миллий кинематография, кинокомпания ва кинотеатрлар тармоғини янада ривожлантиришга кўмаклашиш бўйича республика комиссиясининг йиғилиши бўлиб ўтди.

Мазкур йиғилиш Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 20 ноябрь куни “Ўзбекфильм” киностудиясига ташрифи давомида берилган топшириқлари ва киноижодкорлар билан ўтказилган учрашувнинг 92-сонли баёнида белгиланган вазифаларни сифатли ва юқори савияда таъминлаш юзасидан ўтказилди. 

Унда Бош вазирнинг биринчи ўринбосари Азиз Абдуҳакимов бошчилигида Кинематография агентлиги Бош директори Фирдавс Абдухолиқов, Бош директорнинг биринчи ўринбосари Шуҳрат Ризаев, ижро аппарати раҳбари Элдар Юлдашев, Ўзбекистон киноарбоблари ижодий уюшмаси раиси Матёқуб Матчонов ва бошқа мутахассислар, киноижодкорлар, тизим ташкилотлари ва ZOOM платформаси орқали ҳудудий бўлим вакиллари иштирок этишди.

O'zbekiston kinematografiya agentligi yangiliklari


Фурқат Файзиев ёш киноижодкорлар билан учрашди

Бугун Кинематография агентлиги “Ёшлик киностудияси” ДУКда маҳоратли киноактёр Фурқат Файзиев билан ижодий учрашув  ташкил этилди.

Фурқат Файзиев 1968 йил 7 май куни Тошкентда Ўзбекистон халқ артисти Латиф Файзиев оиласида таваллуд топган. Аввалги Тошкент театр ва рассомчилик институти ҳамда Бутунроссия давлат кинематография институти (ВГИК)ни тамомлаган. 

Актёр ижоди давомида “Даҳонинг ёшлиги”, “Майсаранинг иши”, “Юлдузингни бер, осмон”, “Алвидо, гўр ёшлигим”, “Шайтанат”, “Сарвиноз”, “Хўжа Насриддин”, “Номус”, “Жаннат қайдадир”, “Уқубат”, “Жасур”, “Ибрат” фильмларида турли характердаги ролларни ижро этган. 

Фурқат Файзиев ёш киноижодкорлар билан кинематография соҳаси, актёрлик маҳорати, дебют лойиҳалар ҳақида суҳбатлашди.

O'zbekiston kinematografiya agentligi yangiliklari


31.05.21

“Илҳақ” фильми турли тилларга таржима қилинмоқда

ўтган “Ўзбек киноси кунлари” доирасида илк бор рус тилида премьераси ўтказилди.

Фильмнинг рус тилидаги варианти қардош халқлар томонидан жуда илиқ кутиб олинди ва эндиликда “Илҳақ” кинокартинасини қозоқ, туркман, тожик, қирғиз тилларига таржима қилиш ҳамда премьераларини ўтказиш таклифи берилди. Айни вақтда агентлик буюртмасига биноан “Ezgu film” студияси томонидан фильм тожик тилига таржима қилиняпти.

“Илҳақ” фильмининг ҳозирда рус тилидаги таржима ва инглиз тилидаги субтитр қилинган варианти тайёр”.

O'zbekiston kinematografiya agentligi yangiliklari

31.05.21

Кинематография агентлиги буюртмасига биноан “Ezgu film” студияси томонидан суратга олинган режиссёр Жаҳонгир Аҳмедовнинг “Илҳақ” бадиий фильми бир неча тилларга таржима қилинмоқда.

Мазкур фильм Иккинчи жаҳон урушида қозонилган ғалабанинг 75 йиллигига бағишланиб, унда 5 фарзандини фронтга жўнатган аёл Зулфия ая тақдири ва кечинмалари ҳақида суратга олинган. 

Режиссёр Жаҳонгир Аҳмедов кинокартинанинг бошқа тилларга таржима қилиниши ҳақида сўзлаб берди:

“Кинокартина биринчи навбатда рус тилига таржима қилинди ҳамда 19-22 май кунлари Тожикистон Республикасида бўлиб

“Ёшлик киностудияси” ташкил этилди

Kinematografiya agentligi xuzurida yangi “Yoshlik kinostudiyasi” ташкил этилди. 

Mazkur korxona O`zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Kinematografiya soxasida davlat boshqaruvi tizimini taqomillashturish xamda soxa vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratish tu`grisida”gi 2021 yil 7 apreldagi PQ–5060-son qaroriga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligining 2021 yil 24 maydagi 86а-son buyrugiga asosan “Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi” davlat unitar korxonasi negizida tashkil etilgan.

Uning asosiy vazifalari asosan yosh kinoijodkorlarni qu`llab-qu`vvatlash, debutant kinematografistlarning ijodiy faolligini oshirishga qaratilgan. 

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6202 sonli Farmoni xamda PQ–5060 sonli Qaroriga muvofiq, endilikda “Yoshlik kinostudiyasi” tu`liq va qisqa metrajli badiy filmlar bilan birga animatsion filmlar xam ishlab chiqaradi.

“Yoshlik kinostudiyasi”ning faoliyati agentlik tomonidan nazorat qilinadi.

O'zbekiston kinematografiya agentligi websaytiga havola


28.05.21

“Баҳс” фильмининг “Культура” телеканали иштирокида муҳокамаси ўтказилди

ва постановкачи режиссёр Гулнора Иванова, оператор Абдулазиз Асатуллаев, постановкачи рассом Беҳзод Алимардонов, композитор Марат Шункар, гримёр Мавжуда Якубова, картина директори Шариф Қосимбоев.

Фильм намойиши ёшлар томонидан илиқ кутиб олинди. Муҳокамада эса фильмнинг драматургияси, операторлик услуби ва актёрлар ижроси борасида танқидий ва таҳлилий фикрлар билдирилди. Барча жараёнлар “Культура” телеканали томонидан суратга олинди.

O`zbekiston kinematografiya agentligining rasmiy saytiga havola

26.05.21

Кинематография агентлигининг ёш киноижодкорлар лабораториясида Россиянинг “Культура” телеканали иштирокида “Баҳс” (“Спор”) қисқа метражли фильмининг намойиши ва ёшлар даврасида муҳокамаси бўлиб ўтди. 

Мазкур фильм агентлик буюртмасига биноан “Ёшлар ижодий-тажриба студияси” томонидан “Дебют-2020” ёшлар кинофестивали доирасида суратга олинган. Унда бир-бири билан ўзаро баҳс бойлаб, ғурурни устун қўйган ва оқибатда армонга айланган муҳаббат билан қолган икки инсон ҳаёти кўрсатилади. 

Сценарий муаллифи

“Қуёш лаззати” фильми Тошкентда суратга олинмоқда

Ўзбекистон Кинематография агентлиги ҳамда Россиянинг “Спутник Восток Продакшн” кинокомпанияси билан ҳамкорликда “Солнце на вкус” (“Қуёш лаззати”) ко-продукция фильми (https://telegra.ph/%D2%9Auyosh-lazzati-05-25) суратга олинмоқда. Бухоро ва Самарқанд вилоятларидаги суратга олиш ишларидан сўнг хорижий киноижодкорлар Тошкентда ўз ишларини давом эттиришмоқда.

Саргузашт, фентези жанридаги ушбу фильм ко-продукция шаклидаги илк ҳамкорликдаги лойиҳаларидан биридир. Фильмни суратга олаётган “Спутник Восток продакшн” кинокомпанияси сўнгги йиллар дунёдаги йирик стриминг хизмати Netflix билан яқин ҳамкорлик алоқаларини ўрнатган. 

Ҳозирда “Қуёш лаззати” картинасини ҳам Netflix платформасида тақдим этиш бўйича музокаралар олиб бориляпти. Сўнгги йилларда Кинематография агентлиги хорижий кинокомпаниялар билан ко-продукция усулида ишлашни кенг миқёсда йўлга қўйди. Бундай лойиҳаларда ўзбекистонлик ижодкорлар ва айниқса, ёшларнинг иштирок этаётгани тажриба тўплаш ва малака ошириш имконини тақдим этмоқда. Бундан ташқари бу каби лойиҳалар Ўзбекистонни дунё экранлари орқали дунёга танитишда улкан аҳамият касб этади.  

Фильмда Ўзбекистонга саёҳати давомида саргузаштлар уммонига тушиб қолган оддий москвалик оила ҳақида ҳикоя қилинади. Шунингдек, Бухоро амири хазинасини излаш, уни таъқиб қилиш, дўстлик мавзуси, оилавий можаролар

тасвирланади. 

Постановкачи режиссёр Эльдар Салаватов, рассом Юрий Фоменко, продюсерлар Александр Кессель ва Фирдавс Абдухолиқов, режиссёр Татьяна Суляева. Сценарий эса россиялик таниқли сценарист Олег Маловичкога тегишли. Айтиб ўтиш жоизки, “Троцкий”, “Метод” сериаллари ва “Союз спасение”, “Притяжение”, “Ёлки” каби фильмларни сценарийсини ёзган Маловичко куни кеча Россиянинг Top5 энг яхши сценаристлари рўйхатида 3 ўринни эгаллади.

Фильмда ўзбек ва рус юлдузлари ҳам иштирок этишади: Андрей Мерзликин, Александр Ильин, Муҳаммадисо Абдулхаиров ва бошқалар.
Суратга олиш ишлари Москва, Бухоро, Самарқанд, Тошкент шаҳри ва вилоятида бўлиб ўтади. Съёмка жараёнлари нафақат Чорвоқ каби гўзал ландшафтлар, балки Ўзбекистоннинг тарихий ёдгорликлари: Регистон, Гўри Амир, Самарқанддаги Мирзо Улуғбек расадхонаси, Бухородаги Арк қалъа-музейи, масжид ва Минораи Калонда бўлиб ўтди.

“Солнце на вкус” кинокартинаси 2021 йилнинг куз мавсумида премьера қилиниши режалаштирилган. Хорижий студия ва агентлик ўртасидаги келишувга асосан фильмнинг дунё прокатидан тушган фойданинг 25 фоизлик улуши Кинематография агентлигига тегишли ва Ўзбекистонда намойиш этиш бўйича барча ҳуқуқлардан фойдаланади.

O`zbekiston kinematografiya agentligining rasmiy saytiga havola


25.05.21

19-22 майга кадар Тожикистонда “Ўзбек киноси кунлари” бўлиб ўтди

кунлари”нинг очилиши 19 май куни соат 19.00 да Душанбе шаҳридаги «Наврўз» саройида бўлиб ўтди. Тадбир дастуридан ўзаро ҳамкорлик бўйича меморандумларни имзолаш, кинонамойишлар ва икки давлат киноижодкорларининг учрашувлари ўрин олган. 

Шунингдек, тадбир доирасида Ўзбекистон маданий меросини асраш, ўрганиш ва оммалаштириш бўйича Бутунжаҳон жамияти томонидан чоп этилган китоб ва альбомларнинг тақдимоти ҳам ўтказилди.

22.05.21

Кинематография агентлиги ташаббуси билан жорий йилнинг 19-22 май кунлари Тожикистон Республикасида “Ўзбек киноси кунлари” бўлиб ўтди. Тадбир давомида тожикистонлик мухлисларга “Илҳақ”, “Рангсиз тушлар”, “Халқ юраги”, “Ҳамкорлик бўйича навбатчи” каби янги ўзбек фильмлари кўрсатилди. Шунингдек, ўзбек киносининг нодир дурдоналарига айланган “Келинлар қўзғолони”, “Сеҳрли сандиқ” сингари фильмларнинг намойиши бўлиб ўтди

“Ўзбек киноси

Байрам муносабати билан кинонамойишлар

Кинематография агентлиги ташаббуси билан 9 май Хотира ва қадрлаш кунига бағишлаб Али Ҳамроев бадиий раҳбарлигида 4 нафар ёш кинорежиссёрлар томонидан суратга олинган “Унутилмас қаҳрамонлар” туркум ҳужжатли фильмлари намойиш этилмоқда.

“Пулемётчи Иноят Наврўбоев”, “Кичик лейтенант Шароф Рашидов”, “Генерал Собир Раҳимов”, “Снайпер Зебо Ғаниева”, “Фронт кинооператори Малик Қаюмов” каби фильмлар намойиш қилинди. Кечки сеансларда “Сержант Қудрат Суюнов”, “Партизан Мамадали Топволдиев” фильмлари ўрин олган.

Мазкур

ҳужжатли фильмлар Иккинчи жаҳон урушида қатнашган ва жасорат кўрсатган ўзбек жангчилари ҳақида яратилган бўлиб, унда фронт ва фронт орти машаққатлари акс эттирилган.

9-10-11 май кунлари Алишер Навоий номидаги киносарой ҳамда “Премьер Холл” кинотеатрида кинорежиссёр Шуҳрат Маҳмудовнинг “Матонат”, режиссёр Жаҳонгир Аҳмедовнинг “Илҳақ” фильми рус тилида ва хориж кинофондларидан қайтарилган 16 та классик фильмлар намойиш этилади.

Filmlarni tomosha qilish bu yerda mavjud


09.05.21

Фестиваллар, мукофотлар, кўкрак нишонлари: кино санъати арбобларини Ўзбекистонда қандай тақдирлашади

ўқув юртлари талабаларини қўллаб-қувватлаш мақсадида Худойберган Девонов номидаги Давлат стипендияси таъсис этилди.

Миллий кинематография соҳасида самарали фаолият олиб борадиган ижодкорлар ва мутахассисларни рағбатлантириш учун «Кинематография фидокори» кўкрак нишонини таъсис этилди.

Бундан ташқари, Фармонда Миллий кино санъатини ривожлантиришга қаратилган ислоҳотларни тизимли давом эттириш, соҳани давлат томонидан қўллаб-қувватлаш тизимини такомиллаштириш, юртимизда жаҳон тажрибаси асосида кино ишлаб чиқаришнинг самарали механизмларини жорий этиш, шунингдек замонавий киносаноат инфратузилмасини яратиш ва кинопрокат тизимини ривожлантириш  каби тадбирлар ҳам назарда тутилган.

 

08.04.21

Ўзбекистон Президентининг «Кино санъати ва саноатини янги босқичга олиб чиқиш, соҳани давлат томонидан қўллаб-қувватлаш тизимини янада такомиллаштириш тўғрисида» фармонида киноижодкорларни рағбатлантириш ва тақдирлаш чоралари алоҳида белгилаб берилган.

Мазкур ҳужжат асосида «Ипак йўли дурдонаси» Тошкент халқаро кинофестивали доимий тарзда ўтказиб турилиши ўз тасдиғини топди. Фестивал Республикада 2021 йилдан бошлаб ҳар йили ўтказилади. Шунингдек, мамлакатнинг энг яхши киноижодкорларига анъанавий тарзда «Олтин хумо» миллий кино мукофоти топширилади. Ушбу фармон асосида «Кинематография» йўналиши бўйича таҳсил олаётган олий

Ispaniyalik rejissyor tezroq Vataniga qaytib, ispanlarga o‘zbek xalqini tanishtirmoqchi

Bizda ham xuddi doirangizga o‘xshash «pandero» nomli musiqa asbobi mavjud. Filmni suratga olish mobaynida buxoroliklarning judayam mehmondo‘st, shirinso‘zligining guvohi bo‘ldim. Shuningdek, bu afsonaviy shaharning gumbazlari, ko‘chalari eʼborimni tortdi. Nasib etsa, yana davlatingizga kelib, ana shunday betakror shaharlar haqida filmlar suratga olish niyatim bor. Hozir esa kinofestivaldan keyin tezroq Ispaniyaga borib, xalqingiz, davlatingiz haqida xalqimga so‘zlab bermoqchiman.   

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.

03.10.21

U Buxoro haqida yangicha afsonaviy film suratga oldi

 

“Kino 5 kunda” loyihasida ishtirok etib, “Buxoroning ko‘z yoshlari” filmini suratga olgan ispaniyalik Markel Goikoеtxea Markaida film haqidagi taassurotlari bilan bo‘lishdi.

—      Kinofestivaldagi ushbu loyihaga qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tganimdan keyin internetdagi maʼlumotlarga murojaat qildim. O`shanda diqqatimni Buxoroning Ko‘kgumbazi tortdi. Abadiylik muhrlangan ushbu obidani marhumlarning ko‘zyoshlaridan bunyod bo‘lgan qalʼaga qiyoslab, film yaratdik. Go‘yoki o‘tganlarning ruhi toabad bo‘lganidek, bu obidalar ham boqiydir, demoqchi bo‘ldik. Shuningdek, o‘sha maʼlumotlarni izlash jarayonimda doira musiqa asbobingiz haqida ham bilib oldim. Filmda doirani uyg‘otish, ogohlikka chorlov ramzi sifatida tanladik.

Hindistonlik aktyor, kinorejissyor Randhir Kapur o‘zbek xalqiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi

Rejissyor O‘zbekistonga kelib, film suratga olishga vaʼda berdi

 

Toshkent xalqaro kinofestivalining mehmonlari bilan bo‘layotgan uchrashuvlar davom etmoqda. Bugun Raj Kapurning to‘ng‘ich o‘g‘li Randhir Kapur kinoijodkorlar, talabalar va OAV vakillari bilan uchrashdi.

—      Bu festivalning qayta tiklanishi olamshumul voqea bo‘ldi. Chunki bu yerda dunyoning ko‘plab davlatlaridan ijodkorlar tashrif buyurishgan. O‘zbekistonga kelish istagida yurganlarga bu festivalning tiklanishi yaxshi bir bahona bo‘ldi. Istagim, festival qaldirg‘och kabi qanot yozsin va parvozi uzoq yillar davom etsin. Xalqingizning otamga bo‘lgan yuksak mehrini bilardim. Lekin O‘zbekistonga kelib, sizlarning Raj Kapurga bo‘lgan muhabbatingiz haliyam o‘shanday qaynoq ekanini,

uni unutmaganingizni ko‘rib, juda taʼsirlandim. Otam sizlar uchun filmlar yaratgan va bugun shunga amin bo‘ldimki, u bejiz yashamabdi. Sizlarning otamga va hind sanʼatiga bo‘lgan muhabbatingiz uchun ham Hindiston eng yaxshi filmlarni suratga olishga majbur deb o‘ylayman. Siz otamni sevganingiz kabi biz ham sizni shunchalik qadrlaymiz!  Mana shu mehringiz haqqi-hurmati davlatingizga kelib, film suratga olaman. Bu – mening vaʼdam!

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.


03.10.21

“Keyingi yil Kann festivalida o‘zbek filmini ko‘rishni orzu qilyapman” –Lyuk Besson

02.10.21

Leon”, “Taksi”, “5-element” fransuz filmlari rejissyori bilan ijodiy uchrashuv bo’ldi

 

Ko’plab kinofesitivallarni rad etib, Toshkent xalqaro kinofestivaliga kelgan taniqli fransuz rejissyori bilan anjuman bo’lib o’tdi. Unda yosh bo’lajak rejissyor, ssenarist, prodyuserlar hamda jurnalistlar ishtirok etdi. Lyuk Besson ularga o’z hayotiy va ijodiy maslahatini berdi. U yoshlarga hamma alohida shaxs ekanini va eng muhimi o’zingni aldamaslik kerakligini ta’kidladi.

Fransuz ijodkorlari bilan uchrashuvlar davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ,


“Asli toshkentlik boʻlganim uchun bizning oilada tartib-intizomga alohida e’tibor qaratilgan” – Ravshana Kurkova

Aktrisa kinofestival doirasida yoshlar bilan mahorat darsi o‘tkazdi

 

Bugun 2-oktabr kuni kinematografiya agentligi binosida Ravshana Kurkova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda jurnalistlar va yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv savol-javob tarzida o‘tdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga aktrisa hayotiy tajribalariga tayanib, javob berdi.

Yoshligimdan aktrisa boʻlishni orzu qilardim, ochiqchasiga aytaman, ijod yoʻliga osonlikcha kirib kelmaganman. Bugungi kungacha boʻlgan natijalar uzoq izlanishlarim va tinimsiz mehnatim mahsulidir. Hamkasblarim orasida ijod yoʻllarini erta boshlaganlari ham bor, ammo men bu sohaga kech kirib kelganman, asosiy loyihalar, katta rollarim soʻnggi 12 yil ichida ijro etilgan. Bugun 41 yoshdaman. Shu yerdagi yoshlar va muxlislarning meni kutib olishidan anglab yetdimki, mening mehnatlarim zoye ketmabdi. Mening 

ilk ijrolarim kichik va epizodik rollardan boshlangan, muhimi tasvirga olish maydonchasida boʻlishga intilar edim. Men juda ham masʼuliyatli insonman. Bu mening qonimga singib ketgan. Asli toshkentlik boʻlganim uchun bizning oilada tartib-intizomga alohida e’tibor qaratilgan. Doim oldinga intilib yashaganman, aynan shu feʼl-atvorim mening yutugʻim boʻlgan. Menga omad doimo kulib boqqan. Shu oʻrinda aytib oʻtish joiz, men aktyor deya qayd etilgan hech qanday diplomga ega emasman. Aktyorlik aslida bu – mahorat, aktyorlik bu – iqtidor.

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.


02.10.21

Bob Van Ronkel bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bob Van Ronkel yoshlarga yuzlanib “Siz yoshlardan qaysi biringiz prodyuserlik yo‘lini tanlagan bo‘lsangiz, o‘zingiz va atrofdagilar uchun yaxshi inson bo‘lib qolishingiz kerak. Negaki, kalondimog‘lik, kiborlik bilan odamlar hurmatini qozonib bo‘lmaydi” – dedi.

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”

02.10.21

Prodyuser kalondimog‘lik va kiborlik bilan odamlar hurmatini qozonib bo‘lmasligini ta’kidladi
 

AQShlik taniqli prodyuser “Doors to Hollyvood" kompaniyasi prezidenti Bob Van Ronkel Toshkent xalqaro kinofestivali tadbirlari doirasida ijodiy uchrashuv o‘tkazdi.

Prodyuser kinofestivalga qadar 50 ga yaqin kino aktyori bilan aloqaga chiqqani, ammo ikki hafta qolganda aktyorlarni chaqirish mushkul ekanligini ta’kidladi. Lekin shunga qaramay, bir guruh kinoaktyorlarning bu festivalga kelishiga hissa qo‘shganini bildirib o‘tdi.

Shuningdek

“Turk kinosi kunlari” tadbirlarida turkiyalik taniqli aktyorlar ishtirok etdi

Kinofestival doirasida O‘zjan Deniz va Erkan Petekayya intervyu berdi

 

O‘zjan Deniz: Avvalambor bizni goʻzal qarshi olganingiz uchun barchangizga minnatdorchiligimni bildiraman. Bugungi tashrifimiz kelgusidagi amalga oshiriladigan hamkorlik ishlarimizda samarali natijalar beradi, degan umiddaman. Barchangizga yana bir bor katta rahmat.

Erkan Petekayya: Bizni bunday qizgʻin qarshi olganingizdan boshimiz ko‘kka yetdi. Xalqaro festivalda qatnashayotganimdan juda xursandman. Ayniqsa, yurtingizda boʻlganimdan

mamnunman, Oʻzbekistonni juda yoqtirdim, juda sevdim. Barchangizga hurmatim cheksiz. O‘zbekistonlik barcha muxlislarimni juda yaxshi koʻraman. Yana bir bor sizlarga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.


02.10.21

Bugun “Mening o‘zbekcha tushim” filmi premyerasi bo‘lib o‘tadi

02.10.21

Mazkur filmda Jerard Deparde bosh qahramon rolini ijro etgan

 

Bugun, 2-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda film premyerasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur film Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida taqdim etilmoqda.

Namoyish vaqti soat 17:00 ga belgilangan.  “Mening oʻzbekcha tushim” deya nomlangan film fransuz rejissyori Arno Frille tomonidan tasvirga olingan.

Mazkur premyerada film bosh qahramoni – mashhur fransuz aktyori Jerard Deparde ham ishtirok etadi.

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.


Firdavs Abduxalikov: "Kino asarlarimizni bugungi zamon talablari darajasiga ko‘tarishimiz kerak"

Xalqimizning noyob madaniy merosi — turli davrlarda yaratilgan milliy kino fondini  asrab-avaylash, ularni keyingi avlodlarga bekamu-ko‘st yetkazish biz zamondoshlar zimmasidagi yuksak burch va vazifadir. Shu bois barcha sharoitga ega O‘zbek milliy kinofondi binosi foydalanishga topshirildi.

 

Firdavs Abduxalikov: "Kino asarlarimizni bugungi zamon talablari darajasiga ko‘tarishimiz kerak"

 

Kuni kecha Toshkent xalqaro kinofestivali ochilishi arafasida xalq orasida ”Рanorama”, degan nom bilan tanilgan bino qayta kapital taʼmirlanib, yangicha qiyofa kasb etib respublika “Kinochilar uyi”ga aylantirildi. Bu yerda milliy kino muzeyi ham o‘rin olgan. Maʼlumki, sifatli kino yaratish uchun  yaxshi mutaxassislar bilan birga ilg‘or kinotexnologiya va asbob-uskunalar ham kerak. So‘nggi yillarda  milliy kinoni yana-da rivojlantirish uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

 

Firdavs Abduxalikov, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori:

 

— O‘zbek kinosi mavqei va obro‘-eʼtiborini qayta tiklash, bu boradagi ishlarni yana-da rivojlantirish — agentlik oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Buning

uchun, albatta, kino asarlarimizni bugungi zamon talablari darajasiga ko‘tarishimiz, jahon kino sanoati bilan hamqadam va hamsaf bo‘lshimiz kerak. Bu, o‘z navbatida,  dunyoning yetakchi kinotexnologiyalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan hamkorlik qilishimiz, zamonaviy kinotexnologiyalardan samarali foydalanishimizni taqozo etadi. 

 

Ayni shu maqsadda 2019-yildan buyon Daniyaning “Danmon Group” kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar olib boryapmiz. Ana shu hamkorlik natijasida “O‘zbekfilm” kinokonserni uchun xorijdan 25 million yevro qiymatidagi yangi zamonaviy texnologiyalarni olib kelyapmiz.

 

Ushbu zamonaviy, eng so‘nggi rusumdagi texnikalar  jahon kinematografiyasi talablariga javob bera olishi bilan ahamiyatlidir. Zamonaviy texnikalardan  nafaqat o‘zbek kinoijodkorlari, balki boshqa mamlakatlar kinokampaniyalari ham shartnoma asosida  foydalanishlari mumkin.  “O‘zbekfilm” kinokonsernini to‘liq qayta jihozlash katta mablag‘ talab qiladi.

Shu bois, ushbu kinotexnologiyalardan unumli foydalanishimiz kerak. Ulardan foydalanish bo‘yicha xorijiy mutaxassislar va kinoijodkorlar ishtirokida   mashg‘ulotlar olib boriladi. “O‘zbekfilm” kinokonsernining zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan qayta jihozlanishi milliy kinematografiya rivojida muhim o‘rin tutishi, shubhasiz.


02.10.21

Rossiyalik rejissyorning «Biz birga baxtli bo‘lamiz» filmi tomoshabinni o‘ylantirib qo‘ydi

do‘stlar orttirish, tuyg‘ularga asir bo‘lganida o‘zini qanday tutish kerakligini tushuntirishni unutib qo‘yishadi. Bolalar shundoq ham ota-onasi uni yaxshi ko‘rishini biladi. Lekin eʼtiborni, do‘stona mehrni his qilmagach, undan yiroqlashadi, yuragi shafqatsizlashadi. Film qahramoni ana shu tushunmovchiliklar taʼsirida ulg‘ayadi. Natijada onasining o‘limiga ham jim qarab turadi. Film g‘oyasi aynan ana shu haqida. Film yakunida diniy va dunyoviy uyg‘unlikdagi maʼnolar mujassam. Shuningdek, ona vafot etsa-da, lekin qizi bilan doimo birgaligi, qizning esa o‘z xatolarini anglashi aks ettirilgan.

02.10.21

Yekaterina Saunina bu film mavzusi nafaqat bir oila, balki butun jamiyatga tegishli ekanini taʼkidladi
 

—      Bu mening debyut filmim hisoblanadi. Pandemiya tufayli uni katta ekranga chiqarishga biroz kechikdik. Film g‘oyasiga kelsak, unda ota-onalar farzandini judayam yaxshi ko‘rishi  va unga barcha sharoitni yaratib berishga harakat qilishi tasvirlangan. Lekin sharoit yaratish boshqa, bolaga do‘st bo‘lib ulg‘aytirish butunlay boshqa masala. Ko‘pincha ota-onalar farzandiga nimalar mumkin emasligini aytadi, uni taqiqlashga urinadi. Ammo unga sevish, sevilish, qanday

“O‘zbekiston buyuk davlat, buyuk tarixga ega va buyuk filmlar yarata oladi” – Jerar Deparde

Fransiyalik mashhur aktyor bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi
 

Kinofestival doirasida xorijiy aktyorlar bilan ijodiy uchrashuvlar davom etmoqda. “O‘zbekfilm” kinokonsernida fransuz aktyori Jerard Deparde bilan o’zbek kino sohasi vakillari va talabalar o‘rtasida suhbat tashkil etildi. Anjuman qatnashchilari o’zlarining qiziqtirgan savollariga xorijlik aktyordan javob oldilar.

Uchrashuvda u nochorlikda o’tgan bolaligi, O’zbekistonning tarixiy shaharlari bilan bog’liq xotiralari va festival haqida iliq fikrlarini bildirdi. 


02.10.21

“Toshkentga uchinchi marta kelishim, O‘zbekistonni juda yaxshi ko‘rib qoldim” – Nurtas Adambay

olish sir-sinoatlari bilan o‘rtoqlashdi.

 “Men Toshkent xalqaro kinofestivalida hakamlar hay’ati aʼzosi sifatida ishtirok etmoqdaman. Festivalda ko‘plab qiziqarli kartinalarni ko‘rdik. Bu yerda yoshlarga alohida e’tibor qaratilgan. Nazarimda kinofestival yuqori saviyada o‘tmoqda”, – deydi qozog‘istonlik rejissyor.

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.

 

02.10.21

“Auladan qochish”, “Qudalar”, “Akim”, “Kelinka Sabina” kabi filmlar rejissyori tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi
 

Komediya janri aktyori, rejissyor, prodyuser va ssenarist Nurtas Adambay Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyurdi. U «Nurtas Production» kompaniyasining asoschisidir. Yaratgan filmlari uchun “International film festival for Documentary Short and Comedy films” xalqaro kinofestivalida Gran Pri sovrinini qo‘lga kiritgan.

Rejissyor master klass davomida ssenariylar yozish, aktyorlar bilan ishlash, film yaratishda janrlarning o‘ziga xosligini inobatga

Nikita Mixalkov: “O‘zbek kinosini o‘zbek tomoshabini tan olsa, dunyo tan oladi”

“Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etayotgan rossiyalik mashhur kinorejissyor Nikita Mixalkov dunyo kino sanoati va san’atida kechayotgan jarayonlar haqida fikr bildirib, jurnalistlarning “O‘zbek kinosi dunyoga chiqishi uchun nima ish qilish kerak” degan savoliga, “Eng avvalo o‘zbek kinosini o‘zbekistonlik tomoshabinlar sevib tomosha qilsa, tan olsa, keyin dunyo tan oladi” deb javob qaytardi.

U Toshkent kinofestivalining qayta tiklanishini yuqori baholadi. Yosh kinoijodkorlarning savollariga o‘z ijod tajribasidan kelib chiqib, qolaversa jahonda mashhur kino arboblar hayot yo‘li misolida javob qaytardi. 

Ikki soatdan ziyod vaqt mobaynida davom etgan ijodiy uchrashuv mamlakatimizning yosh kino ijodkorlari uchun unutilmas master-klass bo‘ldi, deb aytish mumkin.


01.10.21

Hindiston va O‘zbekiston hamkorligi abadiy

qatorida ekanimdan xursandman. Yurtingizda o‘zgarishlar judayam katta, zamonaviylik, yangilanishlar bisyor. Lekin bir narsani faxr bilan aytishim kerakki, bu yerda bizning sanʼatimizga, xalqimizga bo‘lgan mehr-muhabbat aslo o‘zgarmagan. “Sevgi afsonasi” filmida sizning aktyorlar bilan birgalikda rollar ijro etganmiz. Zulxumor Mo‘minova  singlim rolini ijro etgandi. Bundan keyin ham bunday hamkorlikdagi filmlar suratga olinishini judayam istayman. Biz odatlari, qarashlari va orzulari o‘xshash xalqmiz. Shuning uchun ham hamkorliklarimiz doimo omadli va samarali bo‘ladi.

30.09.21

“Ipak yo‘li durdonasi” XIII  Toshkent xalqaro kinofestivalida “Hindiston kino kunlari” ham o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor. 29-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda hind aktyori Gulshan Grover qariyb qirq yil oldin  o‘zbekistonlik aktyorlar bilan “Sevgi afsonasi” filmida suratga tushganini va avvalgi kinofestivalni xotirladi

Avvalgi kinofestivalga qatnashganman. Aytishim mumkinki, bu galgi festival oldingisidan ishtirokchilar soni va mavqei jihatidan ancha farq qiladi. Ko‘rib turibmanki, ko‘plab davlatlardan kinoijodkorlar tashrif buyurgan. Men ham ular

Boman Irani Toshkentga kelib, o‘zbek xalqining Hind sanʼatiga bo‘lgan munosabatidan hayratlanganini ta'kidladi

Mashhur hind aktyori kinofestival doirasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi
 

—      Toshkent xalqaro kinofestivali haqida birinchi marotaba yoshligimda eshitganman. Festivalning o`shandagi nufuzini bizning eng mashhur aktyorimiz Raj Kapurning tashrifi, uning ishtirokidan bildim. Kecha festivalning ochilish marosimida ishtirok etib, xalqingiz bizning davlatimiz haqida shunchalik ko‘p maʼlumot va eʼtirofga ega ekanini ko‘rib, hayratlandim. Shu o‘rinda aytishim kerakki, maʼlum vaqt to‘xtagan yirik xalqaro festival O‘zbekiston hukumati tomonidan yuksak saviyada tashkil etilibdi. Guvoh bo‘lyapmanki, barcha qitʼalardan kinosanʼatining vakillari tashrif buyurib, festivalning nufuzini oshirmoqda. Bu festival nafaqat bizning, balki o‘zbek kinosining rivojida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Festivalning boshlanishi uchun katta qadam tashlandi, bu jarayon endi muntazam davom etaveradi.

 

—      Aktyorlikni ancha kech boshlagansiz. Nega avvalroq bunga jurʼat qila olmadingiz?

—      Rejissyorlar tomonidan takliflar bo‘lgan, lekin negadir bunga qunt qilmaganman. Boshqa ishlarim bilan chalg‘ib, aktyorlikka vaqt ajratmagandim. Balki rostdan ham bunga jurʼat qilmagandirman. Lekin 40 yoshimdan keyin “Munnaboy” filmida ilk katta rolimni ijro etdim va birdan tomoshabinning eʼtiboriga tushdim. Hammasi ana shundan boshlandi. Ketma-ket rollar o‘zimga bo‘lgan ishonchim va  aktyorlikka bo‘lgan mehrimni  oshirdi.

—      Siz uchun komedik rollarni ijro etish qiyinchilik tug‘dirmaydimi?

—      Yo‘q, menga rolning qanday janrdaligini ahamiyati yo‘q. Dramatik, komedik rollarni ham birdek ijro etaveraman. Asosiysi, rolga jiddiy tayyorlanish lozim. Rolingni o‘zingniki qila olsanggina, uni ijro etish qiyinchilik tug‘dirmaydi.  


30.09.21

“Devyatayev” badiiy filmi kino ixlosmandlari eʼtiboriga havola qilindi

asos bo‘lib xizmat qilgan.

Kartinada bosh qahramon – Mixail Devyatayevning Ikkinchi jahon urushining so‘nggi yillarida nemis konslageriga tushib qolgani, u yerda nemislarning ishonchiga kirib, dushman harbiy samolyotda bir qancha sovet harbiy asirlarini vataniga olib kelgani hikoya qilinadi.

Film mashhur kinorjissyor Timur Bekmambetov tomonidan “Bazelevs”, “Solumbia Pistures”, “Voyenfilm” kinostudyalari “Rossiya 1” telekanali hamda Rossiya kino fondi hamkorligida suratga olingan.

30.09.21

“O‘zbekfilm” kinokonsernida rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan 2021-yilda suratga olingan "Devyatayev" badiiy filmi kino ixlosmandlari eʼtiboriga havola qilindi.

“Devyatayev” badiiy filmi kino ixlosmandlari eʼtiboriga havola qilindi

Mazkur film real voqealarga asosnlangan bo‘lib, Ikkinchi jahon urushi qattnashchisi, katta leytenant, harbiy uchuvchi, Sovet Ittifoqi qahramoni Mixail Petrovich Devyatayev hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi. Film syujetiga M.Devyatayev “Do‘zaxdan qochish” nomli avtobiografik asari

Nikita Mixalkov: Rejissyorlik darajasi aktyorlikka qaraganda ancha past

"Ipak yo‘li durdonasi" XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida  taniqli kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

“O‘zbekfilm” kinokonsernida Rossiya Federatsiyasi kinosi kunlari doirasida mashhur kinorejissyor, RSFSR xalq artisti, Rossiya Federatsiyasi Kinematograflar uyushmasi raisi Nikita Mixalkov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Nikita Mixalkov uchrashuvda OAV vakillari savollariga javob berdi.

 

— Ishonasizmi, men uchun yashash juda oson, chunki men qilgan ishimning og‘irligini sezmayman. Menda hamma narsani qilib bo‘ldim degan his-tuyg‘u yo‘q. Shu sabab, doim harakatdaman.

 

— Bugungi yosh rejissyorlar ishini qanday baholaysiz?

 

— Bugungi kunda rejissyorlar ishini yaxshi baholash biroz mushkul. Chunki rejissura sohasida oqsoqlanish bor. Avvalgidek mukammal ssenariylar yo‘q. Rejissyorlik darajasi aktyorlikka qaraganda ancha past.

 

Baʼzi yosh rejissyorlar, afsuski, aktyorga yordam bera olmaydi. Сhunki ular aktyorning isteʼdodini ochish, unga yuqori pog‘onaga ko‘tarilishiga qanday yordam berishni bilmaydi. Rejissyor, eng avvalo, mexanikani bilishi kerak.

 

— Ilk marta necha yoshingizda rol ijro etgansiz?

 

— Birinchi marta 1959-yilda, 14 yoshimda Konstantin Voinovning "Quyosh hamma uchun porlaydi" filmida maktab o‘quvchisi epizodik rolini o‘ynaganman.

 


Baʼzi mashhur kinorejissyor va aktyorlar muxlislar bilan suratga tushish va dastxat berishni istashmaydi. Siz bunga qanday qaraysiz?

 

— Men suratga tushish va dastxat berishni istamagan hamkasblarimni hurmat qilmayman. Chunki u yillar davomida obro‘-eʼtibor uchun o‘z ustida ishlaydi. Оbro‘ orttiradi va nihoyat talantli shaxs bo‘lib tanilgach, o‘z muxlislarini mensimay qo‘yadi. Muxlislar orasidan topgan obro‘sini bir soniyada yo‘qotishga turtki beradi. Bu esa sanʼatkor uchun fojia. Yuqoridagi obro‘ni ushlab qolishdan ko‘ra, unga tirmashib chiqish osonroqdir. Iqtidorli odam o‘z isteʼdodining ustasi ekanligini his qila boshladimi, shu hisni qo‘yib yubormasdan darhol jilovlay olishni ham bilish kerak . 

 

— Ilk rejissyorlik qilgan filmingiz haqida gapirib bering?

 

— To‘liq metrajli ishim "Begonalar orasidagi yaqinim, yaqinlarim orasidagi begona" filmi. Uning syujeti Eduard Volodarskiy bilan hamkorlikda yozilgan hikoyaga asoslangan. Filmdagi asosiy rollardan birini o‘zim ijro etganman. Shuningdek, bu rolni Yuriy Bogatirev va Aleksandr Kaydanovskiy ham ijro etgan.

 

— Sizningcha zamonaviy qahramon qanday bo‘lishi kerak?

 

— Shaxsan men bugungi kunda mustaqil qaror qabul qiluvchi, rahm-shafqat va muhabbat tuyg‘usini yo‘qotmagan har qanday shaxs zamon qahramoni bo‘lishi mumkin, deb hisoblayman.


30.09.21

Turk aktyori Sefa Zengin o‘zbek aktrisasi Yulduz Rajabovaning mahoratiga tan berishini aytdi

29.09.21

Hamkorlikda “Baron 2” filmida o’zbek va turk aktyorlari birga suratga tushdi

 

Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilish marosimida turk kinoijodkorlaridan iborat delegatsiya «O‘zbekfilm» kinokonsernida bo‘lib, o‘zbekistonlik OAV vakillari bilan uchrashdi. Fursatdan foydalanib, aktyor Sefa Zengindan intervyu oldik.

–  O‘zbekistonga birinchi marotaba kelishim va bu menga judayam yoqyapti. Xalqingiz judayam sanʼatni yaxshi ko‘rar ekan. Bizning filmlarimizni ko‘rishgani shundoq yuz-ko‘zlaridan, bizga munosabatidan ko‘rinib turibdi. Biz ham sizning sanʼatingizni hurmat qilamiz. Aktrisa Yulduz Rajabovaning ijro mahorati meni qoyil qoldirdi. Boshqa aktyorlaringizga ham omad tilayman!
 


“Fazilat xonim” O‘zbekiston bilan hamkorlikdagi filmlarda suratga tushish istagini bildirdi

  Fazilat xonim  va hayotdagi Nazan Kesal bir-biriga qanchalar o‘xshaydi?

 

—   Biz teleseriаllarda suratga tushganimizda rejissyorlarning talabini bajaramiz xolos. To‘g‘ri, asabimni buzishsa, jahlim chiqib ketishi mumkin. Rolimni tomoshabinlar yoqtiribdimi, demak bu rejissyor  va mening mehnatim deb o‘ylayman. Nasib etsa, Turkiya va O‘zbekistonning hamkorlikdagi filmlarida suratga tushish niyatim bor.  

—      Tarixiy filmda suratga tushishni xohlarmidingiz?

—      Menga filmning qanday janrdaligini ahamiyati yo‘q. Sababi, menga qanday rol taklif etilsa, avvalo, uning ssenariysini o‘qiyman, ko‘nglimga yoqsa, keyin rozi bo‘laman. Aks holda, har qanday taklifni rad etaman.

—      Yuzingizda biroz xorg‘inlikni sezdik, buning sababi nima?

—      Shunchaki havo almashtirganimga biroz toliqdim shekilli.


29.09.21

“Yangi O‘zbekiston qiyofasi, yangi jarayonlar hamkorlikdagi ijod mahsullarimizda namoyon bo‘ladi” – Dogukan Erdem Kutlu

uchrashuvlar bundan so‘ng ham davom etadi, degan umiddamiz. O‘zbekistonga tashrif buyurib, bizga bildirilgan katta e’tibor va hurmatdan boshimiz ko‘kka yetdi. Yangi O‘zbekiston qiyofasi, yangi jarayonlar bularning barchasi mana shunday hamkorlikdagi ijod mahsullarimizda ham namoyon bo‘ladi. Sizlar bilan yana festival davomida ko‘rishamiz!

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.

29.09.21

Turkiyalik boshlovchi festival haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

 

– Yurtingizga tashrif buyurishning o‘zi biz uchun katta baxt. Kinofestival biz uchun nimalar hozirlaganidan hech birimizning xabarimiz yo‘q. Avvallari ham bunday festivallar o‘tkazilgan ekan, u davrlardagi tarixiy voqealar haqida ko‘p bora eshitdik. Ayrim sabablarga ko‘ra, bunday tadbirlar to‘xtab qolgan ekan, lekin vaqt o‘tib ular qaytdi va bu jarayonlarda bizning ham ishtirok etishimiz bu muhim voqelik. Ichimizda bir hayajon bor, negaki bu jarayonlarni barchamiz intiqlik bilan kutdik. Bunday

Turk va hind kinoijodkorlari bilan ijodiy kecha tashkil etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Kinematografiya agentligi tomonidan Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida turk kinoijodkorlari bilan ijodiy kecha tashkil etildi.

 

 

Turk va hind kinoijodkorlari bilan ijodiy kecha tashkil etildi

 

 

 

Ushbu kechada taniqli turk kinoyulduzlari O‘zjan Deniz, Melisa Pamuk, Sefa Zengen, Dilan Deniz kabi turkiyalik aktyor va aktrisalar ishtirok etishdi. Tashrif buyurgan mehmonlarga o‘zbek va turk madaniyati aks etgan konsert dasturi taqdim etildi.

 

 

 

Shuningdek, poytaxtdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda hind mehmonlari ishtirokida maxsus shou-konsert  ham tashkil etilgan.

 

 

 

Sahnaga Hindiston delegatsiyasidan yurtimizga tashrif buyurgan Mithun Chakraborti, Bomani Irani, Kunal Kapur, Navab Shoh, Randhir Kapur va boshqa kinoyulduzlar o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashdi.

 

 

 

Agentlikning bosh direktori Firdavs Abduxaliqov hamda hind aktyori Randhir Kapur boshchiligida afsonaviy hind kinoyulduzi Raj Kapurning byusti sahnaga olib chiqildi. Mazkur byust Kapurlar sulolasining o‘zbek xalqiga hurmati ramzi sifatida taqdim etildi.

 

 

 

Ijodiy kecha "Jahon mamlakatlari kinosi kunlari" doirasida tashkil etilgan bo‘lib, festival doirasida yana Rossiya, Hindiston kabi bir nechta davlatlarning ham kino kunlariga start berildi.


29.09.21

"Avval ham o'zbek kino va teatr vakillari bilan hamkorlikda ishlaganman, mehnatimiz mahsuli hamisha bizni quvontirgan" - Dmitriy Astraxan

Mehnatimiz mahsuli har doim bizni quvontirgan.

 - "Yangi O'zbekiston" loyihasi bo'yicha yoshlar uchun trening o'tkazib berishni so'rashsa, rozi bo'lasizmi?

D.A- Albatta, rozi bo'laman. Men bu yerga hamkorlik va o'zaro ijodiy yaratuvchanligimizni mustahkamlashga shay holatda kelganman.

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.

29.09.21

U kinofestivalda "Diversant taqdiri" filmi bilan ishtirok etmoqda

 

– Sizni yurtimizda ko'rib turganimizdan bag'oyat xursandmiz. Yana bir bor O'zbekistonga xush kelibsiz!

 Dmitriy Astraxan: - Rahmat.  Yurtingizga ko'p kelaman, ammo bu galgi kelishimda kino ixlosmandlari sovg'a bilan tashrif buyurdim. Kinofestivalda "Diversant taqdiri" filmi bilan qatnashaman. Bu filmni ham kino muxlislari qizg'in qarshi oladilar, degan umiddaman. Aytish kerakki, men avval ham sizning kino va teatr ijodkorlaringiz bilan hamkorlikda ishlaganman.

Toshkentda meni bunday kutib olishadi deb o‘ylamagandim — Bob Van Ronkel

Poytaxtimizda “Ipak yo‘li durdonasi”  XIII Toshkent  xalqaro kinofestivali qizg‘in davom etmoqda. Festival doirasida   taniqli prodyuser, rejissyor, aktyor va  ssenariynavislar bilan uchrashuvlar, talaba va yoshlar uchun  mahorat darslari tashkil etilyapti.

Bugun yosh ijodkorlar Amerikalik taniqli prodyuser, tadbirkor  Bob Van Ronkel  bilan uchrashdi.

Bob Van Ronkel — amerikalik prodyuser hamda  “Gollivudga  eltuvchi eshik”  kompaniyasi  prezidenti. So‘nggi 20 yil ichida  Rossiya, Qozog‘iston,  va boshqa MDH  mamlakatlariga   120 dan ortiq taniqli  aktyor, rejissyor,  prodyusser va   musiqiy guruhlarni olib borgan. Shuningdek, 9 ta film, 2 ta teleserial va ko‘plab jonli ijrolarga prodyusserlik qilgan.

—Bu nufuzli Toshkent xalqaro kinofestivalga meni ham taklif etishganidan boshim osmonga yetdi.   Aeroportda juda katta ehtirom bilan kutib olindim.  Qarsak va gullarga ko‘mib tashlashdi.  To‘g‘risini aytsam, bunday bo‘ladi, deb kutmagan edim. 

—O‘zbekistonda avval ham bo‘lganmisiz?

—Yo‘q, birinchi marta kelishim. Bu mamlakat haqida ko‘p eshitganman. Ayniqsa ijtimoiy tarmoqlar orqali  Buxoro va Samarqand shaharlaridagi  go‘zal obida va osori atiqalardan imkon qadar xabardorman.   Endi esa ularni o‘z ko‘zim bilan ko‘rish imkoniga ega bo‘ldim. Bundan benihoyat baxtiyorman. 

 Men Amerika fuqarosiman, prodyuserman, o‘z ishimni juda yaxshi ko‘raman. Ko‘p taniqli sanʼatkorlar bilan ishlaganman.  Faoliyatimni hozir ham davom ettiryapman.

 

—Amerikada yashasangiz ham bu darajaga osonlikcha yetmagan bo‘lsangiz kerak?

 

—Ha, albatta.Talabaligim juda og‘ir o‘tgan, pulsizlikdan qiynalganman. Ammo hech qachon  to‘xtab qolmaganman. O‘z ustimda tinimsiz ishlaganman. Hamma narsasi bor, iqtisodiy  taʼminlangan    do‘stlarimga doim havasim kelgan.

Ular kabi  boy yashashni, kiyinishni xohlardim. Shu sabab qanday qilib ko‘p pul topish mumkinligi ustida ko‘p bosh qotirardim.  Oxir-oqibat ilojsizlikdan kollejni tashlab Rossiyaga ko‘chib ketishga majbur bo‘ldim. U yerda men taniqli shaxslarni boshqa davlatga olib borib  uchrashtiradigan, ular tashrifi oldidan tadbirlar uyushtiradigan  shaxs bo‘lib  yetishdim. Hozirda “Gollivudga  eltuvchi eshik”  kompaniyasining  prezidentiman.   Rossiya, Qozog‘iston,  va boshqa MDH mamlakatlarida   taniqli  aktyor, rejissyor,  prodyuserlar bilan uchrashuvlar tashkil etaman.

Men hech qachon  bir yerda to‘xtab qolmayman, doimiy harakatdaman.  Meni o‘z hayotiy tamoyilim bor: bir loyiha  ustida uzoq ishlab, qolib ketmayman.  Vaqtimni qizg‘anaman.  Shu sabab bir vaqtni ichida bir nechta loyiha ustida  ishlayman. Bu bilan nima demoqchiman, cho‘qqiga chiqish uchun har bir insonning oldiga qo‘ygan oliy  maqsadi bo‘lish kerak. Va mana shu oliy maqsad sari doimo intilishi kerak. Cho‘qqini zabt etish esa oson ish emas. Odam doimiy harakatda bo‘lishi lozim.  

 

—Ko‘proq qaysi loyihalar ustida ishlagansiz?

 

—300 dan ortiq loyiham bor. Jumladan, «The Grand Havana Room», imtiyozli klubining ochilishi, MDM banki uchun Xiro Yamagataning lazer shousiga prodyuserlik qilganman. Bu mening eng yirik loyihalarim. Shuningdek, Moskvada bo‘lib o‘tgan «Sinergiya» global forumida Richard Girning maʼruzasini uyushtirdim va Arnold Shvarsnegerni Sankt -Peterburgda nutq so‘zlash uchun  taklif qilganman.

Hozirgi vaqtda Gollivud yulduzlari ishtirokida  veb-seminarlar, ko‘ngilochar  tadbirlar, shu jumladan, Rus, Qozoq, Xitoy va Yaqin Sharq mamlakatlari mijozlari uchun reklama va marketing kompaniyalarida ishtirokini tashkil etish bo‘yicha faol ishlar olib boryapman.

 

Munojat Valiyeva


29.09.21

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro kinofestivali ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

o‘rin egallashi sizlarga yaxshi ma’lum.

Mamlakatimizda keyingi paytda barcha sohalar qatori kinematografiya tizimi rivojiga ham ustuvor ahamiyat berilmoqda. Ijod erkinligi, sog‘lom ijodiy raqobat, xususiy mulk daxlsizligi kabi demokratik tamoyillar ushbu sohaga ham dadil joriy etilmoqda.

Kinostudiyalarning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, ularga imtiyoz va preferensiyalar berish, yuksak didli tomoshabinlarning talablariga javob beradigan badiiy yetuk kartinalar yaratish, jamiyatimizda kino san’atini keng ommalashtirish borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Muhtaram festival ishtirokchilari!

Bugungi kunda shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda ijtimoiy voqelikka, jumladan, madaniyat va san’atga qarash va mezonlar tinimsiz yangilanib borayotgani barchamiz uchun ayon haqiqatdir. Bu jarayonlar hayotni yaxlit bir holda, jamiki ziddiyat va murakkabliklari bilan haqqoniy aks ettiradigan kinematografiya rivojiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi tabiiy, albatta.

Aminmanki, qayta tiklangan, o‘z tarixida yangi sahifa ochayotgan Toshkent xalqaro kinofestivali zamonning o‘zi talab qilayotgan ana shunday yuksak badiiy mezonlar ruhida o‘tadi.

Ishonchim komil, XIII Toshkent xalqaro kinofestivali ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi uchun chinakam san’at bayramiga aylanib, yangi nom va iste’dodlarni kashf etadi, kinoijodkorlar va kino ixlosmandlari xotirasida yorqin taassurotlar qoldiradi.

O‘ylaymanki, sizlar festival doirasida mamlakatimizning qadimiy va zamonaviy shaharlarida bo‘lib, turli soha vakillari bilan uchrashib, Yangi O‘zbekistondagi keng ko‘lamli o‘zgarishlardan bevosita xabardor bo‘lasiz.

Siz azizlarni yana bir bor chin dildan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, ijodiy yutuqlar, festival ishiga esa muvaffaqiyatlar tilayman.

                          

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

29.09.21

Hurmatli festival qatnashchilari! Muhtaram mehmonlar! Xonimlar va janoblar!

Avvalo, “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilishi bilan siz, qadrli ishtirokchilarni –mashhur aktyor va rejissyorlar, operator va rassomlar, prodyuserlar, kinoshunos olimlar, taniqli madaniyat arboblarini chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Sharq darvozasi, azim Toshkent shahriga, qadimiy va betakror O‘zbekiston zaminiga xush kelibsiz!

Bugungi global dunyoda eng ommaviy va ta’sirchan san’at turi bo‘lmish kinoning yer yuzidagi turli xalqlar va madaniyatlarni o‘zaro yaqinlashtirish, tinchlik, do‘stlik va gumanizm g‘oyalarini targ‘ib etish borasidagi o‘rni va ahamiyati ortib bormoqda.

Biz barpo etayotgan yangi O‘zbekistonda jahonning uzoq va yaqin davlatlari bilan barcha sohalar qatori madaniy jabhada ham samarali hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda.

O‘zining 50 yildan ziyod tarixi va an’analariga ega bo‘lgan Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklanib, “Ipak yo‘li durdonasi” degan yangi nom bilan “Tinchlik, ma’rifat va taraqqiyot uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgani shu yo‘ldagi ulkan amaliy qadamdir.

Hech shubhasiz, dunyoning qariyb 50 mamlakatidan 300 dan ziyod san’at ustalari, jahon kinoyulduzlari ishtirok etayotgan ushbu anjuman sohadagi bugungi rivojlanish jarayonlari, ijodiy izlanish va tajribalarni atroflicha tahlil etib, hamkorlik istiqbollarini belgilab olishda o‘ziga xos muloqot maydoni, yosh ijodkorlar uchun mahorat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

Bir asrdan ziyod boy tarix va an’analarga ega bo‘lgan o‘zbek kino san’ati o‘zining milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida yaratilgan yetuk asarlari bilan jahon kinematografiyasida munosib

Aslyuk Viktor: “Kinofestival o‘zgacha ruhda boshlandi”

Toshkent kinoijodkorlarni yana o‘zida jamladi

 

“Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali ochilishi yuqori darajada tashkil etildi. Bundan ko‘rishimiz mumkinki, yurtingizda kinochilik sohasiga yuqori darajada e’tibor qaratilgan. Ushbu kinofestival biz kinoijodkorlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Bir yillik tanaffusdan so‘ng yana hamkamsblarimiz bilan uchrashib, tajriba almashish imkoniga egamiz. Eslatib o‘tamiz, Toshkent xalqaro kinofestivali 3-oktabrga qadar davom etadi.

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.


29.09.21

"Yangi O'zbekistonda bo'layotgan bir talay o'zgarishlar kelgusida albatta ko'zga tashlanadi" - Oktay Kaynarja

ham talay o'zgarishlar yuz beryapti, barchasini kuzatib boryapman. O'zgarishlar ulkan, ishontirib aytamanki, kelgusida bularning barchasi ko'zga tashlanadi. Bu orada, menga yangi loyihalaringdan birida hamkorlik qilishini taklif etishsa qarshi bo'lmayman. Hamkorlik qilish faqat ijobiy natija beradi.

 

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.

28.09.21

Turkiyalik aktyor yangi loyihalarda bajonidil qatnashish istagini bildirdi

 

Oktay Kaynarja: Yurtingizga yaqin orada kelgan edim, bu mening ikkinchi tashrifim. To'g'risi, festival biz uchun katta bayram. Bu yerdan har kanday taklif kelsa, bajonidil rozi bo'laman.

- "Yangi O'zbekiston" loyihasi haqida eshitdingizmi? Umuman, Yangi O'zbekiston haqida nimalar deya olasiz?

-  "Yangi O'zbekiston" loyihasi haqida eshitdim. Har qanday o'zgarish bu yaxshi. Ayniqsa, Yangi O'zbekiston haqida fikrim o'zgacha.So'nggi yillarda siyosiy va iqtisodiy sohalarda

“O'zbek va hind kinolarida mushtarak tuyg'ular mujassam” – Sanjay Gupta

Taniqli hind aktyori festival soha va xalqlar do'stligiga munosib hissa qo'shishini aytib o'tdi

 

– O‘zbek va hind filmlaridagi o‘xshash va farqli jihatlar haqida to‘xtalib o‘tsangiz?

S.Gupta: Shaxsan xalqlarimizni birodar deb hisoblaganim uchun o‘xshashliklar kinoda ham, hayotda ham yaqqol aks etadi.

Biz san'atsevar hindlar kabi sizlarda ham kinoga o'zgacha mehr bor.

Meningcha, farqdan ko‘ra o‘xshashliklar ko‘p.O‘zbekistonga birinchi bor

kelishim.Bu mamlakatni o‘zim kashf qilmoqchiman.Albatta festival orqali yurtingiz bilan yaqindan tanishaman degan umiddaman.Kinofestival ham sohaga, ham xalqlar do‘stligi va bahamjihatligiga katta hissa qo‘shadi.

 

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.


28.09.21

“Kino 5 kunda” loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

jahon miqyosida shuhrat qozongan sanʼat arboblari, aktyor, olim, sanʼatshunoslar, sohaning eng yetuk mutaxassislari jalb qilingan.

Xalqaro hakamlar hayʼati aʼzolari va tomoshabinlarning eʼtirofini qozongan yosh kinoijodkorlarni taqdirlash uchun har bir qo‘shimcha nominatsiyaga maxsus mukofotlar qo‘yilgan.

Kinofestival doirasida o‘tkaziladigan tanlov g‘oliblari diplomlar, statuetkalar, pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.

28.09.21

Marosimda qisqa metrajli  filmlarning treleri namoyish etildi

 

Bugun 28-sentabr kuni “O‘zbekfilm” kinokonsernida tanlovning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimni Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov hamda Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov ochib berishdi.

“Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilgan “Kino 5 kunda” tanlovi ishtirokchilari suratga olish jarayonlarini yakunlab, ochilish marosimiga yetib keldi. Ular 5 kunda Respublikaning turli hududlarida “Buyuk ipak yo‘li” mavzusida qisqa metrajli filmlarni suratga olib qaytdi.

Ma’lumot uchun, xalqaro hakamlar hayʼati safiga

Jerar Depardye Toshkentda

“Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali munosabati bilan yurtimizga fransuz aktyori Jerar Depardye tashrif buyurdi. Bugun “O‘zbekfilm” kinokotsernida ushbu taniqli aktyor va yosh ijodkorlar o‘rtasida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Jerar Depardye:

 

Men O‘zbekistonga avval ham kelganman. Aholining yashash tarzi urf-odatlari va baʼzi qadimiy o‘yinlaridan xabarim bor. Masalan uloq va ko‘pkari milliy o‘yinlarini bilaman. Hattoki qishloqlarda bu o‘yinlarni ko‘zim bilan ko‘rish imkoniyati ham bo‘lgan. Ana o'shandagina bu millat haqida film olish istagi ilk bor tug‘ilgan. Ushbu mamlakatning tarixiy joylari Samarqand va Buxoroda ham bo‘lganman. To‘g‘risini aytsam, o'sha vaqtda o‘zimni ertaklar shahriga tushib qolgandek his qilgan edim. Meni festivalga taklif qilishganida esa yana shu mamlakatga tashrif buyurishimdan boshim osmonga yetdi. Bu mamlakatga mehrim juda balandligini bilgan baʼzi yaqin tanishlarim: “Balki sening tomiringda o‘zbeklar qoni ham qisman bordir” deb ham hazillashishdi. Men boshqa mamlakatlarga borganimda o‘zbeklar xonadonida mehmonda bo‘ldim. O‘zbek xalqining qanday mehmondo‘st ekanligiga yana bir karra amin bo‘ldim.

 

Yana bir muhim jihatga to‘xtalmoqchiman, bu yerga kelayotganimda yo‘lda cherkovlarni ko‘rdim. O‘zbekistonda har qanday din vakillarini ham iliq qarshi olishlarini eshitib juda taʼsirlandim. Bu esa o‘zbeklarni bag‘rikengligidan dalolatdir.

 

O‘zbekistonda hujjatli film olibsiz shu haqda gapirsangiz?

 

Ha biz O‘zbekistonda hujjatli film oldik. Bu filmning syujeti yurtining tarixi, madaniyati va urf odatiga bo‘lgan muhabbati haqidadir. Sababi bu yerda

tarixiy buyuk shaxslar yashab o‘tgan. Ular haqida ko‘plab filmlar olish mumkin. Shuningdek, meni “Orol” dengizi ham qiziqtirib qo‘ydi. Butun boshli “Orol” yo‘q bo‘lib ketgani meni chuqur o‘ylantirdi. Albatta ekolog emasman, ammo tabiatga befarq ham qarab turolmayman. Bu men uchun “SHOK” bo‘ldi. Ushbu masalada ham hujjatli film olish istagim bor.

 

Ijodingiz haqida gapirib bering?

 

Men ijodimni teatrdan boshlaganman. Sahna nutqini mukammal egallash uchun qo‘shimcha darslarga qatnaganman. Juda ko‘p badiiy kitoblar o‘qiganman. Turgenev, Balzak, Pushkin asarlarini sevib o‘qiganman. Sizlarga ham tavsiya qilaman.

Kinoda rol ijro etishni kech boshlaganman. Kinoni men juda sevaman. U meni hayotining bir bo‘lagi. Meni negadir doim sarguzashtli filmlarga taklif qilishgan. Men esa doim jiddiy filmlarda rol ijro etishni istardim. Agar hozir ham jiddiy rol taklif qilishsa bajonidil taklifni qabul qilaman.

Ko‘proq qaysi davlat filmlarida rol ijro etish sizga yoqadi?

Albatta Rossiya davlatining filmlarida rol ijro etish yoqadi. Amerika davlati filmlarida unchalik sevib rol ijro etmaganman. Umuman olganda men erkin filmlarini yaxshi ko‘raman.

Bizga maʼlumki qaysidir muddat davomida siz Rossiya fuqarosi bo‘lib Moskvada yashadingiz, o‘zingiz aytishingiz bo‘yicha O‘zbekiston ham sizga juda maʼqul ekan. Aytingchi, keyinchalik O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib yurtimizda qolishingiz ham mumkinmi?

 

Men shundoq ham O‘zbekiston madaniyati bo‘yicha elchiman. Endi bu davlatga doimiy kelib-ketib yuraman. Juda ko‘p filmlar olish rejamda bor.


28.09.21

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Bollivud yulduzi Mitxun Chakraborti tashrif buyurdi.

xorijiy hamkorlikni yana-da kuchaytirishi kerak. Men o‘zbek filmlarini dunyoga chiqishini xohlayman.

 

— O‘zbekistondagi sevimli shahringiz?

 

— O‘zbekistonning ko‘p joylarida bo‘ldim, ammo Toshkent men uchun hammasidan sevimli.

 

— Sizningcha, Toshkent xalqaro kinofestivali orqali Yangi O‘zbekistonning dunyoga qanday imkoniyatlari namoyon bo‘ladi?

 

— Ayni vaqtda Toshkent Xalqaro kinofestivalining O‘zbekistonda o‘tkazilishi judayam muhim voqea deb ayta olaman. Ko‘plab yulduzlar dunyoning turli nuqtalaridan tashrif buyuradi. Bu kabi tadbirlar davlat obro‘sini yuksaltiradi. Bu yerda bo‘lgan har bir yulduz o‘z xotiralari, taassurotlari, bilan o‘rtoqlashadi. Yulduzlarning fikri albatta ko‘p odamlarni eʼtiborsiz qoldirmaydi.

 

— Hayotda siz uchun nima muhim? Nimani yo‘qotishdan qo‘rqasiz?

 

— Men kino aktyorman, shu bilan birga to‘rt farzandning otasiman. Oila boshiman. Men doimo sevimli inson bo‘lishni, kerak bo‘lishni xohlayman va shu mehrni doimo berishga harakat qilaman. Oilam men uchun eng muhimi, uni yo‘qotishdan qo‘rqaman. Kino – hayotimning bir qismi. Uchrashuvlarda seni olomon o‘rab oladi, dastxat so‘raydi, yaxshi ko‘rishlarini aytadi. Buyam Yaratgan inʼom etgan baxt. Ammo oilam sevgisi men uchun eng qadrli.

28.09.21

Kuni kecha aktyor jurnalistlar bilan uchrashib, Yangi O‘zbekiston va o‘zbek kinosi to‘g‘risida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deya xabar bermoqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati.

 

Mitxun Chakraborti: "O‘zbekistonning ko‘p joylarida bo‘ldim, ammo Toshkent men uchun hammasidan sevimli"

 

— Sizni O‘zbekistonda ko‘rganimizdan xursandmiz, oldin ham bu yerda bo‘lgansiz. Endilikda qanday o‘zgarishlarni sezdingiz? Nimalar sizni hayratlantirdi?

 

 — Birinchi marta Toshkentga hamkorlikda film ishlaganimizda kelgandim, bir oy davomida bu yerda bo‘lgandik. Bugun Toshkentga kelib hayratimni berkita olmadim. Aeroportni o‘zidayoq ulkan o‘zgarishlarni ko‘rib, xuddiki o‘zimni Yevropani qaysidir shahriga kelib qolganimni his qildim. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida azaldan yaqin do‘stona aloqalar bo‘lgan va bugun ham bu aloqalar nafaqat kino va seriallar barcha sohalarda davom etib kelyapti. Aytishim mumkinki, Toshkentga kelib, O‘zbekiston yangi taraqqiyot bosqichiga chiqib, yana-da rivojlanib chiroy ochganiga guvoh bo‘ldim.

 

— Yangi O‘zbekistonni uch so‘z bilan tasvirlab bera olasizmi?

 

— Hayratlanarli, chiroyli, mehmondo‘st.

 

— O‘zbek filmlarini Markaziy Osiyodagi roli haqida nima deya olasiz?

 

— Texnik tomondan yangi bosqichga ko‘tarilish zarur. O‘zbek kinoindustriyasi

Turk aktyori Oktay Kaynarja yangi loyihalarda ishtirok etish istagini bildirib o‘tdi.

Oktay Kaynarja Yangi O‘zbekiston haqidagi fikrlarini aytdi

U shunday deydi:

“Men yaqinda sizning mamlakatingizga keldim. Bu meni navbatdagi tashrifim. Aslida, festival biz uchun katta bayramdir. Agar takliflar bo‘lsa, men mamnuniyat bilan rozi bo‘laman”.

Shuningdek, undan “Yangi O‘zbekiston” loyihasi haqida fikrlari so‘ralganda quyidagicha izoh berdi:

“Yangi O‘zbekiston” loyihasi haqida eshitdim. Har qanday o‘zgarish ajoyib. Xususan, men “Yangi O‘zbekiston” haqida boshqacha fikrdaman. So‘nggi yillarda iqtisodiy sohada o‘zgarishlar va rivojlanish yuz berdi. O‘zgarishlar juda katta va sizni ishontirib aytamanki, bularning barchasi kelajakda o‘z samarasini beradi. Bu yerda, agar menga sizning yangi loyihalaringizdan birortasini amalga oshirishni taklif qilishsa, men qarshi emasman. Hamkorlik faqat yaxshi natijalarni berishiga ishonaman.

Oktay Kaynarja Yangi O‘zbekiston haqidagi fikrlarini aytdi

U shunday

deydi:

“Men yaqinda sizning mamlakatingizga keldim. Bu meni navbatdagi tashrifim. Aslida, festival biz uchun katta bayramdir. Agar takliflar bo‘lsa, men mamnuniyat bilan rozi bo‘laman”.

Shuningdek, undan “Yangi O‘zbekiston” loyihasi haqida fikrlari so‘ralganda quyidagicha izoh berdi:

“Yangi O‘zbekiston” loyihasi haqida eshitdim. Har qanday o‘zgarish ajoyib. Xususan, men “Yangi O‘zbekiston” haqida boshqacha fikrdaman. So‘nggi yillarda iqtisodiy sohada o‘zgarishlar va rivojlanish yuz berdi. O‘zgarishlar juda katta va sizni ishontirib aytamanki, bularning barchasi kelajakda o‘z samarasini beradi. Bu yerda, agar menga sizning yangi loyihalaringizdan birortasini amalga oshirishni taklif qilishsa, men qarshi emasman. Hamkorlik faqat yaxshi natijalarni berishiga ishonaman.

Avvalroq Toshkent xalqaro kinofestivalida kimlar ishtirok etishi ochiqlangandi va turkiyalik bir guruh  kinoijodkorlar Toshkentga yetib kelgandi.

 

28.09.21

Amerikalik mashhur kinoaktyor, kinorejissyor, prodyuser Stiven Sigal Toshkentda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan XIII Xalqaro kinofestival haqida fikr bildirdi.

28.09.21

Dunyoning turli mamlakatlaridagi kinematografistlar qatori mashhur va afsonaviy kinofestivalni qayta tiklanganligi uchun O‘zbekiston rahbariyatidan minnatdorman! Dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan kelgan kinoning taniqli namoyondalari ishtirokidagi mazkur kinofestival juda katta miqyosli voqeaga aylanishiga ishonaman! 

 

Toshkent xalqaro kinofestivali do‘stona va ijodiy muloqotlarga boy bo‘ladigan maydon sifatida o‘zining avvalgi shuhratini yana qayta tiklaydi! Biz birgalikda unutilmas voqealarni guvohi bo‘lib, juda mazmunli kunlarni boshimizdan kechiramiz, degan umiddaman..


Aktyor, xonanda, rejissyor O‘zjan Deniz kinofestival mehmoni bo'lish uchun Toshkentga yetib keldi

U tungi reys bilan soat 1:30 da Toshkent Xalqaro aeroportida kutib olindi

28-sentabr–3-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro kinofestivaliga turk kinoijodkorlaridan iborat delegatsiya ham tashrif buyurdilar. Ular orasida aktyor O‘zjan Deniz ham borligi turk kino ixlosmandlari uchun quvonarli yangilik bo'ldi. Turk yulduzi tungi reys bilan Toshkent Xalqaro aeroportida kutib olindi.

O‘zjan Deniz  chiroyi va qaddi-qomatining kelishganligi bilan kinoijodkorlar e’tiborini tortgan bo‘lsa-da, san’atga qo‘shiq kuylab kirib kelgan. 23 yoshida ilk bor “Ishkomli uy” teleserialida bosh rolni ijro etishi O`zjan uchun kutilmagan shuhrat olib keldi. “Iyun

oqshomi”, “Qayerdasan,Feruza?”, “Taqdirim yozilgan kun”, “Qora atirgul”, “Istanbullik kelin” kabi serial va filmlardagi ijrolari uni kino san’atidagi o‘rnini mustahkamladi. Garchi aktyor sifatida O‘zjanni omadi kelgan bo‘lsa-da, u xonandalikdan aslo voz kechmaydi. “Mening farishtam”, “Muhabbat yulduzi” kabi albomlarni muxlislar e`tiboriga havola etibgina qolmay, yakkaxon konsert dasturlari bilan ham ularni xursand qiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.


28.09.21

Amerikalik aktyor, prodyuser, kinorejissyor Stiven Sigal Toshkentda

28.09.21

U kinofestival haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi

 

Stiven Sigal 1952-yil 10-aprelda AQShning Michigan shtatida tavallud topgan. Ko'p yillar davomida u ko'plab jangovar qahramonlarni o'ynab, ko'p daromad keltiradigan filmlarda suratga tushgan. Aktyor 7-dan aykido ustasi. "Qonun ustuvorligi", "O'limga qaramay o'lim", "Adolat nomi bilan" kabi filmlari ayniqsa shuhrat qozongan.

 "Bu mening O'zbekistonga birinchi tashrifim emas. Avvalgi safar ham boy taassurotlar bilan qaytgan  edim. O'ylaymanki, bu safargisi butun umrga esda qolarli bo'ladi.  Uning ustiga katta kino bayramida qatnashayotganimdan juda mamnunman. Eng muhimi, meni qanaqangi ajabtovur syurprizlar kutib turgani juda qiziqtirmoqda"- deydi Stiven Sigal.


Mitxun Chakraborti: "Yangi O‘zbekiston – bugungi o‘zgarishlardan hayratdaman"

Toshkent xalqari kinofestivaliga Bollivud yulduzi Mitxun Chakraborti ham tashrif  buyurdi. Kuni kecha esa u jurnalistlar bilan uchrashib, Yangi O‘zbekiston va o‘zbek kinosi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

J:Sizni O‘zbekistonda ko‘rganimizdan xursandmiz, oldin ham bu yerda bo‘lgansiz. Bugun qanday o‘zgarishlarni sezdingiz? Nimalar sizni hayratlantirdi?

M.Ch: Birinchi marta Toshkentga hamkorlikda film ishlaganimizda kelgandim, bir oy davomida bu yerda bo‘lgandik, o‘zbeklar to‘g‘risida kam bilardim ochig‘i. Bugun Toshkentga kelib, to‘g‘risi hayratimni berkita olmadim. Aeroportni o‘zidayoq ulkan o‘zgarishlarni ko‘rib, xuddiki o‘zimni Yevropani shahariga kelib qolgandek his qildim. Albatta judayam chiroyli, mehrli xalqingiz ham o‘zgarishlarga ko‘rk beryapti. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida azaldan juda yaqin do‘stona aloqalar bo‘lgan va bugun ham bu aloqalar nafaqat kino va seriallar, barcha sohalarda davom etib kelyapti. Bular esa meni faqat quvontiradi. Aytishim mumkinki, Toshkentga kelib, O‘zbekiston yangi taraqqiyot bosqichiga chiqib, yanada rivojlanib chiroy ochganiga guvoh bo‘ldim.

J:Yangi O‘zbekistonni uch so‘z bilan tasvirlab bering

M.Ch: Hayratlanarli, chiroyli, mehmondo‘st

J: O‘zbek filmlarini Markaziy Osiyodagi roli haqida nima deya olasiz?

M.Ch: Texnika tomonidan yangi bosqichga ko‘tarilish zarur. O‘zbek kinoindustriyasi hamkorlikni yanada kuchaytirishi kerak. Men o‘zbek filmlarini dunyoga chiqishini xohlayman. Hamkorlik qilish va rivojlanish zarur.

J: O‘zbekistondagi sevimli shahringiz?

M.Ch: Ko‘p joylarda bo‘ldim, ammo

Tohkent men uchun hammasidan sevimli.

J. Sizningcha, Toshkent xalqaro kinofestivali orqali Yangi O‘zbekistonning dunyoga qanday imkoniyatlari namoyon bo‘ladi?

M.Ch: Ayni paytda Toshkent Xalqaro kinofestivalining O‘zbekistonda o‘tkazilishi judayam muhim voqea deb ayta olaman. Juda ko‘plab yulduzlar dunyoning turli nuqtalaridan tashrif buyuradi. Bu kabi tadbirlar davlat obro‘sini yuksaltiradi. Bu yerda bo‘lgan har bir yulduz o‘z xotiralari, taassurotlari bilan o‘rtoqlashadi. Yulduzlarning fikri albatta ko‘p odamlarni e’tiborsiz qoldirmaydi. Tabiiy, O‘zbekistonga qiziqish yanada ortadi. Iqtisodiyot, davlat imiji yuksaladi.

J: hayotda siz uchun nima muhim? Nimani yo‘qotishdan qo‘rqasiz?

M.Ch: Men kinoaktyorman, shu bilan birga to‘rt farzandning otasiman. Oila boshiman. Men doimo sevimli inson bo‘lishni, kerak bo‘lishni xohlayman va shu mehrni doimo berishga harakat qilaman. Ammo bugun hayotimizda judayan negativ fikrlaydigan insonlar ko‘payib ketyapti. Bir haqiqat -  negativ fikrlaydigan inson hech qachon yutmaydi.

Oilam men uchun eng muhim, uni yo‘qotishdan qo‘rqaman. Film – hayotimning bir qismi. Uchrashuvlarda seni olomon o‘rab oladi, dastxat so‘raydi, yaxshi ko‘rishlarini aytadi. Buyam Xudo in’om etgan baxt. Ammo oila sevgisi men uchun eng qadrli .

Uchrashuvda Kinematografiya agentligi bosh direktori F.Abduxoliqov M.Chakrabortiga hamkorlikda film olib, rol ijro etilsa, qanday munosabat bildirishiga qiziqdi. M.Chakraborti jon deb rozi bo‘lishini, hamkorlikdan faqat xursand bo‘lishini aytdi.


28.09.21

"Turkiy o'lkalarda meni o'ziga tortadigan bir kuch bor" - Melisa Asla Pamuk

28.09.21

Aktrisa O'zbekistonga kelganidan juda mamnunligini ta'kidladi

 

Melisa Asla Pamuk: - O'zbekistonga kelishni juda orzu qilardim. Bu mamlakat asl turkiy o'lka, barchamizni kelib chiqishimiz bir millat, bizni bog'lab turgan bir rishta bor. Xursandchiligimning cheki yo'q.

- "Yangi O'zbekiston" loyihasi haqida eshitdingizmi?

M.P: - To'g'risi, O'zbekistonda yangi loyihalar asosida  samarali ishlar amalga oshirilyapti deya eshitdim. Agar biror bir loyihadan taklif bildirishsa, hamkorlik loyihalarida albatta ishlagan bo'lar edim. Yuqorida aytganimdek turkiy o'lkada meni o'ziga tortadigan bir kuch bor.  Festivalda bizni nimalar kutmoqda, hali bilmayman. Shuning uchun ham hayajonlanyapman. Sizlarni ko'rganimdan mamnun bo'ldim. Barchangizga tashakkur.


«Приезжаешь в Ташкент, чтобы вкусно покушать»: Филипп Киркоров прилетел в Узбекистан

Артист посетит Ташкентский кинофестиваль.

Певец, актер и телеведущий Филипп Киркоров прибыл в Ташкент для открытия международного кинофестиваля. Накануне, 28 сентября, поп-король приехал порадовать своих слушателей выступлением и своим присутствием.

Сам Филипп признался, что рад вновь оказаться в солнечном и добродушном Узбекистане, а также поблагодарил организаторов за создание уникального кинофестиваля: Как я рад, что снова в Ташкенте, как же здесь красиво, прекрасно и здорово. Я благодарен новому руководству молодого Узбекистана за приглашение, за эти авангардные события, такие как Ташкентский кинофестиваль, фестиваль как узбекского, так и российского кино. Это очень престижно <…> От кинофестиваля я жду эмоций, хорошего настроения., — поведал Филипп Бедросович.

Помимо этого, артист рассказал, что очень хочет встретиться с руководством страны и обменяться знаниями обеих культур. Тажке Киркоров заверил, что очень хочет познакомиться поближе с нашими традициями, поделиться своими новостями, а также как следует отведать узбекских национальных блюд:

А что еще

можно ожидать, когда приезжаешь в Ташкент, конечно вкусно покушать! Ну и безусловно встречи с руководством страны, мне это очень интересно, поделиться новостями, нашими российскими событиями из мира кино, культуры и музыки. Я знаю, что у вас сегодня очень авангардное и модное руководство страны. Я был в разные годы в Узбекистане и встречался с разными правителями, но мне очень интересно что же происходит сейчас, и соответственно передать солнечный Ташкентский привет Москве и всей России, а также насладиться здесь каждой минутой, — рассказал певец.

Интересно, что в рамках фестиваля Филипп не просто исполнит свои «нетленки», а также представит новую композицию. Правда, название песни поп-король решил не раскрывать, а также заявил, что с удовольствием покажет узбекистанцем свои драгоценные наряды:

На фестивале у меня будет много образов, а возможно и премьера песни, все будет зависеть от того, как пройдет наша презентация, — рассказал Киркоров.


28.09.21

“Biz davlatlar madaniyatini bog’lovchi rishtalar singarimiz” – Filiz Ahmed

28.09.21

Turkiyalik mashhur aktrisa mamlakatlar madaniyatini bog’lash har bir aktyor  ijodiga ijobiy ta’sir ko’rsatishini ta’kidladi

 

- Filiz Ahmed: O'zbekistonga kelganimdan juda xursandman. To'g'risi, bu festivalga taklif etilganimning o'zi men uchun katta sharaf.

 - "Yangi O'zbekiston" loyihasi haqida eshitdingizmi?

F.A: - Yashirmayman, avvallari O'zbekistonni kuzatmagan edim, ammo so'nggi yillarda yurtingiz bilan bog'liq o'zgarishlarni kuzatib boryapman. O'zgarishlar katta.

- Agar rejissyorlarimiz sizni yangi loyihalarga taklif etishsa, rozi bo'lasizmi?

F.A: - To'g'risi, san'atkorlarning vazifasi ikki davlat madaniyatini bog'lash. Biz davlatlarni bog'lovchi rishtalar singarimiz. Bu har birimizning ijodimizga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

 - Sizni o'lkamizda ko'rganimizdan mamnun bo'ldik, yana bir bor O'zbekistonga xush kelibsiz.


Ma'ruf Otajonov kinofestivaldan keyin Qozog'tonga jo'nab ketadi

Aktyor qozog‘istonlik hamkasblariga hamrohlik qiladi

Xabaringiz bor, Toshkent nufuzli xalqaro  kinofestivalga mezbonlik qilmoqda. Festivalga dunyoning 13 davlatidan taniqli kinoijodkorlar tashrif buyuradi. Ular orasida qozog‘istonlik ijodkorlar ham bor. Aktyor Ma’ruf Otajonov mazkur festivalda aynan ushbu millat vakillariga hamrohlik qiladi.

Bu haqda aktyorning o'zi shunday deydi:

—      To'g'risi, qozoq do'stlarimizdan katta bir filmda suratga tushish taklifini olgandim. Lekin keta olmayapman. Sababi, yurtimizda katta kino bayrami bo'lyapti. Dunyoning 13 davlatidan kinovakillar bizning davlatga

oshiqib keladi-yu, men boshqa joyga ketamanmi, dedim. Bunday katta kinofestivalni o'tkazib yuborishim mumkin emas! Axir keladigan xorijlik hamkasblarimizni xuddi aka-ukalarimdek, jigarlarimdek bag'rimga bosib ko'rishmoqchiman. 

Yaxshisi, kinofestival o'tganidan keyin oktyabr oyida o'sha filmga suratga tushish uchun yo'l  olaman. 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.


26.09.21

Boir Xolmirzaev kinofestivalda Tojikistonlik kinoijodkorlarga maxsus savollar tayyorlab qo‘ygan

qahramonga mos tusharman. Mana ayni kuchga to‘lgan, rolini maromiga yetkazib ijro eta oladigan yoshdamiz. Agar shunday bo‘lsa, biz, albatta, ularning ishonchini oqlab, xalqimizning yuzini yorug‘ qilishga harakat qilamiz

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.

26.09.21

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist hozirgi imiji orqali xorijlik kinorejissyorlar e’tiboriga tushishi mumkin


— Men ushbu kinofestivalda Gollivud aktyorlarini ko‘rishni, ularning suhbatlarini olishni juda istardim. Shuningdek, qo‘shni tojikistonlik kinoijodkorlarning filmlariga,  aktyorlar ansambliga ham qiziqishim yuqori. Sizga buni ochiq ayta olmayman-u, ularga alohida beradigan savollarim bor. Sochlarimni “Jaloliddin Manguberdi” dan keyin o‘stirgandim. Hozir ham qisqartirmadim. Balki kelayotgan xorijlik rejissyorlar izlab yurgan birorta tarixiy

Toshkent Xalqaro Kinofestivali O‘zbekistondagi kinojurnalistlarni ham uyg‘otadi

Taniqli san’at jurnalisti Shohira Hamro Kann kinofestivalida unga berilgan savollarga to‘xtaldi

 

– Toshkent xalqaro kinofestivali kinosan’atimizda muhim tadbir bo‘layotganini bot-bot takrorlayapmiz-u, lekin uning jurnalistikamizga ta’siri haqida o‘ylab ko‘rmabmiz. Haqiqatan ham bu kinofestival davlatimizga yangi ruhni, yangicha epkinni olib keladi. Bu tadbir kinojurnalistlarimizdan o‘zini ko‘rsatish va keladigan xorijlik hamkasblaridan tajribalar o‘rganish, eng muhimi, ushbu festival davlatimizda bayram sifatida o‘tkazilayotganini ko‘rsatib berishdan iborat. Mana ko‘ryapsizmi, xalqimiz kinofestival haqida biz jurnalistlar orqali xabardor bo‘ladi, taassurotlarga ega bo‘ladi. Tan olishimiz kerak, bizda kinojurnalistika biroz oqsamoqda. Bu maydonda o‘zini ko‘rsata oladigan, kino olamidagi jarayonlarni tushuntirib beradigan jurnalistlarni aynan mana shu kinofestival yuzaga chiqaradi, sohani jonlantiradi deb o‘ylayman. Shuningdek, xorijlik kinoijodkorlar bizning kinotanqidchilarga, san’atshunoslarga yaxshi ma’noda turtki bera olishidan umidvorman. Toshkent xalqaro kinofestivali ham garchi orada

biroz vaqt to‘xtab qolgan bo‘lsa-da, lekin undan oldin muntazam ravishda o`tkazilgani uchun ham odamlarning yodida qolgan. Kann festivalida ikki marotaba qatnashganimda ham xorijliklar Toshkent xalqaro kinofestivali qachon tiklanishi haqida so‘rashgandi. To‘g‘risi, u paytda men bu festivalni qaytа tiklanishi haqida hech narsa deya olmaganman. Mana oradan yillar o‘tib, uni davlatimizda katta tantana bilan o‘tkazilishini esa xayolimgayam keltirmaganman. Mana biz uzoq tanaffusdan keyin odamlarni sog‘intirgan o‘sha kinofestival sari birinchi qadamimizni tashladik, uni tikladik. Niyatim, bu festival ham boshqa xalqaro kinofestivallar kabi davomli ravishda o‘tkazilib, odamlarni intiqib kuttiradigan nufuzli tadbirga aylansin.

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.


25.09.21

“Toshkent xalqaro kinofestivalining qayta tiklanishi nafaqat o‘zbek, balki barcha xalqlar kinoshunoslari uchun ham uzoq kutilgan jarayon bo‘ldi” – Xayrulla Sa’diyev

eng muhim ahamiyati shundaki, Yangi O‘zbekiston  kinosi ilk bor dunyoga yuz tutadi. Mazkur tarixiy hodisa o‘sib kelayotgan umidli yosh kinoijodkorlarimiz  kelajagi uchun qo‘yilgan tamal toshidir. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, “Ipak yo‘li durdonasi” nomi bilan bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Toshkent Xalqaro kinofestivali avvalgilaridan  sarflanayotgan mablag‘, e’tibor va e’tirof jihatdan ham  yuqori nufuzda ekanligi bilan ajralib turadi.  Xalqimiz uchun uzoq kutilgan bu bayram  barchamizga  muborak bo‘lsin

23.09.21

O‘zbekiston xalq artisti tashkilotchilar kinofestival mehmonlarini munosib kutib olishga  chog‘langanini ta’kidladi

– Bilasizmi, eng dolzarb masalalardan biri mehmon kutish bo‘ladi. Bejizga xalqimiz mehmondo‘stligi bilan butun dunyoga nom taratmagan. Hozir  kelayotgan mehmonlarni  yurtimiz kinoteatrlariga taqsimlash, ularni kutib oluvchi guruhlarni shakllantirish ishlarini hal qilyapmiz. Toshkent xalqaro kinofestivalining qayta tiklanishi nafaqat o‘zbek, balki  barcha xalqlar kinoshunoslari  uchun  ham  uzoq kutilgan jarayon bo‘ldi.  Bu festivalning  biz uchun

“Yulduzlar kutib turadi”mi?

“Kino 5 kunda” loyihasining belarussiyalik ishtirokchilari Qashqadaryoda

 

      Toshkent xalqaro kinofestivalida yosh kinoijodkorlar uchun o‘ziga xos dastur rejalashtirilgan. Shuningdek, kinofestival  dasturidan “Kino 5 kunda” tanlovi  ham o‘rin olgan. Ushbu tanlovda dunyoning 23 mamlakatidan kelgan  yosh rejissyorlar  “Buyuk ipak yo‘li” mavzusida qisqa metrajli filmlarni suratga olishmoqda. Belarussiyalik rejissyor  Dmirtiy  Semyonov o‘zining  “Yulduzlar kutib turadi” debyut filmini Qashqadaryo viloyatida kadrlarga muhrlamoqda.

Qisqa metrajli film Qashqadaryoning  Maydanak observatoriyasida amaliyot olib borish uchun  O‘zbekistonga kelgan belarussiyalik astronom  yigitning  sevgilisi bilan bo‘lgan  sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Film qahramonlari Misha va

Dasha  yurtimizdagi  insonlarning bir-biriga bo‘lgan iliq munosabatiga guvoh bo‘libgina qolmay, oilaning naqadar muqaddas dargoh ekanini  anglab yetadi va turmush qurishga qaror qiladi. Filmda Shokir ismli cho‘pon yigit Maydanak yo‘lida mashinasi buzilib qolgan  yigit va qizni o‘z uyiga taklif  qiladi.  Bu orqali esa  o‘zbek xalqining  mehmondo‘stligi ochib berilgan.   Belarussiyalik Dmitriy  Semyonovga hamrohlik qilayotgan “O‘zbekfilm” jamoasi vakili Azim Aytmetovning ta’kidlashicha, film asosan  yashil shahar sifatida  nom  taratgan  Shahrisabzda  suratga olinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Kino 5 kunda” loyihasi doirasida qisqa metrajli filmlar suratga olishga start berilgani xabar qilingandi.


23.09.21

Fotima Rejametova avvalgi kinofestivalda Raj Kapur aktrisaning uyida mehmon bo‘lganini aytdi

olish vazifasi yuklatildi. Albatta, bu bizga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Chunki bizning muomalamiz, ma’lumotlarimizga qarab xalqimizga, kinosan’atimizga baho berishadi. Shuning uchun ham ozarbayjon kinoijodkorlarining filmlarini, milliy an’analarini o‘rganyapman, aktyorlarini tanishga urinyapman, eng muhimi, ularni lol qoldiradigan nimalardir qilishga harakat qilyapman. O‘zbek kinoijodkorlari, aktrisalari bilimli, oqila va eng muhimi, iste’dodli ekanini ularga bir ko‘rsatib qo‘yaylik! Har qanday ish tajriba deyishadi. Men ham ushbu kinofestivalda o‘zimga kerakli tajribani olaman, deb umid qilyapman.

23.09.21

“Ipak yo‘li durdonasi” xalqaro kinofestivalida aktrisa Ozarbayjon kinoijodkorlariga hamrohlik qiladi


Kinofestival oldidan uni suhbatga tortdik:
 

— Avvalgi kinofestivallar biz uchun ham juda yaqin bo‘lgan. Ya’ni avvalgi festivalda оtam To‘g‘on Rejametov hindistonlik kinoijodkorlarga hamrohlik qilgan. Shuning uchun ham uyimizda Raj Kapur va boshqa ko‘plab hind aktyor-aktrisalari mehmon bo‘lishgandi. Bu galgi kinofestivalda ham avvalgilari kabi taniqli aktyorlarimizni xorijlik ijodkorlarga hamrohlik qilishga biriktirishdi. Menga va hamkasblarimga ozarbayjonlik mehmonlarni kutib

“Kino 5 kunda” loyihasi ishtirokchilarining bir guruhi yer yuzining sayqali Samarqandda

Fransiyalik rejissyor Selest Gallio Golet O‘zbekistonga yana qaytib kelish niyatida ekanini bildirdi


Yosh ijodkor tanlangan gibrid guruhi bilan Samarqandda film suratga olishni boshladi.  Qisqagina tushlik paytida rejissyordan intervyu olishga erishdik.


— “O‘zbekona ertak” deb nomlangan ushbu filmimiz orzular va haqiqat o‘rtasidagi badiiylikka asoslangani bilan boshqalarnikidan ajralib turadi deb o‘ylaymiz. Garchi film nomida ertak so‘zi ishlatilgan bo‘lsa ham, lekin u tomoshabinni ishontira oladigan darajada haqqoniy tarzda ishlanadi. Samarqandga kelib, bu yer eshitganimdan ko‘ra chiroyli, qadimiyroq ekanini ko‘rdim. Filmimizda ushbu qadimiy va navqiron shaharga oid afsonalar badiiylik ifodalari yordamida ochib beriladi. Albatta, unda Nilufar singari zamonaviy, hayotiy qahramonlar ham bor. To‘g‘risini aytsam,

ushbu kinofestivalga yuborish uchun Fransiyada kinorejissyorlar saralab olindi. Ularning orasidan tanlab olinganim va O‘zbekistonga kelganim mening baxtim bo‘lsa kerak. Bu yerga kelgan turli davlat kinoijodkorlarini gibrid shaklda guruh tuzib, viloyatlarga yuborilganligi juda qoyilmaqom tanlov va bu menga judayam yoqyapti. Turli davlatlarning turlicha kinoijodkorlari bilan bir oila bo‘lib ishlayapmiz. Mehnat qilib kino olyapmiz, g‘olib bo‘lishimizga ishonchimiz komil! Lekin asosiysi, bunday nufuzli kinofestival ishtirokchisi bo‘lish, unda filmingni namoyish etish baxtiga erishish va kinoijodkorlardan yanada ko‘proq bilim o‘rganish – eng katta imkoniyat, shunday emasmi?! Nasib etsa, yana davlatingizga kelib, o‘zimning katta metrajli filmimni suratga olaman.
Albatta, undan oldin, kinofestival g‘olibiga aylanganimizda guruhimiz bilan yana sizga intervyu beramiz, kelishdikmi?!


23.09.21

Marokkolik rejissyor “Andijon” nomli film olish uchun viloyatni o‘rganmoqda

o‘zi tanlab, ish boshlash arafasida.

Kino, asosan, andijonliklarning hayoti haqida bo‘lib, tarixi va bugunini ko‘rsatib berishga harakat qilinadi. Unda odamlar bilan hamisha gavjum o‘zbek bozorlari, shirasi tilni yoruvchi quruq va xo‘l mevalar hamda mehnatkash otaxon va nabira tasvirga olinadi.  Rejissyor o‘zbek oilasi va uning o‘ziga xosligini dunyoga tanishtirishni maqsad qilgan.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Kino 5 kunda” loyihasi doirasida qisqa metrajli filmlar suratga olishga start berilgani xabar qilingandi.

23.09.21

Usama Alui filmni tasvirga olishda  30 dan ziyod xonadonlarni ko’rib, eng o’zbekona hovlini tanladi

Kinofestival doirasida “Kino besh kunda” loyihasi bo‘yicha yurtimizga 23 davlatdan tashrif buyurgan kinoijodkorlar respublikamiz turli hududlarida filmlar suratga olmoqda. Marokkolik kinoijodkor Usama Alui “Andijon” deb nomlangan hujjatli filmni suratga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ijodkor film olishga shoshayotgani yo‘q. Usamani fikricha, oldin Andijon va andijonliklarni kuzatish, o‘rganish kerak. Obyekt va aktyorlarni ham marokkolik ijodkorlarning

Toshkent Xalqaro Kinofestivali jarayonlarini yorituvchi OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish ishlari yakunlanyapti

Festivalni yoritishda nafaqat mahalliy, balki xorijy OAV  xodimlari ham jonbozlik ko‘rsatishadi

28-sentabr – 3-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘li durdonasi” festivaliga dunyoning Fransiya, Italiya, Turkiya, Polsha, Rossiya, Eron kabi 13 dan ortiq davlatidan delegatsiyalar tashrif buyuradi. Tabiiyki, ularga o‘z davlatlarida faoliyat yuritayotgan OAV  xodimlari ham hamrohlik qiladi. Shuningdek, xalqaro miqyosdagi kinofestivalni yoritish uchun ko‘plab davlatlarning jurnalist, blogerlarining ham O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda. Hozirda xorijiy axborot xizmati vakillarini ro`yxatga olish ishlari nihoyalanish arafasida. Davlatimizdan esa 200 dan ortiq jurnalist ushbu festivalni yoritish uchun ro`yxatdan o`tdi.

“Tinchlik, ma’rifat va taraqqiyot uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilish

marosimini jurnalistlar xalq orasida “Panorama” nomi bilan tanilgan Kino saroyidan bevosita yoritishlariga guvoh bo`lishingiz mumkin.
Shuningdek, kinofestivalga tashrif buyurgan OAV xodimlari Toshkent va boshqa hududlardagi 6 ta kinoteatrning ochilish marosimlarida ishtirok etib, jarayonni ochiqlaydi.
Darvoqe, jurnalistlar festivaldagi Milliy kinoga bag‘ishlangan blok doirasida davlatimizdagi 20 dan ortiq maktablarga O‘zbekistonning mashhur kinoarboblari nomining berilishiga ham guvoh bo‘ladilar.
Festivalning kulminatsion nuqtasi – Toshkent xalqaro kinofestivalining yopilish marosimi 2000 kishiga mo‘ljallangan mashhur Renaissance Hall kino-konsert zalida tantanali ravishda bo‘lib o‘tadi va aynan shu yerda ro‘yxatdan o‘tgan barcha OAV vakillari turfa media mahsulotlari va maqolalarni tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.


22.09.21

“Qizil yo‘lakdan faqat munosiblar o‘tadi” – Zuhriddin Rejametov

bo‘ladi. Hozircha faqatgina mehmonlarni kutib olishga puxta tayyorgarlik ko‘rilganini, ularning kun tartibi juda maroqli tashkil etilganini ayta olaman xolos. Shunga javoban delegatlar  ham  quruq qo‘l bilan kelishmagan. «Belarusfilm kinostudiyasi»  Bosh direktori  Vladimir Karachevskiy  boshchiligida bir qator taniqli aktyor va aktrisalar o‘z filmlari bilan tashrif buyurgan. Ayniqsa, ular yaratgan, II Jahon  urushi yillarini o‘zida aks ettirgan filmlarini  ko‘rgan odam beixtiyor  o‘sha og‘ir yillarda yashab qolishga intilgan insonlarning  holatini his qiladi. Xullas, Kinofestival uchun saralab olingan  badiiy filmlarni faqatgina ko‘rish va ma’naviy ozuqa olish kerak. Ishonchim komilki, qizil yo‘lakdan faqatgina munosiblar o‘tadi.

22.09.21

Aktyor kinofestivalda  Belarus delegatlariga  hamrohlik qiladi       

—   Umuman, festivallar bu – bayram degani.  Shunday  nufuzli bayramni xalqimizga  qaytarib berilganining o‘zi   tarixiy voqea. Bu kabi festivallar yoshlarning ko‘pgina sohalarda ko‘nikmalarini oshishiga xizmat qiladi. Toshkentda o‘tadigan festivallarda otam  To‘g‘on Rejametov doimo yurtimizga tashrif buyurgan kinoijodkorlarni mehmon qilish, ular bilan suhbat qurishni yaxshi ko‘rardilar. Onam  Shirin Azizova o‘zlari ham taniqli aktrisa bo‘lishlariga qaramay, mehmonlarga tansiq bo‘lgan milliy  taomlardan tayyorlab berishni xush ko‘rardilar. Buni qarangki,  men ham oilamiz an’anasini davom ettirgan holda yurtimizga tashrif buyurgan Belarus delegatlariga  hamrohlik qilaman. Fotima Rejametova ozarbayjonlik mehmonlarning mezboni

“Bu tanlov sohada shu kungacha olgan bilim va ko‘nikmalarni baholash imkonini beradi” – qirg‘izistonlik yosh rejissyor Karash Janishev

Yosh ijodkor “Kino 5 kunda” loyihasi haqida to‘lqinlanib gapirdi

              Yorqin va innovatsion formatda o‘tkazilishi kutilayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro   kinofestivali  dasturidan “Kino 5 kunda”  tanlovi   o‘rin olgan. Ushbu tanlovda dunyoning 22 mamlakatidan kelgan, xalqaro kinofestivallarda sovrinlarni qo‘lga kiritgan yosh rejissyorlar ishtirok etadilar. Bizning suhbatdoshimiz ana shunday yosh  iste’dodli rejissyorlardan biri Qirg‘izistonlik Karash Janishev .

Toshkent xalqaro kinofestivaliga    asosan rejissyorlarning oxirgi filmlari taqdim etildi. Men ham o‘zimning “Xush bo‘l” filmim bilan ishtirok etyapman. Aslida bu meni  rejissyor sifatida olgan birinchi filmim.  Filmda bolalar uyida tarbiyalangan bolalar hayoti aks ettirilgan. – Kinofestival  dasturida “Kino 5 kunda ” tanlovi  ham o‘rin olganini eshitib, to‘g‘risi xursand bo‘ldim. Bu tanlov sohadagi shu kungacha

egallay olgan bilim va ko‘nikmalaringni baholash imkonini berarkan. Ya’ni, kino olish uchun tanlab olib kelingan ssenariy bo‘yicha  besh kun ichida qisqa metrajli film yaratish  lozim bo‘ladi. Mazkur ssenariyda   Toshkentdan olisda  bo‘lgan yosh rejissyor yigitning o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishi, intilishi va izlanishi gavdalanadi. Bu filmni yaratish uchun bizga biriktirilgan jamoa juda ham tajribali ekan. Barcha ijodkorlar qatori men ham g‘oliblik uchun bor kuchim bilan kurashaman. Albatta, biz tahsil olgan dargohda rejissyorlar juda ko‘p o‘qib, o‘rganishlari uqtiriladi. Shuning uchun barcha xalqlar milliy filmlarini  kuzatishga va bu orqali o‘sha millatni o‘rganishga harakat qilaman. Lekin ko‘proq Eron, Yaponiya, Koreya,  Xitoy  kinoijodkorlari  ijodini o‘rganaman. Kelajakda yaratadigan filmlarimda albatta shu  filmlardan olgan bilimlarimni aks ettirishni istayman.


21.09.21

Toshkent Xalqaro Kinofestivali kinoyulduzlarni ilhomlantirmoqda

sovrindori bo‘lgandim. O‘sha paytda endigina kino olamiga kirib kelgan yosh aktrisa uchun Xalqaro kinofestivalda sovrindor bo‘lish ulkan baxt bo`lgan. Bugun aktrisa sifatida qanday yutuqlarga erishgan bo‘lsam, aynan o‘sha birinchi sovrinimning turtkisi menga qanot bo‘ldi. Bu galgi kinofestivalga ko‘plab xorijiy davlatlarning kinoijodkorlari, kinoindustriya vakillari kelishadi. Albatta, ular bizning tarixiy joylarimizni ko‘rishadi va keyinchalik bu yerlarda o‘zlarining filmlarini suratga olib, shu orqali yurtimizni dunyoga yanada kengroq tanitishadi deb umid qilyapman.


— Siz kinofestivalda qaysi davlat vakillariga hamrohlik qilasiz?


— Men kinofestivalga tashrif buyuradigan Rossiya kinoijodkorlariga hamrohlik qilaman. Nasib etsa, rossiyalik mehmonlarga davlatimizdagi eng go‘zal joylarni ko‘rsatamiz va kinosanoatimiz haqida ma’lumotlar beramiz. Bu festival ham avvalgilaridek yorqin lahzalarga boy, unutilmas bo‘ladi deb o‘ylayman.

 

21.09.21

Kinofestival haqida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva savollarimizga javob berdi


— Mezbon davlat vakili sifatida 24 yildan keyin qayta tiklangan Toshkent xalqaro kinofestivalidan nimalarni kutyapsiz?


— Ko‘plab xalqlarni birlashtirgan nufuzli xalqaro kinofestival qayta tiklanganidan judayam xursandman. Ko‘plab festivallarga borganimizda ushbu kinofestival haqida juda iliq gaplarni eshitardik, uni qayta tiklash kerakligini aytishardi. Men yosh aktrisa sifatida ular kutgandek javob bera olmasam-da, Xudo xohlasa, albatta yana o‘sha kinofestival bo‘ladi, deb qo‘ya qolardim. Buni qarangki, niyatimiz xolis ekan –  festival qayta”| tiklandi. Avvalgi kinofestival men uchun judayam qadrli va ilhom manbai bo‘lgan. Ya’ni, 1997-yilda bo‘lib o‘tgan kinofestivalda sovrindor bo‘lganman. Qamara Kamolovaning “Hammayoq oppoq qor bilan burkangan” filmidagi rolim uchun “Eng yaxshi debyut rol ijrochisi”

“Kinofestivaldan juda ko‘p o‘zgarishlarni kutyapmiz” – «Mehnat Shuhrati» ordeni sohibi Abdurahim Ismailov festival haqida

“Ipak yo’li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali ishchi guruhi a’zosi festival oldi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

— Mana sentabr oyida bo‘ladigan Toshkent xalqaro kinofestivalida 40 dan ortiq davlatlar qatnashish istagida bo‘layotganini eshitib, juda quvonib turibman. O‘zbek kinosi uchun bu kinofestival katta burilish yasashiga ishonchimiz komil. Mazkur kinofestival nafaqat o‘zbek kinoijodkorlari, balki xorijlik hamkorlarimiz uchun ham ko‘plab quvonchli voqealarga, yangiliklarga, ilhom manbalariga boy bo‘ladi, deb o‘ylayman. Biz kinoijodkorlarning har bir yaratgan mehnat mahsulimiz tomoshabinga ma’naviy-ma’rifiy ozuqa beradi. Biz ana shu mas’uliyatni har doim yodda tutishimiz kerak.

Mana yangi O‘zbekistonning o‘ziga xosligi ham shundaki, bizning 3-renessansga qadam qo‘ygan vatanimiz xorij davlatlari bilan hamkorlikka labbay deb javob qaytarmoqda, dunyo sahnasida o‘z o‘rnini topishga urinmoqda. Mana shunday qizg‘in faolik davrida poytaxtimizda xalqaro kinofestivalning o‘tkazilishi esa ayni muddao. Kinofestival doirasida yurtimizga tashrif buyuradigan kinoijodkorlar o‘zlari bilan olib kelgan kinolarida aks etgan o‘zlarining dunyoqarashlari, urf-odatlari, yangi zamondagi o‘zgarishlarini olib kelishadi. Xuddi shuningdek, bizning kinolarimiz orqali xalqimizni yanada yaqindan tanishadi. Bunday o‘zaro hamfikrlilik albatta, kino olamida o‘z samarasini ko`rsatadi. Aminmanki, ushbu kinofestivaldan keyin kinoijodkorlarimiz yanada yuksak saviyadagi kinolar yaratishadi.


21.09.21

“Ипак йўли дурдонаси” Тошкент халқаро кинофестивали меҳмонларни кутмоқда

Халқаро кинофестивали доирасида жаҳонга машҳур кино арбоблари томонидан ўзбекистонлик  ёш киноижодкорлар учун маърузалар ўқилади, мастер-класслар, семинар-тренинглар ўтказилади.

Шунингдек, бир неча ўнлаб  маърифий тадбирлар ўтказилиши режалаштирилган. Бунинг учун “Ўзбекфильм” ҳудудида махсус павильонлар, қулай локациялар қурилмоқда, зарур қурилмалар ўрнатилмоқда.

Ёшларга алоҳида эътибор қаратилаётган 2021 йил мамлакатимизда “Ёшларни қўллаб-қувватлаш ва аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш йили” деб эълон қилиниши билан боғлиқ.

Халқаро Тошкент кинофестивали доирасида Ўзбекистонда олтита кинотеатр фойдаланишга топширилади

Кинофестиваль доирасида Тошкентда ва мамлакатимизнинг бошқа ҳудудларида олтита кинотеатр фойдаланишга топширилади.

 Жумладан, Тошкентда қайта реконструкцияланган  4 та зал, 3300 ўринга эга бўлган Алишер Навоий номидаги Кино саройи, салкам 2000 ўринли  Renaissance Hall кино-концерт зали, Самарқандда 3 та зал ва 450 ўринли «Family Park» кинотеатрлар кино иҳлосмандлари учун эшикларини очади.  

Бухорода капитал реконструкциядан кейин иккита зал ва 434 ўринга эга бўлган “Бухоро”, иккита зал 225 ўринли  Chinor Cinema, учта зал ва 340 ўринли  “Бухоро” СКМ (ТРЦ) кинотеатрлари фойдаланишга топширилади.

Хивада эса, Худойберган Девонов номидаги 320 ўринли кинотеатр янгиланган қиёфада томошабинларни қарши олади.  

Миллий  Netflix: Барча даврларнинг ўзбек кинофильмлари стриминг платформаси тақдим этилади.

Кинофестивалда мультимедиа стриминг платформасининг дастлабки талқини – машҳур Netflix платформасининг миллий аналоги тақдим этилади. Платформа турли даврларда Ўзбекистон ҳудудида, шунингдек хорижий режиссёрлар ва актёрлар иштирокида  яратилган исталган фильмни кўриш имконини беради.

 Фильмларни ва мультфильмларни телевизор, планшет, телефон, шунингдек WEB браузер орқали ҳам кўриш мумкин.

Барча фильмлар турли тоифалар бўлинган, қулай қидирув ва намойишга мосланган  ҳолда жойлаштирилади. Сизга маъқул бўлган фильмларни “Сараланганлар” бўлимига сақлашингиз ва қулай вақтда томоша қилишингиз мумкин.

Айни пайтда платформада WEB  режимда 100 дан ортиқ ҳужжатли, бадиий ва мультиплакацион фильмларни топиш мумкин.

Тошкент халқаро кинофестивалида хорижий мамлакатлар билан ко-продукциялар яратиш бўйича битимлар имзоланиши мумкин.

Тошкент халқаро кинофестивали доирасида хорижий кинокомпаниялар  билан ҳамкорликда Ўзбекистон кинематография агентлиги томонидан битимлар имзоланиши кутилмоқда.

 Жумладан, Россия, Беларусь, Туркия, Эрон, Тожикистон, Қозоғистон кинокомпаниялари билан шартномалар имзолаш кўзда тутилган.

Бундан ташқари фестивалда Кинематография агентлиги ва Россия кинокомпаниялари билан ҳамкорликда суратга олинган “Қуёш таъми”, “Парининг совғаси”, “Барон-2” сингари кинофильмлар намойиш қилиниши кутилмоқда.

 

Тошкент Халқаро кинофестивалида дунёнинг 10 та мамлакатида ишланган ҳужжатли фильмлар суратга олинади.

Сентябрь ойининг бошидан Тошкентдаги Адиблар хиёбонида “Халқ юраги” туркумида Ўзбекистон адабиётининг етук намояндалари ҳаёти ва ижоди ҳақида ҳикоя қилувчи 24 та ҳужжатли фильмлар томошабинлар ҳукмига ҳавола қилинмоқда. Намойишлар Кинематография агентлиги ташаббуси билан мамлакатимиз олий ўқув юртлари ҳамкорлигида ўтказилмоқда.

Бу  акция Тошкент халқаро кинофестивалидаги ҳужжатли фильмлар намойишини бошлаб берди.

Кинофестивалда 10 мамлакат киноижодкорларининг ҳужжатли киноасарлари кўрсатилади. Тадбирга бутун дунёдан 40 га яқин ҳужжатли кино усталари ташриф буюрадилар. Улар ўз фильмларини намойиш этиш баробарида, ўзбекистонлик ёш киноижодкорлари учун маҳорат дарсларини ўтказадилар.

Тошкент Халқаро кинофестивали   меҳмонлари ва қатнашчиларини “Миллий кино” блогида қандай воқеалар кутмоқда?

Миллий кинога бағишланган блок доирасида бир қатор воқеалар кутилмоқда. Кинофестиваль кунларида мамлакатнинг 20 дан ортиқ мактабига Ўзбекистоннинг машҳур кино арбоблари номи берилади.

Бундан ташқари, Ўзбек миллий киноси тарихига бағишланган бебаҳо китоб-альбомнинг намойиши ҳам ўтказилади.

Таниқли ўзбек кинорежиссёри Шуҳрат Аббосов қабри устига ўрнатилган бюстнинг очилиши маросими ҳам ушбу йирик кино байрами доирасида бўлиб ўтади.

Шунингдек, Ўзбекистон Республикаси Кинематография агентлиги томонидан Мактабгача таълим вазирлигига Россия “Давлат фильм фонди”дан келтирилган миллий мультфильмлар тўплами топширилади. Мазкур хайрия тадбири Ўзбекистон маданий меросини ўрганиш, асраш ва оммалаштириш  бўйича Бутунжаҳон жамияти ҳомийлигида амалга оширилмоқда.

Бутунжаҳон жамияти кўмагида шунингдек, ўзбек киноси тарихига оид бир қатор тарихий афишалар, миллий кинематографиямиз дурдоналари кўргазмаси ҳам ўтказилади. Кўргазма асносида 50 дан ортиқ афишалар Тошкент Кино саройида очиладиган Кино тарихи музейига топширилади.

Тошкент Халқаро кинофестивалига таниқли мультиплакаторлар ташриф буюрадилар

Кинофестивалда анимацион кинога ҳам алоҳида эътибор қаратилади. Таниқли мультиплакаторлар таълим бериши кўзда тутилган Ўзбекистон аниматорлар мактабини очиш бўйича ҳам махсус акция бўлиб ўтади.

Бундан ташқари, Ўзбекистон имконияти чекланган болалар учун мультфильмлар ишлаб чиқариш халқаро  лойиҳасида ҳам иштирок этади.

Тошкент Халқаро кинофестивалида бутун дунёдан болалар ва катталар учун  машҳур мультфильмларни суратга олган таниқли аниматорлар келиши ҳам кутилмоқда.

Кинофестивалнинг ёпилиши

“Буюк ипак йўли дурдонаси” Тошкент халқаро кинофестивалининг ёпилиш маросими 2000 кишига мўлжалланган, машҳур Renaissance Hall кино-концерт залининг тантанали очилиш маросимига уланиб кетади.

Тошкент халқаро кинофестивалининг ҳал қилувчи тадбири – ёпилиш маросими ҳам айнан шу ерда бўлиб ўтади.

Тадбир ноанъанавий шаклда, ёшларбоп, бошланғич киноижодкорларни қўллаб-қувватлаш руҳида ўтказилади.

Ёпилиш маросида “5 кунлик кино” дастури ғолибларини тақдирлаш маросими ҳам ўтказилади. Ғолибларга мукофотлар жаҳон киносининг машҳур намояндалари томонидан топширилади.

21.09.21

Афсонавий воқеалар қайтмоқда! Бир пайтлар Осиё, Африка ва Лотин Америкаси мамлакатларининг Тошкент кинофестивали номи билан аталган  

Кинофестиваль  28 сентябрдан 3 октябрга қадар Ўзбекистоннинг бир қатор шаҳарларида асосан, ёшларнинг истеъдодини намоён этишга қаратилган, янги, ёрқин ва инновацион форматда ўтказилиши кутилмоқда.

“Ипак йўли дурдонаси” Тошкент халқаро  кинофестивалини қайта тиклаш ғояси Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевга тегишли. Мазкур анжуманни ўтказиш тўғрисидаги қарор жорий йилнинг 19 июнь куни имзоланган.

 «Ипак йўли дурдонаси» - бу халқаро ҳамкасблар билан тажриба алмашиш учун  инновацион майдон, йилнинг энг муҳим маданий ҳодисаси бўлиши кутилаётган  муҳташам кино марафонидир. «Ипак йўли дурдонаси» Тошкент халқаро кинофестивали “Тинчлик, маърифат ва тараққиёт учун” шиори остида ўтади.

“Ипак йўли дурдонаси” Тошкент халқаро  кинофестивалининг очилиш маросими Тошкент шаҳридаги реконструкция қилинган Кино саройида ўтказилади.

Узоқ орзиқиб кутилган тадбир – “Ипак йўли дурдонаси” Тошкент халқаро  кинофестивали тантанали очилиш маросими халқ орасида “Панорама” номи билан машҳур бўлган Кино саройида ўтказилади. Очилиш маросимида миллий ва жаҳон киноси ҳамда эстрадаси ёрқин  юлдузлари иштирок этади.

Айни пайтда кинотеатрда кенг кўламли реконструкция ишлари давом этмоқда. Бино энг замонавий, юқори технологияли қурилмалар билан жиҳозланади. Бу ерда йирик кинозал, конференция ва тадбирлар зали очилади. Кинотеатрда Кино тарихи музейи ҳам фаолият юритади. Унинг деворларида ўзбек киноси ўтмишини ўзида акс эттирган нодир экспонатлар жой олади. Музей экспозициясидан миллий кинематография тарихига оид энг нодир артефактлар билан танишиш мумкин.

Таъкидлаш жоизки, капитал реконструкция бинонинг архитектура ёдгорлиги сифатидаги ташқи қиёфасини ўзгартирмайди. Кинотеатрнинг оригинал фасади сақланиб қолади.

«5 кунлик кино»: Тошкент халқаро кинофестивалида ёш киноижодкорлар учун ўзига хос дастур режалаштирилган.

Шунингдек, кинофестиваль  дастуридан “5 кунлик кино” танлови  ҳам ўрин олган. Ушбу танловда дунёнинг 22 мамлакатидан келган, халқаро кинофестивалларда совринларни қўлга киритган ёш режиссёрлар иштирок этадилар. Улар “Буюк ипак йўли” мавзусида қисқа метражли фильмларни суратга олишлари мумкин. Ёш режиссёрлар 13 та йирик шаҳардаги 30 та локациядан фойдаланишади. Бундан ташқари дастур иштирокчилари ўз кино тасмаларини “Янги авлод киноси” фестивали доирасида намойиш қиладилар.

Танловда Озарбойжон,  Арманистон,  Беларусь, Болгария, Германия, Ҳиндистон, Эрон, Испания, Қозоғистон, Кения, Қирғизистон, Марокаш, Мексика, Россия, Тожикистон,  Украина, Филиппин, Франция, Швейцария, Эстония, Жанубий Корея ва Япониядан келган режиссёрлар иштирок этадилар.

Халқаро ҳакамлар ҳайъатига жаҳон миқёсида шуҳрат қозонган санъат арбоблари, артистлар, олимлар, санъатшунослар, соҳанинг энг етук мутахассислари жалб қилинган.

Халқаро ҳакамлар ҳайъати аъзолари ва томошабинларнинг эътирофини қозонган ёш киноижодкорларни тақдирлаш учун ҳар бир қўшимча номинацияга махсус мукофотлар қўйилган.

Кинофестиваль доирасида ўтказиладиган танлов ғолиблари дипломлар, статуэткалар, пул мукофотлари билан тақдирланадилар.

“5 кунлик кино” дастурида I ўрин ғолибларига  $15 000, II ўринга  - $10 000, III ўринга  - $7 000 сўм топширилади.

Тошкент халқаро кинофестивали доирасида 13 мамлакат киноси кунлари ўтказилади.

Кинофестиваль доирасида  Озарбойжон, Беларусь, Миср, Исроил, Ҳиндистон, Италия, Эрон, Қозоғистон, Қирғизистон, Польша, Россия, Тожикистон, Туркия ва Ўзбекистон киноси кунлари ўтказилади.

Дунё киноси кунлари бутун кинофестиваль кунлари давомида ўтказилади. 29 сентябрдан бошлаб, мамлакатнинг барча кинотеатрларида фильмлар намойиши бошланади. Ҳар бир мамлакат ўз фильмларини Ўзбекистоннинг турли ҳудудлари бўйлаб намойиш этади.

 Жаҳон киноси кунларида намойиш қилиш учун ҳозирга қадар 150 та фильм тақдим этилган. Уларнинг асосий қисми ўзбек тилида субтитрлар билан кўрсатилади.

Мазкур мамлакатлардан кинофестивалга 150 дан ортиқ машҳур киноижодкорлар келиши кутилмоқда. Улар орасида режиссёрлар, актёрлар, продюсерлар, халқаро кинофестиваллар, ташкилотлар, дистрибьютор компанияларининг вакиллари ташриф буюришади. Уларнинг номлари 22 сентябрь куни ўтказиладиган матбуот анжуманида маълум қилинади. Қолган қисми кинофестиваль ташкилотчилари томонидан сир сақланмоқда.

Таниқли режиссёрлар ва актёрлар иштирокида ижодий учрашувлар ташкил этилади.

Ҳар бир мамлакат делегацияси учун алоҳида локация – кинотеатр ёки театр бириктирилган. 24 сентябрь куни Дунё киноси кунлари дастури матбуотда эълон қилинади.

Тошкент Халқаро кинофестивали доирасида, 1 октябрь – ўқитувчилар ва мураббийлар куни Бутунроссия Давлат кинематография институтининг Тошкентдаги филиали очилади.

1 октябрь куни Тошкент Халқаро кинофестивали доирасида С.А.Герасимов номидаги Бутунроссия Давлат Кинематография институти (БДКИ) нинг Тошкент филиали очилади.

Мазкур тантанали маросим Ўзбекистон Республикаси Кинематография агентлиги, Россия Федерацияси Маданият вазирлиги ҳамда Бутунроссия Давлат Кинематография институтии вакиллари иштирокида ўтказилади.

Таъкидлаш лозимки, бу ерда талабалар иккита мутахассислик –  "драматургия" ва  "продюсерлик" йўналиши бўйича таҳсил олади. Уларнинг  50%и давлат бюджети ҳисобидан ўқийди.

Кинематография агентлиги  ҳудудида БДКИ филиали учун алоҳида бино қуриб берилади.

Келгуси йилда Кинематография агентлиги биносида Ёшлар медиа-марказини барпо этиш кўзда тутилган. Бу ерда талабалар таниқли киноижодкорлар иштирокида ўз кўникма ва маҳоратларини оширишлари мумкин.

“Ёшлар учун Фокус: Тошкент халқаро кинофестивалида бошланғич киноижодкорлар учун йирик таълим дастури режалаштирилган.

Тошкент

O‘zbekistonlik san’atkorlar kinofestival tadbirlarida xorijlik hamkasblariga hamrohlik qiladi

Har bir viloyat miqyosida bo‘ladigan festivalga rejissyorlar, aktyorlar va madaniyat xodimlaridan iborat kichik guruhlar yuboriladi


Ayni damda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi binosida poytaxtimizdagi taniqli san’at vakillari yig‘ilishdi. Ushbu yig‘ilishdan asosiy maqsad 28-sentabrdan 3-oktabrgacha o‘tkaziladigan Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyuradigan xorijlik ijodkorlarga o‘zbekistonlik san’at vakillari hamrohlik qilishlarini tashkillashtirishdan iborat.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqovning ta’kidlashicha, hozirda kinofestivalga tashrif buyuruvchi xorijlik ijodkorlar bilan shartnomalar tuzildi. Ularni O‘zbekistonga tashrif buyurishini mazmunli tashkil etish, san’atsevar xalqimiz bilan diydorlashishida o‘zbekistonlik san’atkorlar ko‘prik vazifasini o‘taydi. Bu xalqaro kinofestival xorijlik va o‘zbekistonlik kinoijodkorlar uchun ijodiy diydorlashuv, yangi hamkorliklarga zamin yaratishi kutilmoqda.


20.09.21

Tesha Mo‘minov kinofestival o‘zbek san’atiga yangicha nafas bilan kirishini ta’kidladi

o‘zimizning sara filmlarimizni, tariximizni, madaniyatimizni, shahar-u qishloqlarimizdagi zamonaviylashgan o‘zgarishlarimizni tomosha qilishadi va vatanimizni yana qaytadan kashf etishadi. Bu albatta, bizning san’atimizga, kinosan’atimizga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Shuning uchun ham biz san’atkorlar, butun xalqimiz ushbu bo‘ladigan xalqaro kinofestivalni intiqlik bilan kutyapmiz.
 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston xalq artisti Saida Rametova kinofestival haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashgani haqida хаbar berilgandi.

20.09.21

O‘zbekiston xalq artisti 28-sentabr – 3-oktabr kunlari o‘tkaziladigan Toshkent xalqaro kinofestivali haqida o‘z fikrlarini bildirdi


— Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi kinoijodkorlarini birlashtirgan ushbu kinofestival garchi biroz muddat to‘xtagan bo‘lsa-da, biroq uning qaytishi kinosan’atimizga katta darvozani ochib beryapti, deb o‘ylayman. Dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlaridan keladigan kinoijodkorlar o‘zlarining eng sara asarlari bilan tashrif buyuradi. Shuningdek, ular

53 yillik tarix: Toshkent Xalqaro Kinofestivali

Joriy yilda o‘tkaziladigan “Ipak yo‘li durdonasi” kinofestivali shunchaki filmlar namoyishi bo‘lmaydi
 

Toshkent xalqaro kinofestivali uzoq o‘tmishga ega. U ilk bor 1968-yil  21–31- oktabrda Toshkent shahrida o‘tkazilgan. Kinofestivalda 22 davlatning kinoijodkorlari ishtirok etgan. Unga senegallik taniqli aktrisa Mbissin Terez, aktrisa Magda Kamel, yaponiyalik aktyor Kimura Akira, bolgariyalik rejissyor Tordon Dinov kabi ko‘plab taniqli kinoijodkorlar tashrif buyurgan.

Shundan keyin 31 yil mobaynida Toshkentda Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi kabi uchta qitʼa kinoijodkorlari ishtirokida xalqaro kinofestivallar

bo‘lib o‘tdi.

Kinofestival 1978-yilda yangicha ko‘rinishda faoliyatini davom ettirdi. Unda Burundi, Gambiya, Mali kabi yana ko‘plab davlatlarning kinolari namoyish etildi. Oxirgi marotaba 1997-yilda o‘tkazilgan Toshkent xalqaro kinofestivalida Nabi G‘aniyev, Xudoybergan Devonov kabi o‘zbek  ijodkorlarining filmlari namoyish etildi.

Oradan 24 yil o‘tib, qayta tiklangan kinofestivalda 55 ta taniqli yulduzlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent xalqaro kinofestivali ishchi guruhi aʼzosi  “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Abdurahim Ismailov festival oldi taassurotlari bilan o‘rtoqlashgandi.  


20.09.21

Qayta tiklangan Toshkent Xalqaro KInofestivali tarix zarvaraqlarida

1984-yil
Ushbu yildagi Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “Sevgining ayanchli ertagi” (Turkmaniston), “Nizomiy” (Ozarbayjon), “Bahor o‘tmoqda” (Gruziya), “Aybingni yuv” (Qozog‘iston), “Bo‘rining o‘rasi” (Qirg‘iziston), “Olov” (Armaniston), “Tutqun” (Tojikiston) kabi sovet badiiy filmlarining rasmiy namoyishlari bo‘lib o‘tgan.

 

1986-yil
Toshkent xalqaro kinofestivali ochilishidan avval “O‘zbekiston” mehmonxonasi oldini kaptarlar o‘rab olgan. Bu orqali festivalning “Tinchlik, ijtimoiy taraqqiyot va xalqlarning erkinligi uchun!” shioriga urg‘u berilgan.

 

1988-yil
An’anaga ko‘ra, ushbu yil ham Toshkent shahri uchta qit’aning kinoijodkorlari uchun diqqat markaziga aylangan. Festival an’analari doimiy ravishda o‘zgarib turgan, yangi o‘zgarishlar kiritilgan, nafaqat kinematografiya sohasi, balki butun dunyo hamjamiyati uchun kelajak istiqbollarini ishlab chiqqan.

 

1992-yil
Bu yildagi Toshkent xalqaro kinofestivaliga Raj Kapur, Mitxun Chakraborti, Amitabh Bachchan, Nikita Mixalkov, Chingiz Aytmatov, Anjela Devis, Elizabet Aguilar Gonsales, Sergey Gerasimov, Tamara Makarova, Nonna Mordyukova, Irina Miroshnichenko, Kann kinofestivali prezidenti, Afrika va Lotin Amerikasi vazirlari kabi ko‘plab taniqli mehmonlar taklif etilgan.

 

1997-yil
1997-yilda o‘tkazilgan Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali ochilish marosimi Xalqlar do‘stligi saroyida bo‘lib o‘tgan. Festivalda rejissyor Nabi G‘aniyev va Xudoybergan Devonov tomonidan suratga olingan filmlar namoyish etilgan.

 

2021-yil
Oradan 24 yil o‘tib, qayta tiklangan Toshkent xalqaro kinofestivalida dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan taniqli aktyorlar, rejissyorlar, kinoijodkorlar kelishi kutilmoqda.

20.09.21

Uzoq o‘tmishga va qiziqarli xotiralarga boy bo‘lgan kinofestival solnomasi

 

1968-yil

Toshkent Xalqaro kinofestivali ilk marotaba 1968-yil 21–31-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan. Festivalda Osiyo va Afrikaning 22 mamlakatidan tashrif buyurgan kinoijodkorlar qatnashgan.

 

1972-yil
Bu yilda Toshkent kinofestivalida 62 xorijiy davlatlarning 500 vakili, SSSRning barcha delegatsiyalari, BMT vakillari ishtirok etishgan. Aynan ushbu festivalda Toshkentdagi kinoteatrlarda festivalning 120 dan ortiq badiiy va hujjatli filmlari namoyish etilgan.

 

1974-yil
Uchinchi Toshkent xalqaro kinofestivaliga Osiyo va Afrikaning 45 mamlakati vakillari, SSSR delegatsiyalari, BMT va YuNESKO vakillari tashrif buyurgan.


1976-yil
 Ushbu yildagi kinofestival tarkibiga Lotin Amerikasi vakillari ham qo‘shildi. Kinofestival «Tinchlik, ijtimoiy taraqqiyot va xalqlar erkinligi uchun» shiori ostida o‘tkazildi.

 

1978-yil
Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida 70 dan ortiq ijodiy uchrashuvlar tashkil etilib, Afg‘oniston, Ekvatorial Gvineya, Hindiston, Yaponiya, Meksika, Senegal, Mo‘g‘uliston, Boliviya, Kabo-Verde, Avstraliya, Sudan, Mali, Gayanadan tashrif buyurgan aktyor va rejissyorlar ishtirok etgan.

 

1980-yil
Ushbu Toshkent xalqaro kinofestivalida ham kino bozori tashkil etilib, unda barcha sovet respublikalarida yaratilgan filmlar namoyish etilgan.

 

1982-yil
1982-yil 25-may kuni Do‘stlik Saroyida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi VII Toshkent xalqaro kinofestivali bayrog‘i ko‘tarilgan. Festivalning tantanali ochilishida O‘zbekiston san’at ustalarining katta bayram konserti namoyish etilgan.

 


Kinofestival nufuzi qanday belgilanadi?

Kino sanoati mamlakatning nafaqat iqtisodiy-madaniy salohiyati, balki xalqaro imijining rivojlanishiga xizmat qiladi

Kinofestival atamasiga aniq bir izoh mavjud emas, ammo ixtisoslashtirilmagan tanlov dasturi asosida xalqaro doirada o‘tkaziladigan vizual ishlanmalar taqdimotiga kinofestival sifatida qaraladi.

Aksariyat nufuzli kinofestivallar Kinoprodyuserlar assotsiatsiyasining xalqaro federatsiyasi (FIAPF) tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan. FIAPF 1933-yil tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda unga 34 ta assotsiatsiya aʼzo bo‘lgan. FIAPF litsenziyalashdan tashqari, kinofestivallarning reglamentini belgilash, kino va teleindustriya ish jarayonlarini tashkillashtirish, mualliflik huquqi yo‘nalishida qonunchilikni takomillashtirish, raqamli texnologiyalar faoliyatini

muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi.

FIAPF akkreditatsiyasidan o‘tgan kinofestival uning “A” klassga taalluqli ekanligidan dalolat beradi. Odatda bunday darajaga ko‘p yillik kino tarixiga ega bo‘lgan, shuningdek ko‘plab xorijiy kinoijodkorlar jalb etiladigan mamlakatlar loyiq ko‘riladi.

53 yillik tarixga ega bo‘lgan Toshkent xalqaro kinofestivali so‘nggi marotaba 1997-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, bu yil qayta jonlantirildi. Oradan 29 yil o‘tib, qayta tiklangan kinofestival sentabr-oktabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilib, unda milliy va jahon kino olami vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Bu esa yurtimizning xalqaro kinoindustriyasidagi rolini yanada oshirishga xizmat qiladi.


20.09.21

1978-yildagi Toshkent Xalqaro Kinofestivali Tarixida tub o‘zgarish yasagan

20.09.21

Kinofestival savdo va boshqa ko‘plab sohalar rivojiga hissa qo‘shgan

Toshkent xalqaro kinofestivali tarixida 1978-yilda yangi davr boshlandi. Ijodiy ishlarini dunyoga namoyon etishni hatto orzu ham qilmagan davlatlar ilk bor kinofestival namoyishlarining rasmiy dasturiga kiritildi. Burundi, Gambiya, Gana, Gvineya, Zambiya, Kamerun, Mali, Nigeriya, Senegal, Togo, Tunis va boshqa qator davlatlar filmlari namoyishi dunyo kinosi tarixida tubdan o‘zgarish bo‘lganini ko‘rsatdi.

Ushbu kinofestivallardan keyin davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlandi, savdo va boshqa ko‘plab sohalar rivojlandi.

Joriy yilda o‘tkaziladigan kinofestivalda esa Italiya, Fransiya, Polsha, Hindiston, AQSh, MDH kabi dunyoning 30 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.  


ТХКФ-дан маълумот

«Ипак йўли дурдонаси» Тошкент кинофестивали санитария-эпидемиология қоидаларига тўлиқ риоя қилинган ҳолда ўтказилади ва ўз навбатида, мавжуд шароитларда барча хавфсизлик чораларини   мутлақ таъминлайди.

Заллар ҳудудига фақат ниқоб таққан ҳолда ўтишга рухсат берилади. Ижтимоий масофани сақлаш мақсадида бинолар ичидаги жойлар шахмат тарзидаги оралиқлар билан чегараланади. Кинофестивалнинг барча майдонлари ҳаво алмаштиргичлар, антисептиклар ва қўллар тозалигини таъминлаб турувчи санитайзерлар.


26.03.21