Mazkur filmda Jerard Deparde bosh qahramon rolini ijro etgan
Bugun, 2-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda film premyerasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur film Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida taqdim etilmoqda.
Namoyish vaqti soat 17:00 ga belgilangan. “Mening oʻzbekcha tushim” deya nomlangan film fransuz rejissyori Arno Frille tomonidan tasvirga olingan.
Mazkur premyerada film bosh qahramoni – mashhur fransuz aktyori Jerard Deparde ham ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch”, “Easy Booking”.