Filmlar o'zbek tilidagi subtitrlar bilan namoyish qilinadi
Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida 14 ta mamlakat - O'zbekiston, Ozarbayjon, Belarus, Misr, Isroil, Hindiston, Italiya, Eron, Qozog‘iston, Qirgiziston, Polsha, Rossiya, Tojikiston, Turkiya kinosi kunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Jahon kinosi kunlari 29-sentabrdan boshlab festivalning oxiriga qadar o‘tkazilishi kutilmoqda. Har bir mamlakat vakillari o‘z kinomahsulotlarini nafaqat poytaxtimizda, shu bilan birga respublikamizning turli shaharlarida namoyish etadilar.
Tadbirda kinofestivalda mehmon mamlakat kinoijodkorlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Kino kunlari doirasida eng sara filmlar namoyish etilishi maʼlum qilindi. Ayniqsa Ispaniya, Belorussiya hamda ozarbayjonlik kinoijodkorlar ushbu kinofestivalga har galgidan ham o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rishganligini maʼlum qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, har bir mamlakat delegatsiyasi uchun alohida kinoteatr va teatrlar ajratilgan.