Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qayta tiklangan va Kinematografiya agentligi tomonidan tashkil etilgan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali davom etmoqda.
Unda taniqli rossiyalik kinorejissyor Timur Bekmambetov va yoshlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Ma’lumot uchun Timur Bekmambetov kinofestivalda tashkil etilgan “Kino 5 kunda” tanlovida hakamlar hay’ati a’zosi sifatida qatnashdi, kinofestival doirasida rejissyorning filmlari ham namoyish etildi.