Ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish yakunlandi.

TOSHKENT XALQARO KINOFESTIVALI «BUYUK IPAK YO’LI DURDONASI» DOIRASIDA BO’LIB O’TADIGAN ASOSIY DASTUR – BU, YOSHLAR KINOFESTIVALI «KINO 5 KUNDA» KO’RIK - TANLOVI.

«YANGI AVLOD KINOSI».

«KINO 5 KUNDA» YOSH KINOIJODKORLAR UCHUN KO’RIK - TANLOV BO’LIB, UNUNG ISHTIROKCHILARI O’ZBEKISTON HAQIDA, YA’NI AFSONAVIY «BUYUK IPAK YO’LI» MAVZUSIDA QISQA METRAJLI FILMLAR TAYYORLASHDIR

Tanlov O‘zbekiston Kinematografiya agentligi, «Yoshlik» kinostudiyasi DUK, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan o‘tkaziladi.

Tanlov 2021 yil 22-28 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Tanlovning maqsadlari:

  • Xalqaro yoshlar kinematografiyasini qo‘llab-quvvatlash, targ‘ib qilish va rivojlantirish.
  • Xalqaro yosh kinorejissyorlar uchun yangi zamonaviy va tarixiy film lokatsiya nuqtalarini ochish.
  • Hududlarda madaniyat, turizm va madaniy hordiqni rivojlantirishda yoshlarga ko‘mak berish.
  • Dunyo yoshlarining O‘zbekistonning boy madaniy merosiga bo‘lgan qiziqishini oshirish.
  • Yosh kinoijodkorlar o‘rtasida do‘stona xalqaro aloqalarni rivojlantirish, tajriba almashish.

Tanlov dasturi va uni,
o‘tkazish tartibi loyiha bosqichlari:

  • Arizalarni qabul qilish va tanlash: 2021 yil 15 avgustga qadar.
  • Tanlangan jamoalarni taklif qilish: 2021 yil 30 avgust – 6 sentyabr.
  • Stenariyni topshirishning oxirgi muddati: 2021 yil 10 sentyabr.
  • Suratga olish guruhini yaratish: 2021 yil 21 sentyabr.
  • Filmni suratga olish, montaj qilish, post-prodakshn va tarjima: 2021 yil 22-28 sentyabr.
  • Tayyor ishlar premyera namoyishi: 2021 yil 28 sentyabr.
muvofiq murojaat qilgan barcha ishtirokchilar 35 yoshdan katta bo‘lmagan bo‘lishi kerak. So‘rovnomada ko‘rsatilgan filmlar «Yangi avlod kinosi» Xalqaro yoshlar film festivalida ham ishtirok etadi

Qisqa metrajli filmlar